UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI
4
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar
bilimlarini baholash uchun ko’p tanlov
javobli test topshiriqlari
Lantsetnikning tuzilishi. (S= 18)
1. Lantsetnikning tashqi tuzilishiga xos belgilarni ko’rsating. A. Tanasi duksimon. B. Tanasi ikki yondan siqilgan. V. Juft suzgichlari ko’kragida joylashgan. G. Teri burmasi orqa va dum suzgichlarini hosil qiladi. D. Teri burmasi dum va anal suzgichiga aylangan. E. YOn tomoni oldingi qismida teri burmalari bor. J. YOn tomoni ostki qismida ikkita burmasi bor. Z. Og’iz oldi teshigi 10-20 juft paypaslagichlar bilan o’ralgan.
2. Lantsetnikning terisi qanday tuzilgan? A. epidermis va kutusdan iborat. B. epidermis ko’p qavatli. V. epidermis bir qavatli tsilindrsimon. G. epidermis yupqa xitin bilan qoplangan. D. epidermis yupqa kutikula bilan qoplangan. E. epidermisda bezli hujayralar va sezgir tukchalar bor. J. Qorin qismida epidermis bo’lmaydi. Z. Halqum qismida epidermis qalin qavat hosil qiladi.
3. Lantsetnikning muskullari qanday tuzilgan? A. Qorin tomonida ko’proq joylashgan. B. Orqa tomonida kuchliroq rivojlangan. V. Orqa tomonida miomerlardan iborat. G. Miomerlar mioseptalar bilan ajralgan. D. Miomerlar suzgichlarida kuchli rivojlangan. E. Miomerlar tananing ikki yonida asimmetrik joylashgan.
4. Lantsetnikning skeleti qanday tuzilgan? A. Xordadan iborat. B. Nerv nayini o’rab turadi. V. Xorda voyaga etgan davrida bo’ladi. G. Xordani biriktiruvchi to’qima o’rab turadi. D. Jabra yoriqlari devorida tolali moddadan iborat tusiqlar bor. E. Miya qutisi skeleti xordadan iborat.
5. Lantsetnikning ichki tuzilishiga tegishli javoblarni ko’rsating. A. endostil ichak devorida joylashgan. B. endostil halqum devorida joylashgan. V. Halqumda ikki qator jabra teshiklari bor. G. Jabra teshiklari tashqariga ochiladi. D. Qon aylanishi ochiq. E. YUragi yo’q. J. 90 juftga yaqin nefridiyalari bor. Z. Germafrodit.
2 – mashg’ulot. Astsidiyaning tuzilishi. (S=29)
1. Astsidiyaning sistematik o’rnini tipdan boshlab tartib bilan ko’rsating. A. Urochordata. B. Ascidia mentula. V. Chordata. G. Ascidia.
2. Voyaga etgan astsidiya uchun xos belgilarni aniqlang. A. Qo’sh og’izli banka shaklida. B. erkin suzib yuradi. V. Halqumi tor. G. Og’iz sifoni tanasi yuqori qismida joylashgan. D. Halqumida juda ko’p jabra yoriqlari bor. E. Jabra yoriqlari bir nechta. J. Tanasi orqa tomoni ektoderma ostida nerv nayi joylashgan. Z. Halqumi qizilo’ngach orqali xaltasimon oshqozonga ochiladi. I. Jinsiy yo’llar va ichak kloaka sifoniga ochiladi. K.Ko’rinishi itbaliqqa o’xshash. L. Nerv nayining oldingi qismi kengaygan. M. Tanasi qobiq bilan qoplangan.
3. Astsidiya lichinkasi uchun xos bo’lgan belgilarni ko’rsating (2-topshiriq).
4. Atamalarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing. A. Tunika. B. Sifon. V. Stigma. G. endostil. D. Nevrotsel. E. Statotsit. J. Regressiv metomorfoz: 1- nerv nayi bo’shlig’i, 2- teshik, 3- qobiq, parda, 4- soddalashib voyaga etish, 5- muvozanat organi, 6-halqum devoridagi egatcha, 7- jabra yoriqlari.
5. Voyaga etish davrida astsidiya lichinkasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? A. Nerv sistemasi takomillashadi. B. Murakkab regressiv metamorfozga uchraydi. V. Xorda rivojlanadi. G. Tunika tez rivojlanadi. D. Xorda rezorbtsiyaga uchraydi. E. Halqum torayadi. J. Nerv nayi va miya xaltasi kichrayib yo’qoladi. Z. Tanasi biroz cho’ziladi. I. YOpishuv organlari rivojlanadi. K. Halqumi kengayib, jabra teshiklari soni ortadi. L. Anal teshigi yuqoriga siljiydi. M. Tuban xordalilarga xos belgilarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |