2. Akulalar jabrasiga tegishli tushunchalarni belgilang. A. 4ta butun, 1ta yarim jabrasi bor. B. 3ta butun, 1ta yarim jabrasi bor. V.Jabra yoriqlari bir tomoni halqumga, ikkinchi tomoni jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. G-Jabra yoriqlari bir tomoni halqumga bir tomoni tashqariga ochiladi. D. Jabra yoylaridan jabralararo to’siqlar chiqadi. E. Jabralararo to’siq reduktsiyalangan. J. Jabralararo to’siq bir jabrani ikkita yarim jabraga ajratib turadi, Z. Jabra yoylariga bir butun jabra joylashadi.
3. Akulaning qon aylanish sistemasi minoganikidan qanday farq qiladi? A. Aorta so’g’oni paydo bo’ladi. B. Arterial konus hosil bo’ladi. V. Qorin aortasi ikkiga ajralmaydi. G. Jabraga qon olib keluvchi arteriyalar hosil bo’ladi. D. Pastki bo’yinturuq vena hosil bo’ladi. E. Juft yon vena hosil bo’ladi. J. YUragida faqat venoz qon bo’ladi. Z. Keyingi kardinal vena buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi.
4. erkak akulaning jinsiy organlarini urug’ o’tishi bo’yicha tartib bilan ko’rsating. A. Urug’ pufagi, B. Siydik-tanosil so’rg’ichi, V. Urug’don, G. Kopulyativ organ, D. Urug’ yo’li.
5. Atamalar va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab yozing. A. Volьf nayi. B. Mezonefros. V. Sachratqich. G. Amfitsel. D. Rostrum: 1- tumshuq o’simtasi, 2- ikki tomonlama tomoni botiq umurtqa, 3- jabra yoriqlari rudimenti, 4-siydik yo’li, 5- tana buyrak.
6 – mashg’ulot. Suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi va skeleti. (S=34)
1. Suyakli baliqlar tashqi tuzilishining suvda yashashga moslashish belgilarni aniqlang. A. Og’iz teshigi boshi uchida. B. Tanasi ikki yondan siqilgan. V. Burun teshigi boshi ustida. G. Tanasi suyri shaklida. D. Boshi tanaga harakatsiz qo’shilgan. E. Terisi suyak tangachalar bilan qoplangan. J. Qovoqlari rivojlanmagan. Z. Ko’zlari boshi ikki yonida.
2. Baliq terisi tuzilishining qaysi xususiyatlari suvda suzishni engillashtiradi? A. YOn chiziqlari bor. B. Terisi tangacha bilan qoplangan. V. Tangachalar oldingi qirrasi teriga botib turadi. G. Tangachalar suyak yoki kosmoid moddadan iborat. D. Teri epiteliysining ko’p qavatli. E.Teri epiteliysi shilimshiq ishlab chiqaradi.
3. Umurtqa pog’onasi qanday tuzilgan? A. Umurtqalar chala harakatchan birikkan. B. Umurtqalar 39-42 ta. V. Umurtqalar harakatsiz birikkan. G. Tana umurtqalariga qovurg’alar birikkan. D. Ko’krak umurtqalari harakatchan birikkan. E. Umurtqalar ensa suyagiga bilan harakatsiz birikkan.
4. Umurtqalar qanday tuzilgan? A. Amfitsel. B. Protsel. V. Tanasi yuqorisida o’tkir o’simtasi bor. G. O’tkir o’simtasi kalta. D. O’simta asosiga qovurg’alar birikadi. E. Umurtqalar nayidan orqa miya o’tadi. J. Umurtqalar tanasidan pastga ikkita ko’ndalang o’simta chiqadi. Z. Kundalang o’simtalar tana devorini hosil qiladi. I. O’simtalar oldinga egilgan. K. Ko’ndalang o’simtalarga qovurg’alar birikadi.
5. Miya qutisi suyaklarini ko’rsating: A. Juft burun suyagi. B. YUqori ensa. V. Juft yon suyagi. G. Juft peshona. D. Juft tepa. E. Pastki ensa.
6. Miya quttisi oldingi devori qanday suyaklardan iborat? A. Kopula. B. Ko’z suyaklari. V. eshitish va muvozanat organlari himoya qiluvchi. G. YUqori ensa. D. Pastki ensa. E. Ko’z yoshi.
7. Miya quttisi keyingi devori suyaklarini ko’rsating: (6-topshiriq).
8. Vistseral skeleti qanday suyaklardan iborat? A. Kurak, B. Jag’. V. Korakoid. G. Jag’lararo. D. Tish. E. Tanglay. J. Radialiyalar. Z. Jabra yoylari. I. CHanoq. K. Gioid va giomandubulyar.
9. Juft suzgich qanotlari skeleti suyaklarini ko’rsating: (8- topshiriq). 7 – mashg’ulot. Zog’ora baliqning ichki tuzilishi. (S=21) 1. Zog’ora baliqning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan? A.Tishlari konussimon. B. Oshqozoni aniq ko’rinmaydi. V. Oshqozon qizilo’ngach va o’rta ichakdan ajralib turadi. G. Ichagi kam ixtisoslashgan. D. Spiral klapanlari bo’lmaydi. E. Tishlari rivojlangan. J. Pilorik o’simtalari yo’q. Z. Jigar va o’t pufagi rivojlangan.