56
kamerasi sirti bo‘ylab joylashgan kobirkali deka orasida o‘tishi
yanada maydalanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ventilyator
mayda-langan ozuqani teshikli panjaralar orasidan patrubok
orqali so‘rib oladi. Ventilyatordan ozuqa zo‘riqtirish quvurida
havo bilan birga siklonga kelib
tushadi va ozuqa havodan
ajraladi. Siklondan ozuqa shlyuzli tamba orqali keyingi ishlov
uchun yo‘naltiriladi. Havo esa quvur orqali yana maydalash
kamerasiga qaytib kiradi. Bir qism havo siklonning qo‘l-filtri
yordamida tozalanib tashqi atmosferaga chiqadi.
Pichan, makkajo‘xori so‘talari va boshqa sochilmas ozuqalar
dastlab pichoqli barabanda maydalab olinadi. Bunda donli
ozuqa bunkeri to‘sig‘i yopiq holda bo‘lishi lozim. Maydalangan
ozuqa bolg‘ali barabanga tushib ikkinchi bor maydalanadi.
Kamera ostida joylashgan teshikli panjara diametrlarini 4, 6,
8, 10 mm ga o‘zgartirilib zarur bo‘lgan maydalanish darajasiga
erishiladi.
Suvli-shirali va nam ozuqa ham dastlab pichoqli barabanda
maydalanadi. Bunda ish boshlanmasdan avval teshikli panjara
olinib o‘rniga gorlovina qo‘yiladi. Ozuqa to‘g‘ri maydalanib
bolg‘ali kamerani tark etadi.
Maydalagich traktor quvvat olish validan yoki elektryurit-
gichdan harakat oladi. Rotorning sekin tezlanishi uchun avto-
matik friksion mufta o‘rnatilgan. Maydalagichni ishga tayy-
orlash barcha qismlar mustahkamligini, tasmalar va zanjirli
uzatmalar tarangligini tekshirish va sozlashdan, reduktor va
podshipniklarni moylashdan boshlanadi. Baraban pichoqlari va
qarshi qirqish taxtasi orasida tirqish 1 mm dan ko‘p bo‘lmasligi
lozim. Sozlash va nazorat qilish uchun kojux ag‘dariladi,
zichlash transportyori
uzatmasi yechilib, yuqoriga ko‘tarib
qo‘yiladi. Har bir pichoq baraban krestovinasidan bo‘shatilib,
so‘ng ikkita joylashtirish vinti yordamida krestovina tir-qishida
siljitib sozlanadi. Maydalash barabani tasmalari elektryurit-
gichni surish ta’sirida, zanjirlari esa tortqi roligi va yulduzchalar
yordamida sozlanadi.
57
8.1-rasm. Bolg‘achali maydalagich:
1-maydalash
kamerasi;
2-ventilyator;
Z-yuklash bunkeri; 4-bo‘shatish qo‘li; 5-shlyuzli
tamba; 6-siklon; 7-ozuqa quvuri; 8-havo quvuri; 9-qo‘l filtr;
10-ampermetr-indikator; 11-chervyakli
reduktor; 12-pichoqli baraban;
1Z-ozuqani uzatish va to‘xtatish dastagi; 14-
uzatish transportyori;
15-elektryuritgich; 16-rama; 17-zichlagich
transportyor; 18-reduktor
Uzatuvchi transportyor
tasmasi uning dum qismida
joylashgan sozlash boltlari, zichlagich transportyori o‘z korpusi
ichida joylashgan tortqi yulduzchalari yordamida sozlanadi.
60—70 N kuchlanishda transportyor tasma va zanjirlari egilishi
58
20—25 mm dan oshmasligi lozim. Har 250—300 soat ishdan
so‘ng transportyor va shlyuz tambasi reduktorlarining transmis-
siya moylari almashtiriladi. US-2 va US-3 bilan transportyor
vali, reduktor, maydalash barabani, qirqish barabani va tortqi
roliklar podshipniklari moylanadi. Qirqish barabani validagi
mufta 70— 90 soat ishlagandan so‘ng moylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: