B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
silos

Texnologiyasi
. Birinchi texnologiyaga muvofiq, ozuqa 
qoldig‘i tabiiy ko‘rinishda pishirib qaynatiladi. Bu texnologi-
yada ozuqa qoldiqlariga ishlov berish, ularning o‘lchamlari har 
xil bo‘lganligi sababli uzoq vaqt davom etadi. Natijada ozuqa 
qoldig‘ini, to‘yimliligi pasayadi. Ikkinchi texnologiyada, ozuqa 
qoldiqlari issiqlik bilan ishlov berishdan oldin, bolg‘ali mayda-
lagichlarda maydalanadi. Bu texnologiya bir qancha afzal-
liklarga ega. Maydalangan ozuqa zarrachalari bir vaqtda tekis 
qiziydi va sterilizatsiya bo‘ladi. Maydalangan ozuqa qoldiqlari 
tarkibidan noozuqa aralashmalarni ajratib olish yengil va sifatli 
kechadi. Ozuqa qoldig‘ining to‘yimliligi saqlanib qoladi. Ozuqa 
sexining ish unumi qozonlarga ko‘proq mahsulot to‘ldirilishi va 
sterilizatsiya jarayonini tezlashishi hisobiga 1,5-2 marta oshadi.
Ozuqa qoldiqlarini maydalash, omixta yem tayyorlash tizimi 
quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: ozuqa qoldiqlarini 
qabul va transportirovka qilish-ayrim yirik noozuqa aralashma-
laridan tozalash-maydalash-bug‘lash-sterilizatsiya qilish-saqlash 
bunker va b.
SPO-40-maydalangan ozuqa qoldiqlaridan noozuqa ara-
lashmalarni (latta, yelim xalta va boshqa) ajratib tozalash.
ZSh-40.000 - to‘rt seksiyali shnekli yuklagich (uchta seksiya 
5 m, to‘rtinchisi – 2,8 m uzunlikda), beshta shiber qop-qoqli 
tushirish darchalariga ega.
KP-5.000- puflash qozoni, tayyor ozuqa aralashmalarini 
bug‘lagich-aralashtirgichdan qabul qilib olib, havo yordamida 
6 kgs/m
2
bosim bilan bunker-yig‘gichga uzatadi.
ZS-6.00.000 bug‘lagich-aralashtirgich - maydalangan, toza-
langan ozuqa qoldiqlarini qaynatish, sterilizatsiya qilish va ara-
lashtirib berish uchun xizmat qiladi; sovutgich sterilizatsiya 
qilingan ozuqalarni, suv yordamida sirkulyatsiya qilish bilan 
70°C haroratgacha sovutib beradi. Sovutish suvining sarfi 1:1 
va harorat 8-35°C bo‘ladi.


127
Haroratgacha isib qolgan suvni texnologik hojatlar uchun 
foydalanish mumkin.
PUS-1.03.000 yig‘gich-bunker – sexdan tashqarida o‘rnati-
ladi.
KSE-5M kompressor - suyuq ozuqalarni binolarga haydash 
uchun xizmat qiladi.
KPO-150 kompleksi mashina jihozlarini yettita texnologik 
tizimga birikib ishlaydi:
- qabul qilish, maydalash, metalldan tozalash va yig‘ish;
- noozuqa tolali qo‘shimchalar, konserva bankalari, yelim 
xalta va boshqalardan tozalash hamda bug‘lagich-aralashtir-
gichga uzatish;
- ozuqa qoldiqlarini bug‘lash va sterilizatsiya qilish uchun 
issiqlik bilan ishlov berish hamda puflash qozoniga uzatish;
- ozuqa qoldiqlarini qabul qilib yig‘ish va sovitish;
-suyuq ozuqa qo‘shimchalari zardob, obrat va paxtalarni 
qabul qilish, saqlash va ozuqa aralashmasiga qo‘shish;
- omixta yem, o‘t uni va boshqa quruq qo‘shimchalarni 
qabul qilish, saqlash va aralashtirgichga uzatish;
- suyuq va quruq ozuqa qo‘shimchalarini sterilizatsiya 
qilingan ozuqa qoldiqlari bilan aralashtirib, aralashmani 
magistral ozuqa quvuri orqali tarqatgichlar bunker-yig‘gichlariga 
yetkazib berish.
15.1-rasm

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish