O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
B.M. TOJIBOYEV, D.A. ALIJANOV
CHORVACHILIKDA
OZUQA TAYYORLASH VA
SAQLASH JARAYONLARINI
MEXANIZATSIYALASHTIRISH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
3-nashr
Toshkent
«Iqtisod-Moliya»
2016
UO‘K 636(575.1) (075)
KBK 40.715ya722
Taqrizchilar:
f.n., dots.
Z.Y. Yusupov;
q.x.f.n., dots.
N.E
.
Sattarov
B.M. Tojiboyev
A-49
Chorvachilikda ozuqa tayyorlash va saqlash
jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish:
O‘quv qo‘llanma /
B.M. Tojiboyev, D.A. Alijanov; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. –
T.: «Iqtisod-Moliya», 2016. -176 b.
D.A. Alijanov
O‘quv qo‘llanmada respublikamizda yetishtiriladigan ozuqa-
larning sinflanishi, ozuqalarni tayyorlash va saqlash texnologi-
yalari, ularga qo‘yiladigan zootexnik talablar, qo‘llaniladigan
mashina va jihozlarning tuzilishi, texnologik ish jarayoni,
rostlashlar, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish asoslari
keltirilgan.
UO‘K 636(575.1) (075)
BBK 40.715ya722
ISBN 978-9943-13-270-2
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010
ISBN 978-9943-13-462-1
© «IQTISOD-MOLIYA», 2013
ISBN 978-9943-13-627-4
© «IQTISOD-MOLIYA», 2016
© B.M. Tojiboyev, D.A. Alijanov, 2016
3
KIRISH
Chorvachilikni rivojlantirishda ozuqalarni tayyorlash va
saqlash, zootexnik talablar asosida qisqa muddatda sifatli
bajarish va mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlashda,
mashina va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish muhim omillardan
biri hisoblanadi.
Respublikamizda paxtachilik, g‘allachilik bilan bir qatorda,
chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va ko‘paytirish uchun
ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy mashina va jihozlar keng joriy
etilmoqda.
Bugungi kun bunday yangi turdagi mashinalardan samarali
foydalanib, chorvachilikni to‘liq mexanizatsiyalashtirish uchun
yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashni taqozo etmoqda.
O‘quvchilar mutaxassislar chorvachilikda ozuqa tayyorlash
va saqlash jarayonlariga zootexnik talablar, ozuqalarni
tayyorlash va saqlash texnologiyalari, qo‘shimcha ozuqa
resurslari va ulardan foydalanish, qo‘llaniladigan mashina va
jihozlar tuzilishi, ishlash jarayoni, ulardan foydalanish, rostlash
va texnik xizmat ko‘rsatish asoslarini bilishlari, olgan bilimlarini
amaliyotda qo‘llab, o‘z malakalarini doimiy ravishda mustaqil
rivojlantirib borishlari zarur.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |