Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”


Kauchuklarning biologik chidamliligi



Download 475,5 Kb.
bet16/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Kauchuklarning biologik chidamliligi. Tabiiy kauchuk sis- 1,4 izoprenning chiziqsimon polimeri bo’lib, uni kauchuk hosil qiluvchi o’simliklarning lateksi (shirasi) dan olinadi. Tabiiy kauchukning lateksi suvdagi dispersiya shaklidagi, kattaligi 0,15-0,5 mkm bo’lgan karbonvodorodlardir. Ularning lateksdagi miqdori 30-35%. Yig’ib olingan lateksga 10-12 soat orasida ammiak, formalin yoki boshqa bir antiseptik bilan ishlov beriladi, aks holda havodan tushadigan bakteriya va drojalar ta’sirida u koagulyastiyaga uchraydi va xususyatlarini kamaytiradi yoki yo’qotadi. Ustida zamburug’lar, bakteriyalar va aktinomistetlar o’sib ketishdan asrash uchun tabiiy kauchuk xomashyosini ortiqcha namlanishdan saqlash lozim. Biozararlanish bog’alanishi - kauchuk plastinkalaridi har xil rangli dog`lar paydo bo’lishidir.
Tabiiy kauchuk ko’proq bakteriyalar, masalan Acetobacter turlari va Streptomyces hamda Actinomyces turkumlariga mansub aktinomistetlar bilan biozararlanadi. Tabiiy kauchukning vulkanizatlarini mikroorganizmlar zararlash hollari tabiiy kauchukdan tayyorlangan rezina vositasida izolyastiya qilingan yer osti elektrik kabellarini ishlatishda, tuproq, dengiz suvi, suv o’tkazgichlarning chuchuk suvi va oqava suvlar bilan kontaktda bo’ladigan zichlovchi materiallarla kuzatiladi. Ustki qism defektlari va rang o’zgarishlari ayniqsa ochiq tusli to’ldiruvchilari bo’lgan vulkanizatlarda yaqqol ko’rinadi. Ular rezina tuproqda bo’lishining 4-nchi kuni paydo bo’lishi mumkin. Tabiiy kauchuk vulkanizatlaridak ajratilgan mikroorganizmlar orasida ko’pincha Pseudomonas turkumi bakteriyalari. Streptomyces turkumiga kiruvchi aktinomistetlar, Fusarium va Aspergillus turkumlariga mansub zamburuglar uchraydi. Tabiiy kauchuk vulkanizatlarining biochidamliligi nafaqat elastomer o’zining, balki plastifikator, vulkanizastiya qiluvchi agent, to’ldiruvchi va boshqa komponentlarning xususiyatlariga ham boglik. Laboratoriya sharoitida SKI-3 markali sintetik kauchuk zamburug`larga chidamsiz ekanligi aniqlandi-bu ishlab-chiqarishdagi sinovlarda ham tasdiqlandi.
Lak va bo’yoqli qoplamalar. Lak va bo’yoqli qoplamalar zararlanishi ko’proq yuqori namlik va harorat mavjud bo’lgan tropik va subtropik iqlimda hamda inshootlar va binolarda (go’sht-sut va konserva ishlab chiqaruvchi korxonalar, chorva fermalari, basseynlar, hammomlar va b.) uchraydi va juda katta zarar keltiradi. Ammo mo’tadil iqlimli mintaqalarda ham, kamroq darajalarda bo’lsa ham (ayniqsa ish qoidalari buzilgan hollarda - suv oqib ketishi, nam havo turib qolishi va h. kuzatilganda), qoplamalar zamburug`lar bilan zararlanadi. Quruk iqlimli mintaqalarda ular juda kam hollarda kuzatiladi.
Lak va bo’yoqli qoplamalar zararlanishi lak va bo’yoqlarning (parda hosil qiluvchi va pigmentlarning). tarkibi va xususiyatlariga hamda; qisman ishlov beriladigan materialga (asosga) bog`liq. Masalan, qoplamalar yog`och-taxtada yaxshiroq, metall va silikatdan tayyorlangan qurilish materiagsharida yomonroq saqlanadi. Rangli metallarga ko’ra qora metallarda ularning biochidamliligi kamroq
Grunt, antikorrozion himoyalovchi-dekorativ yoki mikroorganizmlar o’sishiga qarshi qoplamalarni to’g`ri tanlash lozim. Ko’pincha lak va bo’yoqli material komponentlarini, ularni qo’llash sistemasini va asosning xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g`ri tanlash, maxsus, fungistid ko’shilgan materiallarni ishlatmasdan ham talab qilingan biochidamlilikni ta’minlashga imkon beradi.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish