12.3. Muomala harajatlariga ta’sir qiluvchi omillar
Muomala harajatlarining summasi va nisbiy ko’rsatkichlari tabiatdan
o’zgaruvchan hisoblanadi. Uning summasiga va darajasiga ko’p omillar bevosita
va bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Ushbu omillarning ayrimlari uning summasi va darajasining ortishiga olib
kelsa, ayrimlarni ularning qisqarishiga olib keladi. Bu omillarning biri savdo
korxonalari va shaіobchalari faoliyatiga bevosita bog’liq, boshqalari esa ular
faoliyatidan kelib chiqmaydi, ya’ni tashqi omillardir.
Muomala harajatlarining darajasi xududlar, savdo korxonalari, turlari
uning shoxobchalarining tiplari bo’yicha bir-biridan farqlanadi, chunki transport
kommunikatsiyasi, turlari, yo’l sharoitlari, ishlab chiqarishning hududlararo
joylashishi, uni rivojlanish darajasi, savdo korxonalarini va shaіobchalarining
joylashishi (dislokatsiyasi); aholining harid qilish qobiliyati, tovar ayriboshlash
63
tezligi, tovar aylanishining hajmi va tarkibi, tovarlarning fizik-kimyoviy
xususiyatlari har xildir. Shuning uchun muomala harajatlarining summa va darajasi
zamonda va makonda barqaror xususiyatga ega emas.
Muomala harajatlariga ta’sir qiluvchi, savdo faoliyatidan bog’liq bo’lgan
omillarga savdoni tashkil qilish darajasi, iqtisodiy va tijoriy (kommersiya)
ishlarning holati, savdo korxonasi yoki shaіobchasi xususiy va qarz
mablag’larining miqdori, moddiy-texnik bazasini holati, tovar aylanishi hajmi va
tarkibi, tovar ayriboshlash tezligi, xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi,
qo’llanilayotgan ish haqi va moddiy rag’batlantirish tizimi kabilar kiradi.
Savdo faoliyatidan kelib chiqmaydigan omillarga baho va ta’riflar,
foydalanilayotgan transport turlari, yo’l sharoiti, har xil soliqlar va to’lovlar
miqdori, bank foizlari miqdori, ijara miqdori, inflyatsiya darajasi kabilarni kiritish
mumkin.
YUqorida keltirilgan omillarning barchasini umumlashtirgan holda
ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib o’rganishni tavsiya qilamiz.
Ob’ektiv omillar tarkibiga, bizning fikrimizcha ularning ta’sir darajasini
statistik nuqtai nazardan hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud ko’rsatkichlarni
kiritish zarur.
Sub’ektiv omillar – bular inson omili bilan bog’liq, ya’ni savdo
xodimlarining mahorati, bilimdonligi, ko’nikmalari, tadbirkorligi (ishbilarmonligi),
javobgarlikni his qila bilishi, tezkor xizmat qilishi va hozirjavobgarligi kabi
hislatlariga bog’liq faoliyat natijalari hisoblanadi. Amaliyotda muomala
harajatlariga ta’sir qiluvchi omillar bunday tasniflab hisob-kitob, tahlil qilinmaydi
ham, rejalashtirilmaydi ham. Lekin ilmiy tadqiqotlarda amaliyotda uni tahlil
qilishda bunday tasniflab o’rganish foydadan xoli emas.
Muomala harajatlari summasi va darajasiga ta’sir qilish miqdorini
hisoblash mumkin bo’lgan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tovar aylanishi hajmi (chakana tovar aylanishi, ulgurji tovar aylanishi,
ommaviy ovqatlanishda - mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning umumiy tovar
aylanishi hajmi;
64
- tovar aylanishini tarkibi (assortimenti)ni o’zgarishi (ommaviy
ovqatlanishda - mahsulot turlari, tovar aylanishi turlari (sotib olingan tovarlar
hamda o’z mahsulotini sotish bilan bog’liq tovar aylanishi) hamda assortimenti;
- tovar ayriboshlash tezligi (kunlarda va marotaba);
- iste’mol tovarlariga bahoni o’zgarishi;
- savdoga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni ta’riflarini o’zgarishi (transport,
kommunal xizmati, elektroenergiya, gaz, yoqilg’i, aloqa, audit va boshqalar;
- moddiy resurslar bahosini (qog’oz, inventarlar, tara materiallari, xo’jalik
buyumlari, maxsus kiyim-kechaklar, qadoqlash (o’rash), binolarni ta’mirlash
materiallari) o’zgarishi;
- soliqlar, to’lovlar, ijtimoiy sug’urtalar miqdorini o’zgarishi;
- bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining uzoq muddatli kreditlari
bo’yicha foizlarini o’zgarishi;
- to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha foizlarni
o’zgarishi;
- qisqa muddatli kreditlar foizini o’zgarishi;
- xodimlar sonini o’zgarishi;
- minimal ish haqi va nafaqalar miqdorini o’zgarishi;
- savdo shaіobchalarida savdo-texnologik jarayonlarini takomillashtirilishi;
- tovar ayriboshlash jarayonidagi ishtirokchilar sonini o’zgarishi, ya’ni
tovarlarni siljitish bo’g’inlari sonini o’zgarishi va hokazolar.
12.4. Muomala harajatlarini iqtisodiy tahlili
Muomala harajatlari tahlili muntazam va uzluksizlik (oy, kvartal, yil)
o’tkazilib borilishi lozim. Chunki uni summasi va darajasini o’zgarilish miqdori
savdo korxonalari va shahobchalarini samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Muomala harajatlarini tahlilining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
bo’ladi:
65
- muomala harajatlari bo’yicha tuzilgan rejani umumiy hajmini, tarkibini
(moddalar bo’yicha) bajarilishini o’rganish (absolyut va nisbiy ko’rsatkichlari
bo’yicha);
- muomala harajatlarini umumiy hajmini va tarkibini bir necha yillarga (3-
5 yil) o’zgarish sur’atlarini (absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha) kuzatish;
- muomala harajatlarini summasi va darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni
ta’sir darajasini aniqlash;
- unumsiz harajatlarni vujudga kelish sabablarini aniqlash va ularni
bartaraf qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- tahlil natijasi bo’yicha xulosalar qilish va kelgusi davrga tuziladigan
rejalar uchun takliflar tayyorlash.
Tahlil qilish uchun tegishli davrdagi axborotlar ishlatiladi. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori,
tegishli
vazirliklar,
idoralar,
konserinlar,
korporatsiyalar,
uyushmalar,
kompaniyalar va boshqalarning qarorlari va topshiriqlari;
- operativ ma’lumotlar (savdo korxonalarining operativ hisobotlari,
mutaxassislarni kuzatuvlari, buxgalteriya, marketing bo’limlarini operativ
hisobotlari, ro’znoma va oynomalarda ushbu korxonaga yoki uning konkurentlari
va aloqador xo’jalik sub’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlar kabilar);
- buxgalteriya hisoboti (buxgalteriya balansi 1-sonli shakl);
- moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 2-sonli shakl;
- harajatlar to’g’risidagi hisobot 8-sonli shakl;
- statistik hisobotlar – «Korxonalar harajatlari to’g’risida 5-S (savdo
shakli)», «Tovarlar sotish va qoldiqlar to’g’risida 3-savdo shakl», «Ulgurji va
chakana tovar aylanmasi to’g’risida 1-savdo shakli», «Ovqatlanish korxonalari
tovar aylanmasi to’g’risida 4-savdo shakli», «Korxonaning moliyaviy ahvoli
to’g’risida 5-F shakli» kabilar.
66
Muomala harajatlarini tahlili ham boshqa ko’rsatkichlar tahlili kabi alohida
ketma-ket bajarilishi lozim bo’lgan bosqichlardan iborat bo’ladi. Ularni ketma-ket
bajarilishi tahlil jarayonini mantiqiy mazmunini ta’minlaydi.
Ularga quyidagilarni kiritish lozim bo’ladi:
- axborotlar va ma’lumotlarni to’plash;
- axborotlar va ma’lumotlarga ishlov berish (ularni tegishli jadvallarga
joylashtirish, solishtirma yuzaga keltirish va boshqalar);
- muomala harajatlariga tegishli va aloqadorlar ko’rsatkichlar bo’yicha
tahlil qilinayotgan davrga rejalarni bajarilishi;
- muomala harajatlariga tegishli va aloqador ko’rsatkichlarni bir-necha
yillar (oy, kvartal)ga o’zgarish sur’atlarini o’rganish;
- muomala harajatlariga ta’sir qiluvchi omillarni uni summasi va darajasini
o’zgarishiga ta’sirining miqdorini hisob-kitob qilish;
- tahlil natijasi bo’yicha xulosalar va takliflar tayyorlash.
Muomala harajatlarini tahlil qilishda har xil statistik, iqtisodiy matematik
va boshqa usullardan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish zarur:
solishtirish, guruhlash, texnik-iqtisodiy hisoblar, indeks, korrelyatsion va
regression tahlil, ekspert baholash, monografik tadqiqot kabilar.
Muomala harajatlarini tahlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |