O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
__________________ FAKULTETI ______________________________ YO’NALISHI __ KURS ___-GURUH TALABASI IBRAGIMOVA DURDONANING _________________________________ FANIDAN KURS ISHI MAVZU: O`zbekistonning ziyorat obyektlari Qabul qildi: ___________________ Topshirdi: _______________________ Urganch-2022 MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM I BOB. BUYUK IPAK YO’LINING PAYDO BO’LISH TARIXI 1.1. Jahonga mashhur Buyuk Ipak yo’li haqida……….………………………….....5
1.2. Tarixiy manbalarda Buyuk Ipak yo‘li…………………………………………..8
II BOB. SHARQ VA G’ARB XALQLARI HAYOTIDA BUYUK IPAK YO’LINING TUTGAN O‘RNI 2.1. Buyuk Ipak yo’li: Sharqda va G`arbda…….…………………………….........14
2.2. Sharq va G`arb savdo munosabatlarida Buyuk Ipak yo’lining o’rni………......18
III BOB. BUYUK IPAK YO’LINING MILLIY MADANIYATIMIZGA TA‘SIRI 3.1. Buyuk Ipak yo’lining Vatanimizdagi tarixi………...…..……………….........21
3.2. Buyuk Ipak yo’lining madaniyatimizga ta’siri……………………….………27
XULOSA………………………………………………………………………….30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………..32
KIRISH BUYUK IPAK YOʻLI — qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (mil. av. 2-a. — mil. 15-a.). B. i. y. atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.
Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-a. ning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada «Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi» nashr qilindi. 1877-y. mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchiyoʻllar tizimini «Ipak yoʻli» deb atagan, keyinchalik «Buyuk ipak yoʻli» atamasi qabul qilingan.
Mil. av. 2-a. gacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (q. Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar.