MURAKKAB MASALALAR (3)
1. Kationi eritmada uch zaryadli bo’ladigan metall bilan uning oksididan iborat aralashmaning massasi 21 gr ga teng . Shu aralashmani to’liq eritish uchun NaOH ning 24 % li eritmasidan 100 gr kerak bo’ldi. Bunda 13.44 l (n.sh) da gaz ajralib chiqdi. Aralashmani tarkibini va kompanentlarni massa ulushlarini (%) aniqlang. ( 51.4 % Al; 48.6 % Al2O3)
2. Marganes (IV) oksidning EO2 tarkibli noma’lum oksid bilan 67.4 gr aralashmasiga mo’l HCI tasir ettirildi.( Oksid EO2 xlorid k-ta b-n MnO2 kabi reaksiyaga kirishadi). Bunda 13.44 litr gaz ajralib chiqdi.EO2 bilan MnO2 ning molyar nisbati 1 : 5 ga teng. Noma’lum oksid nimadan iborat ekanligini aniqlang. ( PbO2)
3. Metall xlorid eritmasiga ( D.S ning I gruppasidagi metall, tuz tarkibida metall 3.2 gr teng ) 50 gr massali Fe plastinka tushirildi. Metall to’liq ajralib chiqqandan keyin plastinka massasi 0.8 % ga ortdi. Qanday metall xloridi olingan.
( CuCI2)
4. MgCO3 * xH2O tarkibli tuzning ma’lum miqdordagi massasi gazlar ajralib chiqishi to’xtaguncha qizdirildi. Gazlar kons. H2SO4 va oxakli suv solingan idish orqali o’tkazilganda, birinchi idish massasi 1.8 gr ga ortdi, ikkinchisida esa 1.97 gr cho’kma tushdi. Kristalgidrat formulasini va uning massasini gr toping. ( 3.48 gr ; MgCO3 * 5H2O)
5. Kremniy, alyuminiy va temirdan iborat 13.8 gr aralashmaga qizdirib turib NaOH bilan ishlov berilganda 11.2 l ( n.sh) gaz ajralib chiqdi. Aralashmaning xuddi shuncha massasiga HCI tasir ettirilganda 8.96 l gaz ajralib chiqdi. Aralashma tarkibidagi moddalarning massasini va molini aniqlang.
( 2.8 gr 0.1 mol Si ; 5.4 gr 0.2 mol Al ; 5.6 gr 0.1 mol Fe )
6. Difosfat va metafosfat kislotalar aralashmasining eritmasi teng ikki qismga bo’lindi; ulardan biri shu zaxoti NaHCO3 bilan neytrallandi, ikkinchisi esa avval qaynatildi so’ngra neytrallandi. Eritmaning birinchi qismini neytrallashga ikkinchi qismini neytrallashga qaraganda 2.5 marta kam soda sarflandi. Boshlang’ich eritmadagi meta va difosfat kislotalar qanday mol nisbatda bo’lgan.
( 1 mol HPO3 ; 8 mol H4P2O7)
Murakkab bob - 4
1. Noma’lum II valentli metallning 19.4 gr sulfidini kuydirish uchun 6.72 litr (n.sh) O2 talab qilindi. Olingan gazsimon maxsulot katalizator ishtirokida oksidlandi va suvda eritildi. Qanday metall sulfidi kuydirilgan va xosil bo’lgan kislotani neytrallash uchun KOH ning 33.6 % li eritmasidan (ρ = 1.33 gr/ml) necha (ml) talab etiladi. ( ZnS; 50 ml)
2. 1.2 gr oleumning tuz xosil qilishi uchun 50 ml 0.5n o’yuvchi kaliy eritmasi talab qilindi. Oleumdagi SO3 ning umumiy va xususiy massa ulushini aniqlang. ( 83.3 % ; 9.1 %)
3. Massasi 122.5 gr bo’lgan Al , CuO va Fe2O3 aralashmasiga mo’l miqdorda ishqor eritmasi ta’sir ettirilganda 33.6 litr gaz, vodorod bilan qaytarilganda esa 1.3 mol suv xosil bo’lgan bo’lsa boshlang’ich aralashma tarkibini aniqlang. ( 27 gr Al; 79.5 gr CuO ; 16 gr Fe2O3)
4. 18.57 gr metall namunasi 10 % li nitrat kislota eritmasi bilan batamom reaksiyaga kirishgandan so’ng eritmaga mo’l miqdorda issiq ishqor eritmasi quyilganda 12.8 litr gaz ajralib chiqqan bo’lsa qaysi metall ishlatilgan. ( Zn )
5. Nazariy jihatdan 100 gr platinani geksa xlor platinat kislotaga aylantirish uchun 39 % li HCI ( ρ = 1.19 ) va 75 % li HNO3 ning ( ρ = 1.44) qanday hajmlari talab etiladi. Xosil bo’lgan H2[ PtCI6] * H2O ning massasini xisoblang. Jarayon natijasida NO va NO2 ekvimolyar aralashmasi xosil bo’ladi. ( 240 ml; 60 ml; 265 gr)
Do'stlaringiz bilan baham: |