Bog'liq Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari
Metall va metall konstruksiyalar.Metallar, metall tuzilmalar va buyumlar biozararlanishstni biokorroziya yoki metalllariing mikrobiologik korroziyasi, deb ataladi. Qo’zg`atuvchi turiga qarab yana "zamburug korroziyasi" va "bakteriya korroziyasni" ajratiladi. Adabiyotda "biokorroziya" atamasi metall bo’lmagan materiallar uchun ham ishlatiladi.
Texnikada va kundalik hayotda metallar biokorroziyasi nometall materiallar biozararlanishiga nisbatan kam uchraydi. Buning sabablari - metallar aslida biochidamliroq, ba’zilari hatgo biostidlik xususiyatlariga eta. Mashina, asbob va boshqa texnik buyumlar odatda xar xil himoyalovchi va dekorativ lak-bo’yoq va boshqa materiallar bilan qoplanadi; ular biozararlovchi agentlarning hujumini birinchi bo’lib qabul qilib oladi va metallarni biokorroziyadan saqlaydi. Tashqi belgilariga qarab biokorroziyani oddiy atmosferada kuzatiladigan metall korroziyasi (zanglashi) dan ajratib bo’lmaydi. Shuning uchun hatto korroziya bo’yicha mutaxassislar ham har doim biokorroziyani aniqlay olmaydi va korroziyaning biologik tabiatini isbotlash uchun mikrobiologlar yordamiga muhtoj bo’ladi.
Masalan, Kiev metropoliteni kurilishida metall tuzilmalariga katta xavf tugdirgan korrozion emirilishlarning mikrobiologik tabiati aniqlangan. Kesson usulida metropoliten kurish jarayonida bir necha oy ichida tonnel aylanasidagi tyubinglarni qotirish uchun qo’llanilgan po’lat boltarning yarmidan ko’pi korroziyalangan. Avariya yuz bermasligi uchun shoshilinch tadbirlar ko’rilgan, ammo korroziyaning sabablari noma’lum bo’lgan.
Mikrobiologlar aniqlashicha, birinchidan, grunt namunalarida tarkibiga oltingugurt kiruvchi minerallar, misol uchun, temir disulfiddan iborat bo’lgan pirit mavjud bo’lgan, ikkinchidan, bu namunalarda tion (oltingugurt oksidlovchi) bakteriyalar topilgan, uchinchidan, tonnel kurilishida atmosfera sharoitlari o’zgarganligi ma’lum bo’lgan. Tonnel qurilishi boshlanmasdan oldin o’tkazilgan birlamchi sinovlar asosida grunt namligi, sharoitlar anaerobligi va tion bakteriyalari xavf tug`dirmasligi haqida xulosa qilingan. Tonnelni kesson usulida teshib tayyorlash zaboyga bosimi 3 atm cha bo’lgan siqilgan havo berish bilan bog`liq. Uchinchi faktor - havo kislorodi paydo bo’lishi bilan qulay sharoit yaratilgan va tion bakteriyalari shiddatli ravishda o’sib va rivojlana boshlagan; tajribada oz kunlar ichida ularning miqdori 1 g tuprokda bir necha milliongacha etishi aniqlangan. Aerob sharoitda bu bakteriyalar sulfidlarni tez oksidlaydi va sulfat kislota hosil qiladi, u esa korroziya qo’zg`ata oladi.
Quruvchilarga mikrobiologlar zaboyga havo kiritmaslik va kesson usuli o’rniga tonnelni teshib kurishning boshqa metodlaridan birini ishlatishni tavsiya qilgan. Natijada korroziya darhol to’xtagan va avariyaning oldi olingan.
Bu hodisa keng ommaga ma’lum bo’lgan va erosti inshootlarini kuruvchilar mikrobiologik xavfga diqqat qilishini ta’minlagan. Tuproq va gruntning korrozion faolligini birlamchi tahlil qilishda mikrobiologlar atbatta qatnashishi va qurilish jarayonida va undan keyin hosil bo’lishi mumkin bo’lgan ekologik sharoitlarni chuqurroq hisobga olishi shart qilib qo’yilgan.
Mikrobiologik korroziya alohida uchrashi yoki tuproq, atmosfera va dengiz sharoitlarida yuz beradigan elektroximik korroziya bilan birga kuzatilishi mumkin.
Mikroorganizmlarning metallarga ta’siri har xil bo’lishi mumkin. Birinchi navbatda metallar korroziyasini mikroorganizmlarning ekzometabolitlari - mineral va organik kislotalar va asoslar; fermentlar va hokazolar qo’zgatishi mumkin. Ular korrozion-faol sharoit yaratadi va suv mavjudligida korroziya elektroximiyaning oddiy qonuniyatlariga binoan kechadi.
Metallar ustida mikroorganizmlarning koloniyalari shishlar, misteliy va shilimshiq moddadan tashkil topgan pardalar hosil kilishi, ularning ostidadagi har xil joylarda elektr potenstiallari har xil bo’lishi va mikroorganizmlarning o’zlari metall ionlarini assimilyastiya qilishi natijasida yarali (pitting) korroziyasi rivojlanishi mumkin.
Metallar biokorroziyasini har xil mikroorganizmlar qo’zg`atishi mumkin. Metallarni korroziyaga uchratuvchi litotrof bakteriyalardan eng ko’p uchraydiganlari qatoriga Desulfovibrio va Desulfotomaculum turkumlariga mansub bo’lgan sulfattiklovchi bakteriyalar (STB); oltingugurtni va uning birikmalarini oksidlovchi Thiohacillus turkumiga kiruvchi tion bakteriyalar; temir chala oksidini oksidgacha oksidlovchi Callionella va Spherotilus turkumlariga mansub temir bakteriyalar kiradi.