Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”



Download 475,5 Kb.
bet21/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Taxta va yog`och. Odamlar eng keng miqyosda qo’llaydigan materiallarga metallar va silikatlar (beton, g’isht) bilan bir qatorda yog`och ham kiradi. Kurilishda taxta yigma temirbetonlardan 2 baravar ko’p sarflanadi. Ammo metall va silikatlardan farqli o’laroq, yog’och - tabiiy organik material va uni ko’p tirik organizmlar karbon manbai sifatida o’zlashtiradi. Yog`ochni o’zlashtiruvchi organizmlar ishga yaroqli taxta, taxtadan qurilgan inshootlar, uy jihozlari va boshqa yog’och buyumlarda biozararlanish qo’zg`atadi. Hech bir taxtadan qurilgan bino biologik agentlar bilan zararlanmay qolmaydi.
Yog`och biozararlanishini qo’zg`atadigan asosiy organizmlar yogochda yashovchi zamburuglar, ba’zi hasharotlar va gidrobiontlardir. Mo’tadil iqlimda yog’och va taxtaning barcha biozararlanishning 90 foizini zamburuglar qo’zg`atadi. Yogoch biozararlanishi - zamburuglar va hasharotlar yog`ochning sellyuloza, lignin va boshqa komponentlarini ozuqa manbai sifatida o’zlashtirishining natijasidir. Yogoch tolalarini bevosita parchalaydigan zamburuglar va hasharotlarga nisbatan bakteriyalar kam va bilvosita zarar keltiradi.
Yog’ochda yashovchi zamburuglar biosferaning karbon stiklida muhim rol o’ynaydi. Ular yog`ochning yuz millionlab tonna karbon suv va boshqa birikmalarini o’zlashtirib, karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Shu bilan birga yogochda yashovchi zamburuglar tirik daraxtlarni zararlashi va taxta materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarni parchalashi tufayli foydali hisoblanmaydi va ulardan himoya qilish talab etiladi.
Har xil daraxt turlaridan tayyorlangan yogoch va taxtalarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, mustahkamligi, zichligi va boshqa xususiyatlari turli xil va ular biochidamlilikka ta’sir qiladi. Yogoch turlarini biochidamli, o’rtacha chidamli, kam chidamli va biochidamsizlarga bo’linadi. Biochidamlilarga qaragay (sosna, shumtol (yasen), tilogoch (listvennista) va eman (dub) yadrosi; o’rtacha chidamlilarga qoraqarag`ay (el), kedr, oqqarag`ay (pixta), tilogochning uski qismlari (zabolonlari) va qayin yadrosi; kam chidamlilarga qayragoch, qayin va emanning ustki qismlari; chidamsizlarga tog’terak (osina), jo’ka (lipa) va zirk daraxti (olxa) kiradi. Tabiiy biochidamlilik qancha kuchli bo’lsa, qo’shimcha kimyoviy himoya shunchalik kam talab qilinadi.
Yog`och biozararlanishi odatda ob-havo faktorlari, mexanik va boshka eksplutastion ta’sirlar natijasida yog’och eskirishi bilan birga kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan namlanish, harorat almashinuvi, quyosh nurlari va boshqa faktorlar ta’sirida yog`ochning ustki qatlamidagi tolalar g`ovaklashadi va tukliligi oshadi (masterastiya). U yerda nam va chang to’planadi va o’rtacha darajada chirish qo’zg`atuvchi zamburug`larning sporalari o’sishi uchun sharoit tugiladi. Vaqt o’tishi bilan zamburug`lar yog`ochning ichkariroq qismlariga o’tadi. Chirish bilan zararlangan yog`och suvni osonroq shimadi, ustida paydo bo’lgan chatnovlar kengayadi. Chatnovlar ichida muzlagan suv emirilishni kuchaytiradi, yog`ochning ustki qismlarida teshiklar va singan joylar paydo bo’ladi, yog`och yadrosi zararlanishi osonlashadi .
Ekspluatastiya xarakteri va sharoitlariga qarab yog`och biozararlanishini sekin (surunkali) va tez (o’tkir) kechadigan tiplarga bo’linadi. Surunkali tipga atmosfera (uylarning tomi va devorlari, platformalar va h.) va tuproq (tayanch simyog`ochlari, qoziqoyoqlar, uylarning pastki chorcho’plari va h.) bilan kontaktda bo’lgan yog`och biozararlanishi kiradi. Konstruktiv xatolarsiz qurilgan va to’g`ri foydalanilgan hollarda bu zararlanishlar o’nlab yillar davom etishi mumkin. O’tkir zararlanish konstruktiv xatolar bilan qurilgan va noto’g`ri foydalanilgan. masalan, grunt suvidan yaxshi izolyastiya qilinmagan, pol tagida etarli ventilyastiya bo’lmagan, suv oqib ketishida nosozliklar bo’lgan, tom ustidan suv oqadigan va boshqa xollarda kuzatiladi.
Yog`och biozararlannshining manbaalarn.. Yog`ochni biozarar-lovchi zamburug`larni uch guruxga ustki mog`orlar, yogochga rang beruvchilar va yogochni parchalovchilarga ajratiladi.
Ustki mog’or zamburug`lari nam g`o’lalar, arralangan taxtalar va har xil ifloslangan yog`och materiallariga tushadi va rivojlanadi. Yog`och va undan tayorlangan buyumlar ustida mog`or paydo bo’lishi ularni saqlash yoki ishlatish qoidalari buzilganidan dalolat beradi. Ustki mog`orlar odatda yog`och ustki qismining parenxima to’qimalarini parchalaydi. Trichoderma, Cladosporium va Penicillium turkumlarining namoyandalari har xil ohangli yashilroq tusli, boshqalari - Aspergillus, Alternaria - qora tusli dog`lar paydo qiladi.
Yog`ochga rang beruvchi zamburug`lar yog`och sekin quritilganda rivojlanadi. Ular arralangan yogoch, qurilmalar, tara va boshqalarga har xil rang beradi. Ko’pincha ular ko’k, ba’zan sarik, apelsin, qo’ng`ir va boshqa tus beradi. Yogochga rang beruvchi va ustki mogor zamburuglari ko’p tarafdan bir-biriga yaqin. Ular yogochda birinchi bo’lib o’sadigan va rivojlanadigan saprotroflar bo’lib, ko’prok yog`ochning zahira moddalarini o’zlashtiradi, ammo uning mexanik xususiyatlarini ta’minlovchi struktura elementlarini ishlatmaydi. Mog`or zamburug`laridan farqli o’laroq, yogochga rang beruvchilar yog`ochning ustki qismlariga chuqur kiradi, kirgan chuqurlikkacha gifalarining pigmentlari va metabolitlari bilan rang beradi.
Ko’pchiligi bazidiomistetlar bo’lgan yog`ochni parchalovchi zamburug’lar eng ko’p shikast keltiradi. Ularning qatoriga Serpula, Coniophora, Coriolus va boshqa turkumga mansub uy zamburug’lari kiradi.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish