Moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar (MSS) moylovchi materiallarning bir xili bo’lib, ular ham moylovchilik, ham sovutuvchilik funkstiyalarini bajaradi. MSS - emulgatorlar va yordamchi moddalar qo’shilgan karbonvodorod moyining suvdagi 1:20-40 nisbatlaridagi emulsiyasidir. Ular aylanish tezligi yuqori bo’lgan metallarga ishlov berish dastgohlari va mexanizmlarda, metall yoyish stanlari va hokazolarda qo’llaniladi.
MSS sanoatda eng ko’p ishlatiladigan materiallardan biridir. AQSh da har yil 0,5 mln m3 MSS sarflanadi, 1 mln dastgoh ishchilari va ustalari o’z ishida MSS larni qo’llaydi.
Yuqorida keltirilgan yopiq tipdagi, atrof-muhit bilan chegaralangan darajada kontaktda bo’ladigan va shu sababdan manbai tashkarida bo’lgan mikroorganizmlar bilan zararlanish va yonilg`i va moylarning biozararlanish ehtimoli kam bo’lgan zamonaviy dvigatellarning yonilgi va moylash sistemalaridan farqli o’laroq, igachi uzellardagi MSS atmosfera bilan doim k0ptaktda bo’lgani sababli, aerob mikroorganizmlar bilan zararlanish ehtimoli: yuqori bo’ladi, ularning rezervuarlarida esa anaerob mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kulay sharoit yaratiladi. Shuning uchun sanoatning zamonaviy metallsozdik sohalaridagi muammolar orasida MSS ni himoyalash eng dolzarblaridan biridir.
MSS zararlanishining belgilari - begona, chirigan narsa va vodorod sulfid hidi kelishi, rangining o’zgarishi, yopishqoqligining kamayishi, nordonligining oshishi, korrozion faolligi paydo bo’lishi va b.
MSS zararlanishining o’ziga xos xususiyati - ular bilan ishlaganda sanitar-gigienik holat yomonlashishidir. Ishchilar zararlangan MSS bilan kontaktda bo’lishi yoki ularning zarrachalari havo bilan o’pkaga tushishi professional kasalliklar paydo qiladi. Stanok ishchilarining dermatitlarining 25 foizi ular patogen mikroorganizmlar zararlagan MSS bilan kontaktda bo’lishiga bog`liq. Infekstiyasi bo’lmagan MSS dermatitlarni sezilarli darajada kam qo’zg`atadi.
Mikroorganizmlar turlari tarkibi bilan bogliq holda ularning MSS da mavjud bo’lishiga yo’l qo’ystladigan mikdori 15-50 mln hujayra/ml. Biostid qo’shilmagan oddiy restepturalarda mikroorganizmlar bu miqstorgacha bir haftada ko’payadi. Bundan keyin ishlatishga yaramaydigan MSS suv bilan 40-50 marta suyultiriladi va oqava suvlarga to’kib yuboriladi. Shunday qilib, MSS larni biozararlanishdan himoyalash va ularning xizmat muddatini uzaytirish, muhim atrof-muhit muhofazasi ekologik aspekt ham kasb etadi.
MSS ning biostenozlarining tarkibi murakkab va unda gramsalbiy bakteriyalar, koli- formalar, psevdomonadalar va anaerob sulfattiklovchi bakteriyalar (STB) dominantdir. Suvemulsion MSS larda biozararlanish qo’zg`atuvchi mikroorganizmlarning asosiylari Desulfovibrio, Pseudomonas turkumlariga kiruvchi bakteriyalar, Fusarium, Aspergillus, Penicillium, Cladosporium turkumlariga mansub zamburuglar va drojjalardir. Patogen shakllar orasida Escherichia coli, Staphylococcus va Pseudomonas turkumiga kiruvchi bakteriyalar mavjud.
Ekspluatastiya jarayonida biozararlangan MSS. larning tusi opal-ko’kdan kora rangacha o’zgaradi va buni temir sulfid hosil bo’lishi bilan izohlanadi. O’ziga xos chirigan modda va ancha kuchli vodorod sulfid hidi paydo bo’lishini' esa Pseudomonas geterotrof va Desulfovibrio anaerob STB larning :birga ko’rsatgan ta’siriga boglanadi. Mikroorganizmlar faoliyati aerastiya va yorug`lik yo’qligida va stirkulyastion sistemalar ishlamagan paytlarda kuchayadi.
Odatda MSS biozararlanishi bir necha bosqichni o’tadi. Oldin aerob sharoitda bakteriyalar MSS ning STB uchun toksik bo’lgan komponentlarini oksidlaydi, so’ngra anaerob zonalarda STB rivojlanishi uchun kulay sharoit yaratiladi.
MSS larni biozararlanishdan himoyalash o’z ichiga bir qator sanitar-gigienik (ish joylarida va binolarda tozalikni saqlash), texnologik (yumshoq suv ishlatish, pH 9-9,5 bo’lgan ishkorli muhitni saqlash, vaqti-vaqti bilan termik sterilizastiya - pasterizastiya o’tkazish), konstruktiv va tashkiliy (tuzilmalarda anaerob sharoit yaratilishiga yo’l qo’ymaslik, belgilangan vaqtlarda aerastiya o’tkazib turish, jihozlar inglatilmasdan turish vaqtlarini qisqartirish va b.) hamda MSS tarkibiga antimikrob birikmalar - biostidlar kiritish ishlarini oladi.
MSS lar uchun samarali biostidlarni aniqlash uchun sinovlar o’tkazilmoqda. Sobiq ittifoqda MSS uchun ishlab chiqilgan azin, vazin, formastid seriyalariga mansub va boshqa biostidlar 30-50 kun va ko’proq xizmat muddatlarini ta’minlaydi.
Boshqa mamlakatlarda keng qo’llaniladigan biostidlar qatoriga simtriazin hosilalari, masalan geksagidro-1,3,5-trietil-sim-triazin va geksagidro-1,3,5-tris(2-oksietil)-sim-triazin kiradi. Ekspluatastiya paytida kuchli bakteristid bo’lgan formaldegid moddasini ajratib chiqaruvchi "formaldegid donorlari" guruhiga kiruvchi birikmalar ham diqqatga sazovordir. Ulardan geksametilentetramin (urotropin) va tris(oksimetil)nitrometanni ko’rsatish mumkin. Biostid sifatida ilgari 2,4,5-trixlorfenol va natriy etilmerkursalistilatning hosilalari keng qo’llanilgan. Insonlar sogligiga xavfi kattaligi uchun ular hozir ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |