Aviayonilg`ilarni biozararlanishdan himoyalash birinchi navbatda ularga suv tushishidan asrash, ularni o’z vaqtida quritish va rezervuarni tagidagi suvdan tozalash, sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish va mikroorganizmlarga qarshi biostidlarni kiritish bilan izohlanadi.
Yonilg`ilarni namlanishdan asrash uchun iloji boricha ular, ayniqsa nam havo bilan kontakt kilmasligini ta’minlash, silikagelga o’xshash maxsus qurituvchi preparatlar va filtrlash sistemalarini qo’llash tavsiya qilinadi. Yonilg`ilarni tozalash va zararsizlantirishda o’ta mayda filtrlarni qo’llash, termik va radiastion sterillash (pasterizastiya) yaxshi natija beradi. ,Ammo bu usullar murakkab va kimmat, Kimyoviy himoya vositalari - antimikrob qo’shimchalar yonilg`i yonishi va uning energetik xarakteristikalarini buzmasligi talab qilinadi. Shu sababdan polimer va boshqa materiallarni biozararlanishdan himoyalashda ko’llaniladigan biostidlar yonilg`ini himoyalashda yshlatishga yaroqsiz.
Biostid sifatida sinalgan ko’p birikmalar orasida etilenglikolga uning monometil efiri qo’shilgan kompleks eng yaxshi natija bergan. Bu kompleks ilgaridan yonilg`ilarda qo’llanilgan, muzlashga qarshi ko’p ekspluatastion sinovlardan o’tgan va keyinroq aniqlanishicha, 0,1% konstentrastiyada yaxish bakteristidlik xususiyatlar namoyon etgan. Yana bir antimikrob qo’shimcha -to’rtlamchi ammoniy birikmalari sinfiga kiruvchi, sirt faollik! xususstyatiga ega bo’lgan dimetilalkilbenzilammoniy xloriddir (alkil q7.20). Bu preparatni yonilg`i tamom bo’lgandan so’ng yonilg`i sistemalari va omborlarini zararsizlantirish uchun qo’llash mumkin.
Metallani biokorroziyadan himoya qilish usullari kimyoviy moddalar -fungistidlar va bakteristidlarpi qo’llash hamda qurilmalarning texnik, uskunalarida. maqsadga muvofiq biochidamli materiallarni tanlash va ishlatigaga asoslashan, ysh lsarayonida va -texnikani qo’ldaxg` paytida sanktar-gigienik qoydalarga rioya . kdlnshning. ahamiyati: juda qatta.
Erooti • inshootlari oiokorroay ysik-nng oldini :-oliщda ular • .-kurshshshi va . ishlatvlishi rejalapp'irilgap tuiroq va gruntning biokorroziya xazfliligini bashorat qilish judamuhim.
Bakterial korroziya xavfi bo’lgan hollarda quyidagi tadbirlar o’tkazilishi kerak: 1) STB qo’zg`atadigan korroziyaning oldini olish maqsadida, o’tkazuvchi trubalarni o’rnatishda anaerob sharoit yaratilmasligi lozim. S1N xavfi katta bo’lgan botqoqli uchastkalar aerastiya va drenaj qiliiishi hamda shagal bilan kumilishi darkor. Agar xavf tion bakteriyalardan bo’lsa, kupli aerastiya bo’lmasligini ta’minlash lozim; 2) STB o’sishi va rivojlanishini ishqorli reagentlar to’xtatadi. Shuning uchun o’tkazuvchi trubalar ko’miladigan xavfli darajada nordon tuproklarga ohak yoki bur kiritish kerak; 3) maxsus biochidamli himoyalovchi qoplamalar yoki materiallar, masalan, keramik yoki biochidamli polimer trubalar ishlatish lozim; 4) suvni xavfli mikroorganizmlar va tuzlardan tozalash darkor. Suvga uzoq vaqt davomida 0,0001% li faol xlor yoki uning o’ldiruvchi dozasi bilan ishlov berish STB va boshqa bakteriyalardan samarali dezinfekstiya qiladi.
Tyumen neftchilari elektrokimyoviy va kimyoviy usulni birga qo’llab, neft konlarining erosti uskunalarini korroziyadan elektrolitik xlorlash vositasida himoyalash usulini ishlab chiqishgan. Bunda suvda eritilgan xloridlar elektrolizlanadi va bakteristid ta’sirli xlor ajralib chiqadi. Metallarni zamburug’lar korroziyasidan himoyalash uchun nometal materiallar zararlanishiga qarshi ishlatiladigan fungisitlar qo’laniladi Ularga qo’yiladigan shart-zamburug’larga qarshi biologik faollik va metallarga nisbatan agresivlik yo’qligi chunki ba’zi fungitsitlar metallarga korozion xavsizligi ma’lum.Korroziya ingibitorlari sifatida qo’llaniladigan ba’zi organik birikmalarda fungisitlik xususiyat mavjudligi aniqlangan.