B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Bog'liq
silos

Nazorat uchun savollar
1. Dag‘al ozuqalarni maydalash va saqlashda qanday 
texnologiyalar qo‘llaniladi?
2. Ozuqalarni presslab saqlash qanday qulayliklarni beradi?
3. Dag‘al ozuqalarni quritib saqlashda qanday mashinalar 
qo‘llaniladi?
4. Ildizmevalarni saqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
5. Ildizmevalarni tayyorlashda qanday mashinalar ishlatiladi?


43
VI BO‘LIM. POYALI O‘SIMLIKLARNI QURITIB SAQLASH 
TEXNOLOGIYASI. QO‘LLANILADIGAN MASHINA VA 
JIHOZLAR
6.1. Qayta quritib pichan tayyorlash
Qayta quritish usulida pichanda to‘yimli moddalar ko‘plab 
saqlanadi. Buning uchun yo‘ng‘ichqa g‘unchalash davrida o‘rib, 
namligi 30-35 %ga kelguncha so‘litiladi.
Yo‘ng‘ichqa o‘rilgan joyida 1,0-1,5 sutka qoldiriladi va bu 
davr ichida 1-2 marotaba ag‘darib turiladi. So‘ngra E-281 va 
KSK-100 agregatlarida 8-15 sm uzunlikda maydalanadi. 8-15 
sm dan may-daroq o‘tlarni quritish uchun havo berish qiyin-
lashadi. Pichanni to‘plash, maydalash, transportda o‘rish kabi 
ishlar bir paytda amalga oshiriladi va omborxonalarga keltiriladi. 
Ventilyatorlar orqali issiq havo beriladi. Yoz kunlarida havo 
harorati 40 °C va undan issiq bo‘lganligi uchun, bir metr qalin-
likdagi qavat bir kunda quriydi (namlik 12-14 %ni tashkil 
etadi). 6-8 metr balandlikdagi g‘aramlar qilinadi yoki ombo-
rxonalarga qo‘yiladi. Bunday usulda tayyorlangan pichanda, 
quyoshda quritilgandagiga nisbatan protein va vitaminlar 20-30 
% ko‘p bo‘ladi. Faol issiq shamol berish orqali pichan tay-
yorlash usulining qator afzalliklarini kuzatish mumkin:
– fizik ta’siri natijasida to‘yimli moddalar va karotinning 
isrof bo‘lishi kamayadi;
– o‘rilgan o‘tlarning tezlik bilan daladan olib chiqilishi 
o‘sim-likning o‘sishini tezlatadi va keyingi o‘rim yaxshi bo‘ladi;
– oziqlarning 100 % saqlanishini ta’minlaydi;
– pichan tayyorlashning bu usuli pichan tannarxi va mehnat 
sarfining kamayishiga olib keladi.
O‘tlarni so‘litish uchun pichan yoyiladi va vaqti-vaqti bilan 
ag‘darib turiladi. Birinchi ag‘darishni o‘tlar o‘rilgandan so‘ng, 
ikkinchisini 4-5 soat o‘tgach va keyingilarini o‘tlarning qurishiga 
qarab qilinadi. Hosil yuqori bo‘lganda bir marta ag‘darish 
yetarli. Dukkakli va boshoq bilan dukkakli aralash o‘tlarni 
pichan uchun ag‘darish namligi 55-60 % hamda boshoqlilarni 


44
50 % bo‘lganda to‘xtatiladi. Keyingi quritish ishlari to‘plamning 
o‘zida bo‘ladi. To‘yimli moddalarni asosan faol issiqlik berish 
bilan ko‘p saqlash mumkin.
Oziq tayyorlashning bu texnologiyasi, pichanni dalada quri-
tishga, g‘aramlarda saqlashga nisbatan oziq birligi yig‘ib olishni 
25-30 va proteinni 75-80 %ga oshiradi. Faol shamol bera-
digan moslamalarni qo‘yishda, elektr energiya olishda, havoda 
namlikning yuqori darajada bo‘lishi natijasida uzilishlar bo‘lib 
turadi. Bunday paytlarda ko‘k massaga zamburug‘lar va bak-
teriyalarning rivojlanishini to‘xtatuvchi suyuq ammiak sepiladi.
Ukraina qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashti-
rish ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotiga ko‘ra, aktiv issiqlik 
berib quritilgan 1 t pichanda 500 ozuqa birligi, 113 kg protein 
va 40-60 g karotin, dalada quritilgan pichanda esa mos ravishda 
300, 61 va 16-20 g bo‘ladi.
G‘aramdagi sochma pichanlarni qayta quritish maqsa-
dida havo taqsimlagich va ish unumi soatiga 40-60 ming m
3
bo‘lgan havo ventilyatoridan iborat UVS-10 moslamalaridan 
foydalaniladi. G‘aramning pastki qismiga 45-55 t so‘litilgan 
o‘tlar qo‘yiladi. G‘aram balandligi 6-7, eni 6-7 va uzunligi 12 
m bo‘lishi kerak.
Quritishning birinchi kunlari issiq havo to‘xtovsiz beriladi, 
keyinchalik (havo nisbiy namligi 75% bo‘lganda) kunduzi 
soat 8-9 dan soat 20 gacha beriladi. Yog‘inli kunlarda havo 
berilmaydi. Yog‘ingarchilik uzoq vaqt davom etganda har 5-7 
soatdan so‘ng (pichanni qizib ketmasligi uchun) bir soat venti-
lyatsiya qilinadi.
Ob-havo sharoiti va massa namligiga qarab, bir g‘aramni 
quritish uchun 100-170 soat sarflanadi. Havo harorati 20°C 
dan past va nisbiy namlik 75% bo‘lganda issiq havo (7-10°C) 
bilan ventilyatsiya qilish tavsiya etiladi. O‘zbekiston sharoitida 
issiq havo erta bahorda oraliq ekinlar (javdar, tritikale, raps va 
boshqalar)ni o‘rish davrida qo‘llanishi mumkin.


45

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish