B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
silos

Nazorat uchun savollar
1. Ozuqalarni maydalashning qanday usullari bor?
2. Ozuqalarni maydalovchi ishchi organlarining texnologik 
jarayoni.
3. Maydalangan ozuqaning o‘rtacha zarrachasi o‘lchami 
(moduli) nima?


54
VIII BO‘LIM. KONSENTRAT OZUQALAR VA SANOAT 
QOLDIQLARINI MAYDALAGICHLAR
8.1. Konsentrat ozuqalar va ozuqa qoldiqlarini tayyorlash 
texnologiyalari va zootexnik talablar
Qishloq xo‘jalik hayvonlari tomonidan to‘yimlilik moddala-
rini hazm qilishda ozuqalarni maydalash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ozuqalar maydalanganda qishloq xo‘jalik hayvonlari 
ularni chaynash uchun kam energiya sarflaydi. Maydalangan 
ozuqalar aralashtirilib omixta holida berilganda yuqori sama-
raga erishiladi. Chorvachilik fermalarida donlar, presslangan 
to‘ppalar, somon, pichan, ildiztuganak mevalar, makkajo‘xori 
so‘talari, qoldiq ozuqalar maydalanadi.
Konsentrat ozuqalarni maydalash va ularni oziqlantirish 
uchun tayyorlash texnologiyasiga quyidagi zootexnik talablar 
qo‘yiladi: nam ozuqalar bilan oziqlantirilganda ozuqa zarralar-
ining yirikligi qoramollar uchun – 3 mm gacha, quruq holda 
esa 2-3 mm. Har qanday holatda ham changsimon zarralarning 
bo‘lishi ma’qul hisoblanmaydi. Chunki ular oshqozon shirasi 
bilan yaxshi namlanmaydi va qiyin eriydigan toshchalar hosil 
qiladi. Bundan tashqari, ozuqada zararli qo‘shimchalar va 
metall zarralarining bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konsentrat ozuqalarni bir xil tarkibli massa ko‘rinishidagi 
omixta holida oziqlantirish lozim. Uzoq vaqt saqlanganda 
namligi 15-17 %dan oshmasligi kerak. Qoramollar omixta 
ozuqalar bilan oziqlantirilganda namlik 60 % gacha, cho‘chqalar 
uchun 65-75 % va parrandalar uchun 45-55 % bo‘lishi muhim 
hisoblanadi.
Ozuqalarni qadoqlashda berilgan massadan chetga chiqish 
quyidagi oraliqlarda bo‘lishi ruxsat etiladi: omixta yem va 
konsentrat ozuqalar ±1,5 %; shirali ozuqalar ±3,5 %; suyuq 
ozuqalar
va
suv
± 
1,0
%.
Zootexnik talablarga binoan konsentrat ozuqalarni oziqlan-
tirishga tayyorlashda quyidagi jarayonlar bajariladi:


55
– maydalagich, tegirmon va ezish mashinalarida berilgan 
yirik o‘lchamda maydalash;
– dozator, aralashtirgich yoki universal omixta yem agre-
gatlarida, ozuqalarni berilgan retseptga nisbatan bir xil tarkibli 
omixta olish uchun qadoqlash va aralashtirish;
– omixta ozuqalarni zichlashtirish – press-granulyator yoki 
briketlash presslarida granulalash yoki briketlash;
– ozuqa drojjalari tayyorlash qurilmalarida drojjalash.
Xo‘jaliklarning konkret sharoitidan kelib chiqib konsentrat 
ozuqalar quyidagi chizmalarda tayyorlanadi:
– tozalash-maydalash-qadoqlash-aralashtirish;
– tozalash-maydalash-qadoqlash-drojjalash-aralashtirish; – 
tozalash-qadoqlash-aralashtirish (dag‘al va shirali ozuqalarga 
tayyor omixta yemlar qo‘shilganda);
– tozalash-maydalash-qadoqlash-aralashtirish-zichlash (gra-
nullash yoki briketlash).
Konsentrat ozuqalar va sanoat qoldiqlarini maydalashda har 
xil turdagi maydalagichlar qo‘llaniladi, jumladan, bolg‘achali 
maydalagichlar, panjarasiz maydalagichlar, panjarasiz universal 
maydalagichlar.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish