Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”


V - bob. MIKROORGANIZMLAR BILAN ZARARLANADIGAN MATERIAL VA BUYUMLAR



Download 475,5 Kb.
bet14/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

V - bob. MIKROORGANIZMLAR BILAN ZARARLANADIGAN MATERIAL VA BUYUMLAR

Tirik organizmlar emirmaydigan yoki kamida ularning xususiyatlari va tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan materiallar yo’q. Biozararlanish klassifikastiyasida materiallar morfologik belgilari va xususiyatlari o’zgarishiga qarab bo’linadi.


Biozararlanish namoyon bo’lishining morfologik belgilari quyidagilardir:
1 Materiallar ustida yara, teshik va chatnashlar paydo bo’lishi;
2 Materiallar strukturasi yoki ahvolining o’zgarishi, masalan, bakteriyalar ta’sirida suv-moyli emulsiyalar qatlamlarga bo’linishi, yonilg`ilar shilimshiqlanishi;
3 Mikroorganizmlar ta’sirida tolali materiallar - tolalar, gazlama. masalan, jun, fibrillyastiyasi.
Biozararlanish namoyon bo’lishining materiallar xususiyatlarini o’zgartirish belgilari quyidagilardir:
1 Mikroorganizmlar yoki ularning metabolitlari tasirida materaallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o’ztarishga, masalan, yogoch-taxta, rezina va plastiklar mustahkamligini yo’qotishi; rezina shishishi,lak-boyoq qoplamalar adgezivligini (yopishish qobiliyatini) yo’qotishi;
2 Materiallarning elektrofizik xususiyatlari, masalan, ularning izolyastiya qilish qobiliyati yomonlashishi;
3 Oksidlanish yoki gidroliz natijasida plastiklardagi plastifikatorlar yoki yogochdagi sellyulozaning kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi;
4 Materiallarning organoleptik xususiyatlari o’zgarishi, moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar (MSS) va boshqa materiallar chirishida hid chiqarishi, qattiq narsalar ustida shilimshiq paydo bo’lishi va h.
Materiallar biochidamliligini va kimyoviy birikmalarning biosidlik faolligini sinash uchun bir qancha metodlar qo’llaniladi. Ularning aksayati nechta metodlarning modifikastiyasi bo’lib, himoya qilish qobiliyatiga qarab ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhda, biozararlovchi agentlar tasiridagi materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlash qobiliyati, ikkinchi guruhda esa qattiq muhitda (biostid ta’siri natijasida zona hosil bo’lishi) eritmada (suyuq muhitda) mikroorganizmlar o’sishini kamaytirish yoki toxtatish darajalari baholanadi.
To’qimachilik materiallari, plastiklar, rezina va boshqa nometall materiallarni sinashning ishonchli metodlaridan biri tuproq metodidir. Sobiq ittifoqning standartiga ko’ra (GOST 9.060-75), bu metod laboratoriya sharoitida gazlamalar biochidamliligini sinash uchun ishlab chiqilgan, ammo uni biroz o’zgartirib boshqa materiallarni sinash uchun xam qo’llash mumkin.
Tuproq sinovi uchun quyidagi aralashma tayyorlanadi: qum, ot go’nti, bog` tuprog`i 1:1:1 nisbatlarda, pH 6,0-7,5 bo’lishi lozim. Etalon yordamida aniqlangan tuproq biologik faolligi (a) 0,65-1,5 bo’lishi kerak. Massasi 100-150 g/m2 bo’lgan ho’llanmagan ip gazlama namunasining mustahkamligi 120 soat sinov vaqtidan so’ng 50% ga kamayishi etalon faollik hisoblanadi. Biologik faollikni quyidagi formula bo’yicha hisoblashadi: a = Ta/Te, bu erda Ta - ip gazlamaning uzilish kuchi (nagruzkasi) 50%. ga kamayishini ta’minlaydigan sinovdagi tuproq bilan kontaktda bo’lgan vaqt, Te - ip gazlamaning uzilish kuchi 50% ga kamayishini ta’minlaydigan etalon tuproq bilan kontaktda bo’lgan vaqt (yuqoridagi holda 120 soat).
Namlik kamerasida sinovdagi material namunasi ustiga namligi 28% li tayyor tuproqni 25 sm qalinlikda solinadi va ma’lum bir vaqt davomida 24-26°S haroratda inkubastiya qilinadi. So’ngra uzilish mustahkamligi aniqlanadi.
Standart tuproq metodining boshqa, sinov uchun 2 haftadan bir necha oygacha vaqt talab qiluvchi metodlardan afzalliklari mavjud. Ammo bu metod natijalari juda o’zgaruvchan va ko’pincha sinovni takrorlashda ayni natijalar olinmaydi, shu sababdan aniq natija olish uchun yoki boshqa tadqiqotchilar sinovlarida olingan natijalar bilan solishtirish uchun standart metod qo’llash lozim.
Biochidamlilik yoki biostidlikni suyuq ozuqa muhitida aniqlash uchun mikroorganizmlar standart to’plami yoki ularning zararlangan materiallardan maxsus ajratilgan shtammlari ishlatiladi. Probirka ichida 0,5 mln konidiyalari bo’lgan 1 ml suspenziya solinadi. Ozuqa muhiti sifatida 1% glyukoza qo’shilgan va pH 6,8 ga keltirilgan go’sht-pepton buloni ishlatiladi. So’ngra probirkaga sinaladigan namuna qo’yiladi va termostatda 28°S xaroratda inkubastiya qilinadi. 48 soatdan keyin fungistatik va yoki fungistidlik ta’siri mavjudligi qayd etiladi.
Sinovni zich (stattik) ozuqa muhitida o’tkazish uchun Petri likopchasiga suslo-agar quyiladi, muhit qotgach, unda dumaloq chuqurcha (lunka) qilinadi va.unga sinovdagi material namunasi qo’yiladi. Muhit ustiga ichida test-mikroorganizmning 2 mln hujayrasi bo’lgan yana bir qatlam suslo-agar quyiladi. Termostatda 4 sutka o’stirilgandan so’ng test-mikroorganizm o’sishini to’xtatish zonasi o’lchanadi.
Zig`ir ipidan tayyorlangan gazlamalarning biochidamliligi suyuq ozuqa muxitida, sellyuloza parchalovchi termofil bakteriyalarning boyitilgan kulturasini qo’llab sinaladi. Shisha akvarium ichida tagiga, shisha romchaga o’rnatilgan 25x7 sm lik mato namunasi qo’yiladi va termofil bakteriyalarning boyitilgan kulturasi kiritiladi. 37±1°C haroratda 18 soat, so’ngra 60°C da 48-72 soat davomida inkubastiya qilinadi. Nazorat namunalar bu sharoitda bugunlay parchalanadi. Suyuq muhitda 96 soat davomida sinash tuproqda 15 sutka sinashga teng.
Plastiklar. Plastiklar sintetik polimerlardan tashkil topgan materiallar bo’lib, odatda ular mikroorganizmlarning ekzofermentlari va boshqa metabolitlari tomonidan emirilishga nisbatan chidamli. Zamburuglar va bakteriyalar bevosita o’zlashtiripsh uchun sintetik yuqori molekulyar birikmalar makromolekulalarining zanjirlari juda katta va mustahkam. Shu sababdan ko’pincha plastiklar va boshqa sintetik yuqori molekulyar birikmalar asosida tayyorlangan materiallar mikrobiologik shikastlanishga tabiiy yuqori molekulyar birikmalarga - yog`och-taxtaning asosi sellyuloza va lignin hamda tabiiy terining asosi kollagenga va boshqa tabiiy materiallarga nisbatan ancha chidamliroq.
Plastiklar tarkibiga ularning asosi - bog`lovchi polimer birikmalardan tashqari past molekulyar qo’shimchalar – plastifikatorlar,to’ldiruvchilar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi. Bu qo’shimchalar orasida' mikrobiologik chidamliligi har xil bo’lganlari uchraydi. Bu qo’shimchalar tufayli material biochidamliligi kamayadi. Natijada texnikaning har xil sohalari va inson turmushida ishlatiladigan polimer plastiklar mikroorganizmlar bilan tez-tez zararlanadi. Shikastlangan materiallarning rangi, mustahkamligi, elektrofizik va boshqa xususiyatlari o’zgaradi. Ko’p plastiklar mikroorganizmlar tomonidan butunlay parchalanmasa ham, ularning ekspluatastion va tovarlik xususiyatlari buzilishi va amaliy qiymati yo’qotilishi mumkin.
Bakteriyalar plastiklarni kamroq zararlaydi, ammo ularning ta’siri yashirin bo’lishi mumkin. Ba’zan ularning zarari, masalan, yerosti va suvosti qurilmalar zararlanganida, oddiy ko’zga ko’rinmaydi. Zararlanish mavjudligini begona hid yoki tus, shilimshiq va hokazolar paydo bo’lishidan bilish mumkin.
Boshqa materiallar kabi plastiklarning biozararlanishi ham ular atrof-muhitning fizik va kimyoviy faktorlari (ultrabinafsha nurlar, harorat o’zgarishlari va h.) ta’sirida eskirishi bilan birga kechadi. Bu ikki jarayon -biozararlanish va eskirish - bir-birini to’ldiradi va kuchaytiradi.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish