7-mavzu: Moslanish va o’rin to’ldirish jarayonlari



Download 70 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi70 Kb.
#768998
  1   2
Bog'liq
371 Маъруза №7


7-mavzu: Moslanish va o’rin to’ldirish jarayonlari


Kompensator jarayonlar - shikastlanishga javoban organizmida boshlanadigan adaptatsion reaksiyalarning ma’lum bir turidir. Shikast tufayli buzilgan funksiyalar shu jarayonlar tufayli asliga kelib boradi, shu munosabat bilan bu jarayonlar sog’ayish omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shikastlovchi omilni yuk qiladigan yoki cheklab qo’yadigan boshqa adaptatsion reaksiyalar-antitelolar ishlanib chiqishi, fagotsitoz, yallig’lanish va boshqalar ham organizmning sog`ayishida muhim o’rin egallaydi. Kompensator jarayonlar molekulalar, subhujayra tuzilmalari, hujayralar, organlar va sistemalar doirasida bo’lishi mumkin. Organ doirasida ro’y beradigan birlamchi shikastlanish o’sha organ, sistemalar, yaxlit organizm do­irasida boshlanadigan kompensator reaksiyalar bilan birga davom etib boradi.
Chunonchi, yurak poroklarida buzilgan qon aylanishining kompensatsiyalanishi yurakning qaysi bo`limi ko`proq zo’riqayotgan bo’lsa, o’sha bo’limning gipertrofiyalanishi hisobiga yuzaga chiqadi. Ana shu kompensator gipertrofiya organizmda qonning normal aylanib turishini ta’minlaydi. Buyrakdagi nefronlarning bir qismi halok bo‘lib ketganida (amiloidoz, nefrosklerozda) omon qolgan nefronlar funksiyasining kuchayi­shi hisobiga shu organ ichida kompensatsiya boshlanadi, nefronlar funksiyasining kuchayishi esa ularning gipertrofiyalanishig a sabab bo’ladi.
Hujayra doirasida shikastlanish ro’y berganida kompensator reaksiya­lar shikastlangan hujayraning o’zida ham, atrofidagi tuzilmalarda ham boshlanadigan regenerator jarayonlar ko’rinishida ifodalanadi. Polipoid hujayra genomlaridan biri yemirilganida hujayra ichida kom­pensatsiya omon qolgan genomlardagi RNK (ribonuklein kislota) sintezi kuchayishi hisobiga yuzaga chiqadi. Biroq, organizmning moslashtiruvchi kom­pensator reaksiyalari avj olib borishida anchagina vaqtni talab qiladigan giperpastik jarayondan tashqari, molekulalar doirasida ro’y beradigan rekombinatsion qayta guruhlanish hollari ham muhim ahamiyatga ega. Ular sekundning mingdan va milliondan bir ulushlariga boradigan juda katta tezlik bilan o’tadi, holbuki, organizmning miqdoriy reaksiyalari (giperp­lastik reaksiyalar) yo’lga tushib ketguncha bir necha soat vaqt kerak bo’la­di, zudlik bilan boshlanadigan kompensatsiya asosida strukturalar bir yo’la giperplaziyaga uchramasdan turib, molekulalar doirasida ro’y beradigan qayta guruhlanish yotadi, deb taxmin qilish mumkin.
Kompensator gipertrofiy a - qanday bo’lmasin, biror patologik jarayon paytida to‘qima va organlarda boshlanadigan kompen­sator gipertrofiya tamomila boshqacha ahamiyatga egadir. Gipertrofiyaning bu turi quyidagi xususiyatlari bilan fiziologik gipertrofiyadan farq qiladi. Gipertrofiyaga olib kelgani sabab to`xtovsiz ta’sir ko’rsatib turadi, organning kattaligi va og’irligi unga zararli omillar (masalan,gi­poksiya, intoksikatsiya) ta’sir qilib turgan sharoitlarda ortib boradi. Kom­pensator gipertrofiya ko’proq yurakda, shu bilan birga yurakning o’zidagi qon o’tadigan yo’llar torayib qolganida (masalan,mitral qopqoq stenozida) ham asosiy yoki periferik tomirlar torayib qolganida ham boshlanadi. Bun­da agar o’pka tomirlari stenozga uchragan bo’lsa, u paytda o’ n g yu r a k gipertrofiyasi boshlanadi. Aorta og’zi stenozida ch a p q o rincha gipertrofiyasi kuzatiladi.
Yurak chap qorinchasining kattalashib ketishiga gipertoniya ham sabab bo’lishi mumkin. Yurakning chap qorinchasi ham, o’ng qorinchasi ham, keskin gipertrofiyalangan paytlarda yurak haddan tashqari katta bo‘lib ketishi mumkin, bunga "ho`kiz yu r a g i " deb aytiladi. Qon aylanishi izdan chiqqan paytlarda asosiy ishni miokardning qaysi bo’limi bajargan bo’lsa, o’sha bo’limi gipertrofiyaga uchraydi.
Bunda quyidagilar kuzatiladi:
1. Muskul tolalari sezilarli darajada gipertrofiyalanadi.
2. Zo’r berib ishlayotgan yurakning biriktiruvchi to‘qimadan iborat, mustahkamlash uchun zarur argirofil tolalar o’sib ketadi.
3.Intramural tomir tarmoqlari giperplaziyaga uchraydi.
4.Yurak nerv apparati elementlari gipertrofiyalanadi.
Turli kasalliklarda yurakning har xil struktura qismlarida boshlanadigan gipertrofik o’zgarishlar asta-sekin, aksari necha yil davom etadigan o’zoq davr mobaynida zo’rayib boradi va kompensator ahamiyatga ega bo’ladi. Gipertrofiyaga uchragan yurakning o`lchamlari va og’irligi odatdagiga qaraganda 3-4 barobar oshib ketishi mumkin. Ayni vaqtda qorincha bo’shliqlarining torayib q olishi yoki aksincha, k engayib ke­tishi kuzatilishi mumkin. Buning birinchi xolini qonsentrik gipertrofiya deb aytilsa, ikkinchisi ekssentrik gipertrofiya deyiladi. Gipertrofiyaga uchragan miokardda qon bilan ta’minlanish darajasi pasayishi, intoksikatsiya boshlanishi hisobiga vaqti kelib distrofik va sklerotik o’zgarishlar boshlanadi. Bu narsa miokardning qisqarish funksiyami susayib , d ekompensatsiya boshlanishiga olib keladi. Bunday paytlarda yurak muskullari zo’rayib qolgan, qon aylanishi organlari sistemasidagi u yoki bu patologik jarayonni kompensatsiyalashga qaratilgan ishni davom ettirishga qodir bo’lmay qoladi.
Kompensator gipertrofiyaga olib keladigan sababni yurakda k o m ­pensatsiya boshlanmasidan oldin bartaraf etiladigan bo’lsa, u holda yurakning o’lchamlari va og’irligi asta-sekin kamayib, odatdagi darajaga tushib qolishi mumkin, ya’ni miokardning kompensator gipertrofiyasi qaytar jarayon bo‘lib, bunda kardiomiotsitlarning ichidagi tuzilmalar soni va hajmi kichrayadi.
Distrofik va sklerotik o’zgarishlar ancha vaqtidan o’tib ketgan bo’lsa, u holda gipertrofiyaning orqaga qaytishi birmuncha qiyin bo’ladi va sekinroq boradi. Bunda patologiya sharoitlarida gipertrofiyani keltirib chiqaradigan sabablarni imqoni boricha barvaqt bartaraf etish kerak.
Chunonchi, turmushda orttirilgan yoki tug’ma yurak nuqsoni tufayli yuzaga kelgan miokard gipertrofiyasida o`z vaqtida r e k o n s t r u k t i v operatsiya qilinadigan bo’lsa, kardiomiotsitlar o’lchamlari kichrayib, asliga kelib qoladi.
Kompensator gipertrofiya sillik muskulli organlarda ham uchraydi. Masalan, p ilorus stenozi paytida me’da muskulli pardalarida boshlanadigan gipertrofiya tufayli me’daning evakuator funksiyasi ma’lum muddat davomida saqlanib boradi (kompensatsiya davri). Qizilo’ngach bilan ichakning pastki bo’limlari torayib qolganida bu organlarning muskul qavatida ham kompensator gipertrofiya boshlanishi mum­kin.
Giperplastik prostatopatiyada va siydik yo’li torayib qolganida (uretra strukturalarida)qovuq devorlarida gipertrofiya boshlanadi.
Gipertoniya kasalligida tomirlar sistemasidagi kompensator-moslanish reaksiyasining bir ko’rinishi-arteriyalar devori, uning silliq (uskullari, elastik va argirofil tolalarining gipertrofiyasi: kuzatiladi. Tomirlar devori kompensator gipertorfiyasi oxir-oqibatda qo’shimcha dekompensatsiyaga olib boradi, bunday dekompensatsiya asosida tomir devori nekrozga uchrab, plazmatik i n f iltratsiya boshlanishi kuzatiladi.
Vikar gipertrofiya - juft organlardan biri halok bo’lib ketganida yoki ishlamay qolgan paytlarda boshlanadi. Masalan, patologik: jarayon tufayli ikkinchi buyrak halok bo‘lib ketgan yoki operatsiya qilib tashlangan paytlarda boshqa buyrakning gipertrofiyaga uchrashi kuzatiladi. Xuddi shunday sharoitlarda saqlanib qolgan o’pka, moyakda ham gipertrofiya boshlanadi. Omon qolgan organ gipertrofiyalanib, olib tashlangan xuddi organning funksiyasini bajarib boradi. Shu munosabat bilan gipertrofining bu turi o` rinbosar gipertrofiya deb aytiladi. Masalan, saqlanib qolgan buyrak gipertrofiyasining asosida n e f r o n a r gipertrofiyasi yotadi. Bunda nefronlar yangidan paydo bo’lmaydi, ya’ni ularning soni ortmaydi. Omon qolgan buyrakning og’irligi dumaloq yosh kishilardagina olib tashlangan buyrak og`irligiga teng bo’ladi. Katta yoshli odamlarda og’irlikning ortishi 70% ni tashkil etadi. Gipertrofiyaga uchrasa o’pkaning og’irligi ikkita o’pka og’irligiga teng bo’ladi. O’pka to‘qimaning o’rinbosar gipertrofiyasi alveolalar o’rtasidagi to’siqlar hujayralarning proliferatsiya (zo’r berib ko’payib borishi)siga, kapillyarlar va elastik tolalarining giperplaziyas i g a bog’liqdir.
Neyrogumoral gipertrofiya- organ hajmi bilan ogirligining ortib ketishi hamma vaqt ham kompensator reaksiya bo‘lib hisoblanmaydi. Gipertrofiya hodisasi ba’zan endokrin bezlar funksiyasining izdan chiqqanligi tufayli boshlanadi. Bu gipertrofiya g o r m o n a l yoki korrelyativ gipertrofiya deb ham aytiladi. Masalan, akromegaliya paytida bir qancha organlarning kattalashib ketishi kuzatiladi. Ma’lumki, bu kasallik asosan gipofiz oldingi bo’lagi funksiyasi kuchayib, s omatotrop(o`sishi)gormonining ko’plab ishlanib chiqishiga bog’liqdir. G inekomastiya erkaklarda so`t bezlarining kattalashib ketishidan iborat bo‘lib, m oyaklar atrofiy a ga uchraganligi tufayli ular funksiyasi susayib qolgani sababli bosh­lanadi. Bachadon shilliq pardasi gipertrofiyasi asosan tuxumdonl a r funksiyasi bo’zilib, estrogenlar ortiqcha ishlanib chiqishi tufayli boshlanadi.
Giperplaziya - to‘qima va organlardagi hujayralar sonining ko’payishi bilan ta’riflanadigan jarayondir. Qaysi to‘qimalarning hujayralari m i t o t i k bo’linishga qodir bo’lsa, dumaloq shunday to‘qimalardagina kuzatiladi. Lekin neyronlar va kardiomiotsitlarda bunday hodisa bo’lmaydi, ularda dumaloq hujayralarning ichidagi strukturalar giperplaziyalanib, hujayralarning hajmi kattalashib boradi (hujayralar gipertrofiyalanadi), ayni vaqtda bu hujayralarda mitotik bo’linish ko’zatilmaydi.
Giperplaziya fiziologik sharoitlarda ham, patologik sharoitlarda ham bo’lishi mumkin. F iziologik giperplaziyaning ikki turi farqlanadi.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish