Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”



Download 475,5 Kb.
bet24/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Tabiiy oqsil tolalari va materiallar qatoriga kazein - jun tolalari va fibroin tolalari - tabiiy ipak asosi kiradi. Kazein tolalariga ko’ra fibroin tolalari biochidamliroq, shuning uchun ipak jun matolarga nisbatan kamroq biozararlanadi. Jun matolari uchun mikroorganizmlardan tashqari keratofag hasharotlar, ayniqsa kuya katta xavf tug`diradi.
Kazein tolalari hosil qiluvchi keratinning mikrobiologik parchalanishi proteolitik fermentlar, asosan tripsin ta’sirida kechadi. Keratin peptid aloqalari bo’yicha alohida aminokislotalargacha parchalanishi mumkin.
Junga mikroorganizmlar uni hali moldan kiritib olishdan oldin tushadi. Bu mikroorganizmlardan ba’zilari ip ishlab chiqarish texnologik jarayonidagi operastiyalarda hayotchanligini saqlabgina qolmasdan, tayyorlangan juy matolari va tayyor mahsulotlarda ham o’zining emiruvchilik faoliyatini davom ettiradi.
Jun va jun mahsulotlari mikrobiologik zararlanishi tola g’ovaklashishi va bo’linib ketishi, rangli dog`lar va chirigan hid chiqishi bilan ifodalanadi. Yuqori namlik va tuproq bilan kontakt ham biozararlanishga olib keladi. Jun yaxshi quritilmagani mikroorganizmlar bilan kuchli zararlanish xavfini oshiradi. Jun to’plarini saqlash va tashish jarayonida termofil bakteriyalar faol rivojlanishi, katta miqdorda issiqlik chiqarishi va hatto o’z-o’zidan yonib ketishi mumkin.
Jun matolar va ulardan tayyorlangan buyumlar ifloslanishi bakteriyalar va zamburuglar bilan zararlanishining va keyinchalik yuz beradigan bioshikastlanishning birlamchi manbaidir. Jun buyumlarni yuvish va tozalash ularni mikrobiologik zararlanishdan asrashning muhim shartidir.
Sun’iy tola va gazlamalar tabiiy sellyuloza va ba’zan oqsil tolalariga kimyoviy ishlov berish orqali ishlab chiqariladi. Sellyuloza asosida tayyorlangan sun’iy tolalarga keng tarqalgan viskoza, astetat va boshqa tolalar kiradi. Oqsil kazein tolalarining ishlatilishi ancha chegaralangan.
Viskoza tolalari - yogoch va boshqa manbaalardan olingan sellyulozalarga kimyoviy ipshov berib tayyorlangan gidratstellyulozaning yo’naltirilgan tolalaridir. Kimyoviy strukturasi va mikrobiologik chidamliligi bo’yicha ular oddiy sellyulozali paxta tolalariga yaqin. Viskoza tolalaridan tayyorlangan sun’iy viskoza ipagi, shtapel, kord tasmasi va boshqa materiallar, ayniqsa tuproq bilan kontakt bo’lganida kam chidamli. Masalan, tuproq testida 8 kundan so’ng viskoza shtapelining mustahkamligi 30-35% ga, viskoza ipaginiki esa 12-nchi kuni 30-40% ga kamayadi.
Astetat tolalari astetilsellyulozadan - sellyulozani (paxta tuklari va yogoch sellyulozasini) sirka angidrid bilan eterifikastiya qilib olinadi. Ular mikroskopik zamburuglar va bakteriyalar sellyulolitik fermentlari ta’siriga ancha chidamliroq, chunki makromolekulalarida lateral gidroksil guruhlari bo’lgan oddiy stellyuloza tolalaridan farqli o’laroq, astetat tolalarining makromolekulalarida, ular sellyulolitik fermentlar bilan o’zaro ta’sirlari bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi lateral astetat guruhlari mavjud.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish