O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
B. A. Abdukarimov
Ichki savdo iqtisodiyoti
O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
«Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent – 2008
2
Abdukarimov B.A. Ichki savdo iqtisodiyoti. Darslik II qism T., «Fan va
texnologiya», 2008.
Taqrizchilar: i.f.d.prof. Ahmadjon Soliyevich Soliyev, i.f.n., dots.Erkin
Saydiyevich Fayziyev.
Ushbu darslikning maqsadi talabalarga savdo korxonalari faoliyati
bo‘yicha chuqur bilimlar berish; ularning ko‘satkichlarini tahlil qilish usullarini
chuqur o‘rganishni ta’minlash; bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda
savdo va ommaviy ovqatlanish sohalarining prognozlash va rejalashtirish usul-
uslublarini bayon etish; ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini talabalarga
tushuntirish, bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlarni baholay bilash; tijorat
muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish; ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy
islohatlarni savdo va ommaviy ovqatlanish sohalarida amalga oshirilishi yuzasidan
strategik va joriy qarorlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotda ijrosini ta’minlash,
savdo va ommaviy ovqatlanishni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish
yo‘llarini aniqlash kabi masalalar to‘g‘risida nazariy va metodologik bilimlarga,
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Darslikdan professor-o‘qituvchilar, aspirantlar, aspirant-tadqiqotchilar,
magistrlar, malaka oshirish kurslar tinglovchilari, rahbarlar va mutaxassislar ham
foydalanishlari mumkin.
Selyu nastoyashego uchebnika yavlyayetsya obespecheniye polucheniya
nauchno-metodologicheskix znaniy i navikov v oblasti analiza deyatelnosti
torgovix i predpriyatiy obshestvennogo pitaniya: metodov prognozirovaniya i
planirovaniya sferi deyatelnosti vsex form predpriyatiy sferi obrasheniya v
usloviyax formirovaniya rinochnix otnosheniy; ix umeloye ispolzovaniye v
prakticheskoy deyatelnosti; umet otsenivat kon’yunkturu rinka; tvorcheski
podxodit k resheniyu kommercheskix problem; prinimat strategicheskiye i
takticheskiye resheniya po sotsialno-ekonomicheskim, pravovim reformam,
provodimim v sfere torgovli i obshestvennogo pitaniya; ix realizovat na praktike;
povishat ix sotsialno-ekonomicheskuyu effektivnost i t.d.
Uchebnikom mogut polzovatsya prepodavateli visshix i srednix spesialnix
uchebnix zavedeniy, aspiranti, aspirant-soiskateli, magistri, slushateli kursov
povisheniya kvalifikatsii, rukovoditeli i spesialisti.
Mas’ul muharrir: i.f.d., professor Irisbek Ivatov.
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008.
Ushbu darslik mening marhum otam
Abdukarim Madalboy o‘g‘li va
3
onam Orzuxon Shokirxon qizi
xotirasiga bag‘ishlangan.
Kirish
Darslikni chop etish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida
fanning namunaviy dasturidagi o‘nta mavzu yoritilgan (Toshkent. «Fan va
texnologiyalar», 2007.). Darslikning ikkinchi qismi «Savdoda ish haqi»,
«Muomala harajatlari», «Daromad, foyda va rentabellik» va ommaviy ovqatlanish
sohasi korxonalarining iqtisodiyotini xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan.
Darslikda barcha mavzular bozor iqtisodiyoti xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va
huquqiy islohatlarni savdo va ommaviy ovqatlanish sohasida joriy qilinish
jarayonini namunaviy dastur talablaridan kelib chiqqan holda yoritish,
muammolari va yechimlari to‘g‘risida muallifning fikr va muloіazalarini bildirish
asosida yozildi.
O‘zbekiston
Respublikasida
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlarini
shakllantirish, ko‘pmulkchilikni tashkil qilish, ularning asosida bozorning
infratuzilmasini yaratish, jamiyatni iqtisodiy mexanizmini tubdan yangilashga olib
keldi. Bu jarayonda savdo va ommaviy ovqatlanish sohasini iqtisodiy
munosabatlari, axborot tizimi va huquqiy muhiti bozor iqtisodiyoti sharoitiga
moslashtirilmoqda.
Ushbu sharoit savdo va ommaviy ovqatlanish sohasi korxonalari va
shaіobchalarining mohiyati, tabiati, tovarlar va xizmatlar bozoridagi o‘rni,
mavšeini va ahamiyatini tubdan yangilanishga olib keldi.
Bu jarayonda ro‘y berayotgan ayrim xodisalarni misolga keltiramiz.
Ular quyidagilardan iborat:
birinchidan, savdo va ommaviy ovqatlanish sohasida bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning boshlanјich davrida mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirildi,
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sohada amalga oshirildi;
4
ikkinchidan, ushbu sohalarda davlat va kooperativ tizimlarni monopol
faoliyatiga barham berildi;
uchinchidan,
savdo
va
ommaviy
ovqatlanish
korxonalari
va
shaіobchalarining maqsad va vazifalari, oldingi ma’muriy-boshqaruv tizimidagiga
nisbatan butunlay yangi tus oldi;
to‘rtinchidan, bozor iqtisodiyoti savdo va ommaviy ovqatlanish sohasi
korxonalari va shaіobchalari faoliyatni yuritish tartibi yangiladi va bu sohalarda
tadbirkorlik biznesi shakllandi;
beshinchidan, ushbu sohalarda har xil tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga
keldi;
oltinchidan, bu sohalar faoliyatida tashqi muhit o‘zgardi, ularning mikro,
mezo va makro darajadagi aloqalari bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirildi;
ettinchidan, ushbu sohalarning iqtisodiy mexanizmi tubdan o‘zgardi.
Bular faoliyatida ma’muriy tarzda tovar taqsimotlari ko‘rsatkichlarini rejalashtirish
o‘rniga iqtisodiy usullarni ishlatish, iqtisodiy erkinlik, mustaqil boshqarish, mulkni
tasarruf qilish va unga egalik, o‘z resurlarini mustaqil ishlatish, iqtisodiy va
huquqiy javobgarlik kabilar kirib keldi.
Bunday sharoitda korxonalar va shaіobchalarning iqtisodiy-moliyaviy
barqarorligi, tijoriy yutuqlari ular faoliyatining samarasiga bog‘liq.
Ushbu masalani hal qilish sohadagi kadrlar malakasi, kasbiy mahorati va
ko‘nikmalariga bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ushbu sohalar uchun yuqori
malakali iqtisodchilar va menejerlar, marketologlarni tayyorlash, ularga boshqaruv
va iqtisodiyot to‘g‘risida chuqur bilimlar va ko‘nikmalar berish muhim ahamiyat
topadi.
Shu bilan boјliš іolda «Ichki savdo iqtisodiyoti» fanini o‘qitish, bozor
iqtisodiyotiga mos holda uning tarkibini shakllantirish va mazmunini yoritish
muhim ahamiyatga ega. Bularning hammasi muallifni «Ichki savdo iqtisodiyoti»
fanidan o‘zbek tilida ilk bor ushbu darslikni tayyorlashga undadi.
5
Ushbu darslik keltirilgan vazifalarni ado etish borasida soha kadrlarini
iqtisodiy bilimlar darajasini oshirishda baholi qudrat xizmat qiladi degan
umiddamiz.
Ushbu darslik bo‘yicha fikrlar va mulohazalar bœlsa, siz o‘quvchilarning
xolis taklif va tavsiyalaringizni kutib qolamiz va oldindan minnaddorchilik
bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |