Yog’och va yog’och materiallarini biozararlanishdan himoya qilishga yogochni namlanishdan asrab (ventilyastiya, samarali gidroizolyastiya), biozararlanishni profilaktika qilish, yogoch turlarini tanlab ishlatish va optimal konstruktiv echimlar ishlab chiqish asosida ularni tabiiy himoya xususiyatlaridan rastional foydalanish va, nihoyat, kimyoviy himoya vositalari - biostidlarni (yogochni himoya qilish uchun qo’llaniladigan biostidlar antiseptiklar deb ataladi) ko’llab, himoyani kompleks tarzda tashkil qilish kiradi.
Yog’och-taxta materiallari eng noqulay, masalan, tuproq, nAm xavo yoki suv bilan doimo yoki vaqti-vaqti bilan kontakt bo’lib turadigan sharoitlarda biozararlanishdan kimyoviy himoyalanadi. Sobiq ittifokda sanoatda va qurilishda sarflanadigan barcha yogoch va taxtaning 5-10 foiziga biostidlar bilan ishlov berilar edi. Natijada inpyuot va buyumlarning xizmat qilish muddati bir necha marta ko’paygan. Masalan, yog’ochga to’g`ri tanlab olingan va to’g`ri usul vositasida antiseptiklar bilan ishlov berilganda standart yog’och uylarning xizmat qilish muddati o’rtacha 15 yildan 50 yilgacha, shpalalarniki 10-25, elektr o’tkazuvchi va aloqa tayanch simyogochlari va ustunlariniki 12-50, yogoch ko’prik va gidroinshoatlariniki 10-40, avtamabil kuzovlari va temir yo’lvagonlarining xizmat muddati 5-20 yilgacha ko’payadi. Yog’ochni biozararlanishdan himoyalash unga suyuq antiseptiklar yoki ularning eritmasini shimdirishdan iborat. Shimdirishning ko’p usullari mavjud va ularni 2 guruhga bo’lish mumkin-yog’ochni eritmaga botirib shimdirish yoki ustki qismiga purkash yoxud cho’tka bilan surish va h.
Tola va to’qimachilik mahsulotlarini biozararlanishdan himoya qilish. Tola va to’qimachilik mahsulotlarini biozararlanishdan hymoya qilishning bir necha guruhlari mavjud. Ulardan biriga to’qimachilik mahsulotlariga biostidlar (fungistid va bakteristidlar) bilan ishlov berish, ikkinchisiga; esa biostid ishlatmasdan, balki tolalarni xavfli mikroorganizmlar bilan kontaktdan asrash maqsadida ularni kimyoviy modifikastiya qilish va ularga himoyalovchi qoplamalar berish kiradi.
Biostidlar bilai himoyalash an’anaviy va samarasi vaqt bilan isbotlangan metod, ammo biostidlar inson va atrof-muhit uchun zaharli bo’lishi mumkin va bunday ximoya uzoq vaqtgacha saqlanmaydi. Kimyoviy modifikastiya qilish va himoyalovchi qoplamalar ishlatish inson va atrof-muhit uchun ancha xavfsiz usullardir. Sellyuloza tolalarini kimyoviy modifikastiya qilishning eng samarali usullaridan biri ularga sirka angidridi bilan ishlov berishdir. Olingan tola biroz sun’iy astetat tolasiga o’xshaydi, ammo undan astetat guruhlari. faqat tola ustida joylashishi bilan farqlanadi Solishtirma tajribada tuproqda atsetatlangan tola uzilishiga to’la mustaqiligini 6 oy davomida saqlagan,ishlov berilmagan oddiy paxttaning selluloza tolasi esa bir haftada to’la parchalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |