B. A. Abdukarimov Ichki savdo iqtisodiyoti


oltinchidan, ish haqi jamiyatni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solish



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/66
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#600225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
6-y-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-2-qism.-Darslik.B.Abdukarimov.T-2008

oltinchidan, ish haqi jamiyatni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solish 
vositasi sifatida ishlatiladi.
Ish haqi tovarlar va xizmatlarni tarkibining asosiy 
elementlaridan biri. Qiymatning klassik formulasiga e’tibor berilsa c + v + m ish 
haqi tovar va xizmatlar qiymatining ikkinchi elementi «v» sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Ushbulardan kelib chiqib davlat «Minimal ish haqi»ni belgilash orqali, 
bahoni, talab va taklifni tartibga soladi, hamda infyatsiyaning ta’sirini 
chegaralaydi; 
ettinchidan, ish haqi siyosiy funksiyani ham bajaradi,
masalan ish haqini 
kamaytirish aholi tomonidan norozichilikka, ish tashlashlarga olib keladi, bu esa 
siyosiy muhitni buzib yuboradi. Shu sababli ish haqining darajasini, uning holatini 
nafaqat iqtisodchilar, balki jamiyat xolatini o‘rganuvchi siyosatchilar, davlat 
arboblari, sotsiologlar, psixologlar va boshqa mutaxasislar ham chuqur o‘rganishi 
zarur. 
11.2 Ish haqini tashkil qilish qoidalari. 
Ish haqining shakllanishi, hisob kitobi, belgilanishi jarayonida butun jahon 
amaliyotida qabul qilingan, ishlatilayotgan qoidalar mavjud. Ushbu qoidalarga ish 
beruvchi tomonidan rioya qilinishi, davlat, jamiyat, kasaba uyushma tashkilotlari 
hamda har bir ishchi tomonidan nazorat qilinishi va talab qilinishi mukin. 
Ushbu qoidalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 


14 

mehnatni sifat va son jihatlarini hisobga olish, uni ishlab chiqarish 
(xizmat) natijalariga qarab rag‘batlantirish; 

ish haqini differensiatsiya qilish. Ushbu qoida ish haqini ishchining 
malakasi, mehnatining murakkabligi va soddaligiga, aqliy va 
jismoniy mehnatga, mehnat sharoitiga, mehnatni normallashtirish 
kabi hamda boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanishini 
talab qiladi: 

ish haqi har qanday xo‘jalik sub’ekti hodimlarining ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash kerak; 

moddiy rag‘batlantirish shakllari, miqdori raqobatbardoshlikni 
ta’minlashi kerak; 

ish haqi davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi miqdoridan 
kam bo‘lmasligi kerak; 

real ish haqining muntazam oshirib borishni ta’minlash zarur. 
Nominal ish haqi o‘sish darajasi inflyatsiya darajasiga nisbatan 
yuqori bo‘lishini ta’minlash; 

mehnat unumdorligining o‘sish darajasi o‘rtacha ish haqining o‘sish 
darajasiga nisbatan yuqori bo‘lishini ta’minlash. 
Ish haqini tashkil qilish qoidalarini ko‘rib chiqishda birinchi omil sifatida 
davlatning rolini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Davlat ish haqi tizimini 
qonuniy normalar orqali boshqaradi, u ish haqini boshlang‘ich, bazis darajasini 
belgilaydi. Unga minimal ish haqi miqdori, minimal yashash darajasi kabi 
ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari davlat ish kuni davomiyligini, 
mehnat ta’tili davrini va ularga to‘lov miqdorini belgilaydi. Davlat ishchi va ish 
beruvchilar o‘rtasidagi nizolarni sud orqali hal qiluvchi arbitor bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatning huquqiy qonuniy іujjati sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hisoblanadi (Ushbu qonun O‘zbekiston 
Respublikasida 21 dekabr 1995 yili tasdiqlangan va 1996 yil 1 apreldan amalga 
tushgan). Ushbu mehnat kodeksining 16 moddasida mehnatkashlarning mehnat 
huquqlari, jumladan mehnat motivatsiyasi va vositalari belgilab qo‘yilgan.


15 
Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 

mehnat haqini qonun bilan belgilab qo‘yilgan minimal miqdordan 
kam bo‘lmagan darajada olish; 

tasdiqlangan mehnat ta’tili va uni haqini olish, dam olish va bayram 
kunlari dam olish;

mehnat 
shart-sharoiti, 
uning 
xavfsizligi 
va 
gigiyenasi
ta’minlanishiga ega bo‘lish; 

mehnat faoliyati bilan bog‘liq zararlarning qoplanishi; 

qonun bilan belgilangan ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish va h.k. 
Ish beruvchi va ishlovchining o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari va 
ish haqi masalalari xo‘jalik sub’ektlarining ichida tuzilgan mehnat shartnomasi 
bilan tartibga solinadi. Ushbu shartnomada mehnat sharoiti, ish haqi, uy joy va 
meditsina ta’minoti, kafillar va imtiyozlar kabilar o‘z aksini topadi. Shartnomalar 
muddatsiz, biron muddatga (besh yilga) yoki biron ishni bajarish davriga tuziladi.
11.3
Ish haqining shakllari, tizimi va іisoblash usullari. 
Jaxon amaliyotida ish haqini hisob kitob qilish uchun tan olingan ish haqi 
shakli va tizimi yaratilgan.
Ish haqi quyidagi ikki shakldan iborat: 

vaqtbay ish haqi; 

ishbay ish haqi: 
Ish haqi ikki hil tizimda, ya’ni tarifli va tarifsiz tizimda amal qiladi.
Vaqtbay ish haqi oddiy vaqtbay (soat, kun, xafta, oy) va vaqtbay – 
mukofotli tizimlarga bo‘linadi.
Ishbay ish haqi esa oddiy (bevosita) ishbay, ishbay-mukofatli, bilvosita-
ishboy, akkord tizimlariga bo‘linadi.
Yuqoridagilar hammasi ta’rifli tizimga kiradi.


16 
Bulardan tashqari tarifsiz tizim ham qo‘llaniladi.
Ish haqi shakllari va tizimlarini quyidagi (11.1.1) chizmada ifoda etamiz. 


17 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish