O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI
“MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo‘lga qo‘yish va uning muhim jihatlari.
Bajardi:BKT (BHA)-70 guruh
Talabasi Toirov Sardor
Ilmiy rahbar: PhD. Mavlonov N.N
Mavzu: Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo‘lga qo‘yish va uning muhim jihatlari.
Reja:
Kirish
1.Korxonalarda boshqaruv tahlilini tashkil etishning nazariy asoslari.
2.Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo`lga qo`yishning muhim jihatlari.
3. Korxonalarda boshqaruv tahlilini turlar kesimida tashkil etish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mavjud moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Raqobatga bardosh berish – bu rivojlanishning muhim omillaridan sanaladi. Ayniqsa, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko‘paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 24-yanvar sanasida, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalarga ko‘rsatib o‘tdi: “Birinchidan, 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyasiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
“Biz, shu yildan boshlab inflyasiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o‘tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy o‘sish bilan inflyasiya o‘rtasida muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.
Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani, erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda.
Shuni hisobga olib, endi asosiy e’tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali, narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.
Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.
Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.”
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil xamda moliyaviy barqaror faoliyat koʼrsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat kursatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini oʼz vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Bugungi kunda ayniqsa, bunday natijaga bevosita yurtboshimizning kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlari bevosita bog‘liqdir. Zero, xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib boorish iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |