7-mavzu: Moslanish va o’rin to’ldirish jarayonlari



Download 70 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi70 Kb.
#768998
1   2
Bog'liq
371 Маъруза №7

1. Kompensator giperplaziya - juft organlar (buyrak usti bezlari, buyrak, o’pka) dan biri halok bo’lganda yoki olib tashlanganda bosh­lanadi. Masalan, saqlanib qolgan buyrakda kanalchalar epiteliysida gi­perplaziya boshlanib, buyrak koptokchalarining hajmi kattalashib boradi, bu nefronlar gipertrofiyasiga olib keladi. Nefronlarning o’zi esa giperplaziyaga uchramaydi.
2.Gormonal giperplaziya - homiladorlik paytida so`t bezlari strukturalari sonining ko’payib borishi misol bo’ladi, bunday xodisa qonda ma’lum to‘qimalar (bachadon,so`t bezlari) hujayralaridagi proliferatsiyaga ta’sir etadigan estrogenlar miqdorining keskin ko’payib ketishiga bog’liqdir. Bu xildagi giperplaziya natijasida mas’ul organlar gipertro­fiyasiga olib keladi. Hujayralarning gormonlar ta’siriga qarab o’zgarishi ularning yuzasida ham estrogenlar, ham progesteron retseptorlari borligiga bog’lik. Steroidlar ana shu retseptorlarga birikib, ham DNK ni, ham RNK o’tmishdoshlari sintezini boshlab beradi.
Endokrin bezlar funksiyasi buzulishi tufayli patologik gi­perplaziya boshlanadi: p r o s t a t a bezi hujayralari giperplaziyasi(gi­perplastik q alqonsimonbez follikulyar hujayralarini giperplaziyasi, o`choqli giperplaziyasi (leykoplakiya) shular jumlasidandir.
Metaplaziya - hujayralar anomal proliferatsiyasining bir shakli bo‘lib, u bir turdagi yetilgan va tabaqalashib bo`lgan hujayralar o`rniga xuddi shunday yetilgan va tabaqalashgan boshqa turdagi hujayralar paydo bo`lishi bilan ta’riflanadi (masalan, silindrsimon epiteliyning ko`p qavatli yassi epiteliyga aylanishi, biriktiruvchi to‘qima o`rnida suyak to‘qimasi paydo bo`lishi). Bunday metaplaziya odatda biror to‘qima, masalan, nafas yo`li epiteliysi o’zoq vaqt ta’sirlanib turganida kuzatiladi (surunkali yalliglanish jarayonida, hilpillovchi epiteliyning juda sezgir va o`ta nozik bo’ladigan hujayralari o`rniga ko`p qavatli yassi epiteliy hujayralar pay­do bo`ladi). Bu xildagi metaplaziya atrofdagi muhitning zararli ta’siriga (masalan, chekishga) qarshi yuzaga chiqadigan a d a p t i v yoki h i m o ya reaksiyasidir deb hisoblanadi. Shilliq pardalar epitelial qoplamasining har joyida o`chokli qayta qurilish vitamin A yetishmovchiligining asosiy belgisidir. Bunday hodisa silindrsimon epiteliyning metaplaziyaga uchrab, muguzlanuvchi ko`p qavatli yassi epiteliyga aylanib qolishi bilan ifodalanadi.
Ayni vaqtda nafas yo`llari (burun,burunning qo`shimcha bo`shliqli, kekirdak, bronxlar), buyrak, ko`z pardalari, qovuq, bachadon, kin, prosta bezi epiteliysi metaplaziyaga uchrab, muguzlanib boradi.
Displaziya - ham tabiatan o`sma hisoblanmaydigan, qaytar proliferativ jarayonlarga kiradi, lekin displaziya paytida m o r f o l o g i k anaplaziya alomatlari paydo bo`ladi. Displaziya aksari epiteliyda kuzatiladi. Displaziyaning harakterli belgilari: hujayralar po ­limorfizmi, nainki bazal qavatda, balki bo`tun epiteliy qavatidagi hujayralarda bir talay mitozlar paydo bo`lishidir. Bu narsa shunga olib keladiki, epidermisning yuza qatlamlari epidermis bazal hujayralariga o`xshab ketadigan hujayralardan iborat bo`ladi. Displaziyaning asosiy sabablari to‘qimaning surunkasiga ta’sirlanishi va surunkali yallig`lanishdir. Displaziya bachadon bo`yini, nafas yo`llari, og`iz bo`shlig`i va qovuqda kuzatiladi.
Fiziologik regeneratsiya - parenximatoz elementlar, shuningdek organlar stromasi hujayralari va tolali tuzilmalarining tinmasdan yangilanib borishi ko`rinishida organizmning bo`tun umri davomida bo‘lib turadi. Qon hujayralari ham tinmasdan yangilanib boradi.Odamda har kuni ko`p miqdorda leykotsitlar, eritrotsitlar, badan terisining epitelial hujayralari fiziologik yyemirilishga uchrab turadi. Shu bilan birga bo`ladigan ushbu hujayralarning tuzilishi buzilganidan keyin hosil bo`ladigan mahsulotlar avvalgidek strukturalarni qurish yoki hayot uchun muhim sekretlar (ichak shirasi, o`t pigmentlari,gormonlar, so`t va b.) hosil qilish uchun sarflanadi. Fiziologik regeneratsiya natijasida badan terisi, tirnoklar, sochlar tinmay almashinib turadi,ichki organlarning hujayralari yangi­lanib turadi.
Regeneratsiyaning eng muhim morfologik belgilari – h ujayrani bo`linishidir.
Reparativ regeneratsiya - to‘qima zararlangani yoki shikastlangani yoki patologik jarayonga uchraganidan keyin, hujayralar fiziologik sharoitlardagidan ko’ra ancha tez halok bo’ladigan paytlarda yuzaga chiqadigan regeneratsiyadir. Regeneratsiyaning bu turida halok bo‘lib ketgan hujayralar yashashga qodir bo’lgan yosh hujayralar bilan almashinib, buzilgan struktura va funksiyalar asliga kelib qoladi,bunday regeneratsiya reparativ (tiklanish) regeneratsiya deb aytiladi, buni organizmning shikastga javoban ko`rsatgan normal, odatdagi reaksiyasi deb qaraladi. Bu regeneratsiya turli organlarda turlicha o`tadi.
Epiteliy regeneratsiyasi - jadal davom etib, epitelial to‘qima­ning to`la tiklanishiga olib keladi. Teri va shilliq pardalar epiteliysi ayniqsa yaxshi regeneratsiyalanadi.
Epidermis regeneratsiyasi - zararlangan joy (raxna) chetlaridagi malpigiy qatlamining kambial hujayralari (murtak) zo`r berib qo`ya boshlaydi. Proliferatsiyalanayotgan hujayralar bir qavat bo‘lib raxnani qoplaydi, keyin tabaqalashadi. Hosil bo`ladigan ko`p qavatli yassi epiteliy oldingisidan hech farq qilmaydi va epidermis uchun harakterli qavatlardan iborat bo`ladi. Hujayralar yetilib borib, ularning sitoplazmasida k e atogialin, shuningdek muguzlanuvchi epiteliyga xos spetsifik oqsil sintezlanadi.
Shilliq pardalar regeneratsiyasi - qoplovchi epiteliyning bo`lishidan qat’iy nazar, xuddi shu tarzda o`tadi. Shilliq parda raxtasi bezlar kriptalari va chiqarish yo`llarini qoplab turgan hujayralar p roliferatsiyasi hisobiga bitadi.
Biriktiruvchi to‘qima regeneratsiyasi - to‘qima va or­gan bo`tunligining asliga kelishida muhim o`rin to`tadi. Uning asosida fibroblastlar va kapillyarlarda proliferatsiya boshlanib, keyinchalik kollagen va chandiq to‘qima hosil bo`lishi yotadi. Biriktiruvchi to‘qima regeneratsiyasi tabiatan jarohatlarning birlamchi, yoki ikkiamchi tartibda bitishi tarzida boradi. Jarohat tikilib, uning chetlari ichkariga zich taqalib turadigan, to‘qima hech yo`qolmagan yoki juda kam yo`qolgan, shu bilan birga yiringlamagan bo`lsa, u birlamchi tartibda bitib, biriktiruvchi to‘qima asliga keladi. Jarohat yiringlab, chetlari nekrozga uchraganida xirurglar shu joylarni kesib olib tashlaydigan paytlar biriktiruvchi to‘qima regeneratsiyasi i k k i n ch i tartibda, asta-sekinlik bilan, oldiniga granulyasion to‘qima paydo bo`lishi bilan o`tib boradi. Bunday hollarda raxna bo‘lib qolgan joy o`rnini yuzasi kulrang-qizil to‘qima bilan to`ladi.
Regeneratsiya mexanizmi-regeneratsiya jarayonida ko`pgina struktura elementlari - epitelial, endotelial hujayralar, fibroblastlar, tomirlar ishtirok etadi. Bularning hammasi turli vazifalarni bajaradi - epitelial hujayralar proliferatsiyalanib, nuksonli joy tomon o`tib borishi kerak, endoteliy hujayralari yangi tomirlar hosil qilishi, fibrobplastlar kollagen va asosiy modda ishlab chiqarishda ishtirok etishi kerak va hokazo. Shu strukturalarning barcha amallari qat’iy tartibga solinib, uyg`unlashtirilib boriladi. Biroq, bunday uyg`unlashuvning mexanizmi aniq emas.
Hozirgi kunda jarohatning bitishini idora etib boradigan uchta omil: hujayralar o`rtasidagi o`zaro ta’sir , hujayraning mamatriks bilan o`zaro ta’siri va regeneratsiyaning jonlanishi (o`sish omillari ta’siri ostida) ma’lum.
Hujayra o`rtasidagi o`zaro ta’sir. Regenerator jarayon shikastlangan joydagi hujayralarning zo`r berib ko`payishiga olib keladi, lekin hujayralarning shu tariqa ko`payishi ma’lum davrga borib, paysallanib qoladi. Masalan, jigarning biroz qismi olib tashlanganida gepatotsitlar mitoz yo`li bilan bo`lina boshlaydi , lekin jigarning hajmi asliga kelishi bilan hujayralarning bo`linishi to`xtaydi. Bunda hujayralarning ko`payishi qanday xabarga ko`ra to`xtaydi degan savol tug`iladi.
Hujayralarning in vitro sharoitlaridagi atvorini o`rganishda shu savolga javob olingan. Normal hujayralar Petri kosachasiga solib qo`yilganida, ular bo`lina boshlab, migratsiyalanishga o`tadi va natijada sidirg`a bir qalam hosil qiladi. Mana shu paytda hujayralar bo`linishdan to`xtaydi. Bu fenomen qontakt ingibitsiya deb aytiladi. Hujayralar bir-biriga to`qnash kelgan, ya’ni qontakt paytida signallar yoki qandaydir mod­da bilan almashinadi, shu narsa ularning keyinchalik yanada ko`payib borishini susaytirib quyadi deb taxmin qilinadi.
Patologik regeneratsiya - innervatsiyaning izdan chiqishi, qon bilan ta’minlanishning yetarli emasligi (ateroskleroz, venoz to`laqonlik), keksalik, avitaminoz (ayniqsa vitamin C yetishmovchiligi), oqsillar tanqisligi natijasida boshlanishi mumkin. Bunday regeneratsiya r e p a ratsiyaning susayib qolishi yoki regeneratsiyalanayotgan to‘qimaning ortiqcha hosil bo`lishi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, hujayralar regeneratsiyaning birinchi fazasida zo`r berib ko`payayotgan paytda hujayralarning tabaqalashuvi buzulishi mumkin. Tabaqalashmay qolgan hujayralarning zo`r berib ko`payib borishi a t i p i k elementlar paydo bo`lib, o` s m a yuzaga kelishiga olib keladi.
Shunga muvofiq, patologik regene­ratsiya 3 turga bo`linadi:
1.Susaygan regeneratsiya
2.Ortiqcha regeneratsiya
3.Atipik regeneratsiya
Kollagenning ortiqcha hosil bo`lishi keloid degan o`smasimon chandiq paydo bo`lishiga olib keladi, keloid paydo bo`lishining mexanizmi aniqlash. Patologik regeneratsiyaning boshqa bir ko`rinishi granulyasi­o n to‘qimaning ortiqcha paydo bo`lishidir, bu narsa jarohatning et olib bitishiga to`sqinlik qiladi.
Chandiq olib tashlanganidan keyin bir qancha hollarda fibroblastlar va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa elementlari haddan tashqari ko`p o`sib ketadi. Bu fibromatoz deb aytiladi, bunday fibromatoz regeneratsiyaga harakterli odatdagi giperplaziya bilan a t i p i k regeneratsiya paytida boshlanadigan neoplaziya o`rtasida o r a l i k o`rinni egallaydi. Regeneratsiya paytida kuzatiladigan fibroplaziya asosida yotuvchi mexanizmi, masalan, revmatoid artrit, o`pka fibrozi, jigar sirrozida kuzatiladigan surunkali yalliglanish fibrozining paydo bo`lishi mexanizmiga o`xshashdir.
Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish