B. A. Abdukarimov Ichki savdo iqtisodiyoti


Tovar aylanishining umumiy hajmi va uning tarkibi (assortimenti)



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/66
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#600225
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
6-y-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-2-qism.-Darslik.B.Abdukarimov.T-2008

Tovar aylanishining umumiy hajmi va uning tarkibi (assortimenti) 
Tovar aylanishining umumiy hajmi ortishi bilan odatda muomala 
harajatlari darajasining kamayishi kuzatiladi, chunki tovar aylanishi proporsional 
sur’atda bo’lmasa ham, tegishli miqdorda muomala harajatlaridan tezroq 
sur’atlarda ortib boradi. Bunda muomala harajatlarini moddalari tovar aylanishga 
nisbatan har xil darajada o’zgarib boradi. Ushbu nuqtai nazardan muomala 
harajatlari «Shartli o’zgaruvchan» va «Shartli-o’zgarmas» guruhlariga ajratiladi.


74 
Tovar aylanishi ortib borishi bilan «Shartli-o’zgaruvchan» (transport 
harajatlari:ish haqi; bankning qisqa muddatli kreditlari foizi kabi) harajatlar 
qandaydir (korrelyatsion bog’liqlikda) miqdorda ortib boradi. Xuddi shunday 
sharoitda «Shartli-o’zgarmas» (ijara, joriy ta’mirlash, binolar, inshoatlar, xonalar 
va jihozlarni saqlash, amortizatsiya, ma’muriy boshqaruv kabi) harajatlar summasi 
odatda o’zgarmaydi va ularni darajasi tabiiy qisqarib borish tendensiyasiga ega 
bo’ladi.
Lekin, amalda tovar aylanishini o’zgarishi «shartli-o’zgaruvchan» 
harajatlarning doimo ortib borishiga, «shartli o’zgarmas» harajatlarni har doim bir 
xil miqdorda turishiga olib kelmasligi mumkin. Ayrim hollarda boshqa 
tendensiyalar kuzatilishi ham mumkin, shuning uchun ham harajatlarning 
taqsimlanishi «shartli» deb yuritiladi. Ushbu harajatlarni ayrim moddalari va 
elementlari tovar aylanishiga bog’liq bo’lmagan holda, boshqa omillar ta’siri 
ostida u yoki bu tomonga o’zgarishi mumkin. Shu sababli tahlil qilish jarayonida 
unday holatlar ro’y bergan bo’lsa, ular e’tibordan chetda qolmasligi zarur.
Tovar aylanishini muomala harajatlari darajasiga ta’sir qilish miqdorini 
hisoblash usuli 12.4.1-jadvalda keltirilgan. Bizning misolda hisobot yili davrida 
chakana tovar aylanishini +448,0 mln. so’mga ijobiy o’zgarishi, muomala 
harajatlarini (shartli o’zgaruvchan harajatlar darajasini qisqartirish orqali) umumiy 
darajasini – 0,161% kamayishiga olib kelgan deb hisoblash mumkin.
har xil tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga siljitish jarayoni har 
xil sharoitda amalga oshiriladi va tegishlicha ularga sarflangan jonli va jonsiz 
mehnat miqdorini puldagi ifodasi har har xil miqdorda shakllanadi. Bunga tovarlar 
assortimentini fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularni tashish, saqlash, ishlov berish, 
saralash, joylash harajatlari, ushbu jarayonlarda ularni yo’qotilishi, tara harajatlari, 
ish haqi uchun ishlatiladigan rassenkalar (tovar assortimentlari bo’yicha) va 
boshqalar ta’sir qiladi.
Ushbu omilni ta’sir qilish miqdorini hisob-kitob qilish uchun tovar 
guruhlari bo’yicha muomala harajatlarini miqdori (darajasi) ma’lum bo’lishi kerak. 
Bunday ko’rsatkichlar nazariy jihatdan mumkin bo’lsa ham amaliyotda hisob-kitob 


75 
qilish alaqancha mushkul. Bunday tahlil ekspert baholash, monografik 
tadqiqotlarda alohida tovar guruhlari savdosiga ixtisoslashgan, maxsus savdo 
shaіobchalari ma’lumotlarini ishlatish asosida o’tkazilishi mumkin.
Ushbu tahlilni o’tkazish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish