6. Qushlar ayirish va tanosil sistemasida qanday o’zgarishlar hosil bo’lgan? A. Metanefrik buyrak hosil bo’lgan. B. Siydik pufagi yo’q. V. Ahlati quyuq bo’ladi. G. Siydik yo’li siydik pufagiga ochiladi. D. O’ng tuxumdon va tuxum yo’li boshlang’ich holda. E. Ba’zi qushlarda kopulyativ organi bor. J. Urug’donlar ustida yog’ tanachalari bor. Z. Urug’ yo’li siydik yo’liga qo’shiladi.
7. Issiq qonlilik qushlarning qaysi xususiyatlari bilan bog’liq? A. Bitta arterial konusga ega. B. YUrak qorichasida arteriya qon vena qon bilan aralashmaydi. V. Aorta yoyi bittaga qisqargan. G. Faol harakatlanadi. D. Moddalar almashinuvi faol kechadi. E. Doim oziqlanadi.
18 – mashg’ulot. Sutemizuvchilarning tashqi tuzilishi va teri qoplami. (S=24)
1. Sutemizuvchilar tashqi tuzilishi uchun xos belgilarni ko’rsating. A. Uchinchi qovog’i yo’q. B. Ko’zlari boshi oldida. V. Dumi uzun. G. Quloq suprasi rivojlangan. D. Lablari yumshoq. E. Tanasi jun bilan qoplangan. J. Oyoqlari uch bo’limdan iborat. Z. Oyoqlari tanasi yonida joylashgan.
2. Sutemizuvchilar tanasi bo’limlarini ko’rsating. A. Bosh. B. Bo’yin. V. Ko’krak. G. Qorin. D. Tana. E. Dum. J. Oyoqlar. Z. Gavda.
3. Sutemizuvchilar terisi qavatlarini tartib bilan ko’rsating. A. YOg’ klechatkasi. B. epidermis. V. Derma.
4. Hayvonlar nomi bilan ularning yurish tipini juftlab yozing: A. Maymun. B. It. V. Lama; 1.Barmoqda yuruvchi. 2. Barmoq uchida yuruvchi. 3. Oyoq kaftida yuruvchi.
5. Teri bezlari va ularning funktsiyalarini juftlab yozing: A. YOg’ bezlari. B. Ter bezlari. V. Hid bezlari. G. Sut bezlari; 1. O’zini himoya qilish va juftini topish. 2. Bolasini boqish. 3. Jun va terini moylash. 4. Zararli moddalarni chiqarish va termoregulyatsiya.
6. Teri hosilalari va ularning vazifalarini juftlab yozing: A. SHox, nina. B. Tuyoq. V. Mo’yna. G. Vibrissa; 1- himoya va haroratni saqlash. 2- xis-tuyg’u. 3- qattiq substratda yurish. 4- yirtqichlardan himoyalanish.
7. Jun (soch) tanasi qanday qismlardan iborat? A. Jun so’g’oni. B. Jun so’rg’ichi. V. YUmshoq o’zak modda. G. Zich po’stloq. D. Qin xaltachasi. E. YUpqa tashqi qavati.
19 – mashg’ulot. Sutemizuvchilar skeleti. (S = 31)
1. Sutemizuvchilarning skeleti qanday bo’limlardan iborat? A. Bo’yin. B. Ko’krak. V. Bosh. G. Tana. D. Bel. E. Qo’l va oyoq. J. Oldingi va orqa oyoq. Z. Elka va chanoq kamari.
2. Quyonning umurtqa pog’onasi bo’limlari va ulardagi umurtqalar sonini juftlab yozing. A. Bo’yin. B. Ko’krak. V. Bel. G. Dumg’aza. D. Dum; 1 – 12-13. 2– 6-7. 3– 4 ta. 4–7 ta. 5–15 tagacha.
3. Elka kamari qanday suyaklardan iborat? A. Elka. B. O’mrov. V. Kurak. G. Tush.
4. Sutemizuvchilarning o’rta qulog’idagi suyakchalarni ichki quloq tomonga tartib bilan ko’rsating. A. Uzangicha. B. Bolg’acha. V. Sandoncha.
5. Oldingi oyoq skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan? A. Son. B. Katta boldir. V. Kichik boldir. G. Tirsak. D. Bilak. E. Elka. J. Bilakuzuk. Z. To’piq. I. Kaft. K. Tovon. L. Barmoqlar. M. Ko’krak.
6. Tana skeleti suyaklarini aniqlang. A. Umurtqalar. B. ensa suyaklari. V. CHanoq suyaklari. G. Qovurg’alar. D. O’mrov. E. Tush.
7. Bosh skeletining vistseral bo’limi qanday suyaklardan iborat? A. ensa. B. YUqori jag’. V. Asosiy ponasimon. G. Tosh. D. Jag’lararo. E. Pastki jag’. J. Tanglay-kvadrat. Z. CHakka.
8. Sutemizuvchilar muskullari va ularning vazifalarini juftlab yozing. A. Diafragma. B. Teri osti muskullari. V. Mimika muskullari. G. Tashqi quloq muskuli; 1- ruhiy holatni ifoda etish. 2- nafas olish va kuchanish. 3-Quloq suprasini harakatlantirish. 4. epidermis hosilalarini harakatlantirish va o’ralish.