B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


-chizma. Neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida olinadi-



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

1-chizma. Neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida olinadi-
gan neftkimyoviy sintezning asosiy uglevodorodlari.
Neftkimyo sanoati rivojida neftkimyo mahsulotlarini ishlab chi-
qarishning  o‘sishi  bilan  bir  qatorda  ma’lum  bir  umumiy  an’anani
anglash mumkin.
Bunday an’analardan biri sifatida texnologik qurilmalarni yirik-
lashtirishni  ko‘rsatish  mumkin.  Masalan,  1950–1960-yillarda  etilen
gaz ajratkich qurilmalarining quvvati 50 mingdan to 100 ming ton-
na/yilga bo‘lgan bo‘lsa, 1960–1970-yillarda shunday qurilmalarning
quvvati 300–600 ming tonna/yilga ko‘paygan. 1970-yildan boshlab
esa  ushbu  tipdagi  yangi  qurilgan  qurilmalarning  quvvati  900  ming
tonna/yilga yetkazilgan. Shu bilan birga etilen olish usuli esa deyarli
o‘zgarmagan – etilen quvurchali pechlarda piroliz usuli bilan olina-
vergan.  60  ming  tonna  quvvatdan  300  ming  tonna  quvvatga  o‘tish
etilen  narxini  taxminan  50%  ga  tushirish  imkoniyatini  beradi.  Shu
bilan birgalikda katta quvvatli qurilmalarda butadien va izoprenlarni
ajratib  olish  rentabelli  bo‘lib  qoldi.  Ularning  yig‘ma  miqdori  piro-
liz gazida 15% ga yaqin bo‘ladi (etilenga nisbatan). Piroliz gazidan
ajratib  olingan  butadien  n–butan  va  n–butadienlarni  degidrogenlab
olinganidan taxminan 1,5–2 marta arzondir.
1960-yildan boshlab yer kurrasida etilen ishlab chiqarish 3 mln
tonnadan to 100 mln tonnagacha yetgan.
Etilenning 40% dan ortig‘i yuqori va quyi zichlikdagi polietilen
olishga sarflanadi.
Хomashyoni yuqori darajada mahsulotga aylantiruvchi jarayonlarni


7
bunyod etish masalasi zarurdir. Masalan, etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gid-
ratatsiya qilib etil spirtini olishda bir bor reaktordan o‘tganda etilenning
bor yo‘g‘i 4–5% i, siklogeksanni siklogeksanol va siklogeksanonga ok-
sidlashda 4–5% i, etilenni yuqori zichlikdagi polietilenga polimerizat-
siyasida 12–15% i mahsulotga aylanadi. Reaksiyaga past darajada kiri-
shilganda unga kirishmay qolgan xomashyo qayta-qayta ishlab chiqa-
rishga kiritilishi esa jarayon rentabelligini pasaytiradi.
Energiya  xomashyoni  isitishga  yoki  energetik  maqsadlarga  sarfla-
nadigan bo‘lsa, neftkimyoviy jarayonlarda uni utilizatsiya qilish muhim
muammodir.  Issiqlik  yutilishi  bilan  boradigan  jarayonlarda,  xususan,
degidrirlash jarayonida uni ekzotermik jarayonlar, masalan, oksidlab de-
gidrirlash bilan yonma-yon olib borish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori  avtomatlashtirilgan  kimyo  zavodlarini  barpo  qilish  neft-
kimyo  korxonalari  rivojining  eng  yaqin  kelajagidir.  Ushbu  muam-
moni  hal  qilishda  obyektiv  sabablardan  biri  gaz  va  suyuq  uglevo-
dorodlarni  qayta  ishlashda  modda  hosil  bo‘lish  jarayonining  bitta
oqimda borishidir.
Texnologik jarayonning uzluksiz tavsifdaligi boshqaruvning av-
tomatik sistemalarini ishlatish imkoniyatini yaratadi.
Butun  dunyo  neftkimyo  sanoati  hozirgi  paytda  1500  dan  ortiq
neftkimyo ishlab chiqarish korxonalaridan iborat va dunyo bo‘yicha

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish