Audit va iqtisodiy tahlil


Korxonalarda boshqaruv tahlilini tashkil etishning nazariy asoslari



Download 1,44 Mb.
bet2/8
Sana20.11.2022
Hajmi1,44 Mb.
#869242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5362078957510335387

1. Korxonalarda boshqaruv tahlilini tashkil etishning nazariy asoslari.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongining rivojla­nishi natijasida borliqni oʼrganish borasida turli fikr va qarashlar paydo boʼla boshlagan. Fikrlarning shakllanib, takomilla­shib borishi natijasida maʼlum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tugʼilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror bir shaxs yoki muhitning ijod mahsuli boʼlib qolmasdan balki obʼektiv jarayonga tayanadi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilining fan sifatida vujudga kelishida uzoq yillik tarixga ega bulgan «Buxgalteriya hisobi» va «Statistika» kabi fanlar asos bulgan. Bu fanning rivojlanishi uchun esa obʼektiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilining fan sifatida shakllanishida buxgalteriya hisobi oʼz tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun uslubiy asos boʼlib xizmat qilmokda. Chunki, ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xoʼjalik faoliyatining kengayishi, iqgisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini tako­millashtirish zaruratini tugʼdirdi.Jahon amaliyotida XVI - XVII aerlarda ishlab chiqarish tarmoqlari tobora rivojlana boshladi, xususan, sanoat ishlab chiqarish yoʼnalishidagi tarmoqlar rivojlanishi tezlashib ketdi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bir qatorda uning hisobini ham takomillashtirib borishga ehtiyoj tugʼila boshladi.
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlar­ni toʼgʼri va toʼliq hisobga olishni talab qiladi. Аmmo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar oʼrtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya maʼlumotlarini chuqurroq oʼrganishni va uni toʼgʼri tushuntirish zaruratini tugdiradi. Bu esa uz navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qiladi, chunki, «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi ju­da koʼp savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob be­rishga qiynalib qoladi.
Korxonalarni toʼgʼri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy xola­tini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xujalikfaoliyatini chuqurroq oʼrganishni va tahlil etishni taqozo etadi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan baʼzi koʼrsatkichlarga izoh berishni talab qilardi. Bular esa uz navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga keli­shi uchun obʼektiv asos bulgan. Tahlilning elementlari birinchi marta 1880 yillarda chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jurnalida paydo boʼla boshlagan. Shunday qilib, tahlilning baʼzi elementlarini uz ichiga olgan — «Balans shunoslik» fani paydo bulgan.
Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asosli sabab bulgan, chunki oʼsha paytlarda xujalik faoliyatining natijasi aso­san buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans maʼlumotlariga asosan korxonaning mablagʼi yoki manbaining maʼlum muddatda uzga­rishi aniklanadi. Lekin shu oʼzgarishlar nima evaziga sodir boʼlayotganligi, ularga qaysi omillar taʼsir koʼrsatayotganligi korxona egalari uchun muhim boʼlib bordi. Bu esa balansdagi kursatkichlari batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltiradi. Jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotining rivojlanishi bilan bir qatorda iqtisodiy krizislar raqobatni ham vujudga keltirdi. Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday sharoitda buxgalteriya balansi maʼlumotlari yetmay koladi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa koʼrsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlilning koʼlami kengaydi. Bu vaktgacha fakat buxgalteriya balansi tahlil kilingan boʼlsa, endi unga boshka hisobotlar tahlili ham qoʼshilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. Shu tarzda tahlil rivojlanib, mustakil fan sifatida shakllanib bordi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xujalik yurituvchi subʼektning oʼz tasarrufidagi barcha resurslar — moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini toʼgʼri boshqarishni taʼminlashi zarur buladi. Аmmo, kupgina korxona va tashkilotlar iqgisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qoʼlga kiritganlaridan soʼng, xujalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon boʼlib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subʼektlariga faqat axborotga ega boʼlishning oʼzi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, toʼgʼri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur boʼladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri, uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xoʼjalik faoliyatini oʼrganishda hamda xulosalar chiqarishda asos boʼladigan bir qator koʼrsatkichlardan foydalaniladi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilining ikki xil yoʼnalishini koʼrsatish mumkin:
1. Sanoat korxonalarining xoʼjalik faoliyatini tahlil qilish.
2. Xalq xoʼjaligining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqgisodiy rayonlar, hududlar va butun xalq xoʼjaligini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, xalq xoʼjaligini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil oʼrin olmagan boʼlib, u siyosiy iqgisod va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida oʼrganiladi. Holbuki, korxonalarning xoʼjalik faoliyatini tahlil qilish iqgisodiy fanlar qatoridan oʼziga xos mustaqil oʼrin olgan.
Bugungi kunda xorijlik va respublikamizning eng koʼzga koʼringan iqtisodchi olimlari tahlil fanining printsiplari toʼgʼrisida turlicha fikrlar bildirib kelishmoqda. Аmmo ularning aksariyatining fikrlarida bir mushtaraklikni kuzatishimiz mumkin boʼladi.
Iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, siz talabalarning oldiga kuyidagicha muammoli savolni quymoqchimiz.
Moliyaviy va boshqaruv fanining qanday printsiplari (tamoyillari)ni kursatib berishimiz mumkin buladi?
Ushbu muammoni biz oʼzimiz quyidagi fikrlarimiz bilan qisman hal etib berish niyatidamiz. Korxonalarning xujalik faoliyatini tahlil qilish uchun asos qilib olingan quyidagi tamoyillari mavjud:
• obʼektning holatini dastlab iqgisodiyotning nazariy asoslariga binoan tahlil qilishning zarurligi, oʼrganiladigan hodisalarning mohiyati va bir-biriga oʼzaro bogʼliqligi;
• taxlilning kompleks xususiyatga egaligi hamda oʼzaro bir-biriga uzviy ravishda bogʼliq iqgisodiy koʼrsatkichlar sistemasining qoʼllanilishi;
• iqgisodiy maʼlumotlarni analitik jihatdan qayta ishlash jarayonida oʼrganiladigan hodisalarni turkumlash va ularga taʼsir kursatuvchi omillarni miqtsoriy va sifat belgilariga qarab tavsiflash;
• korxonalarning xujalik faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xujalik rezervlarini aniqlashdagi ahamiyati;
• tahlil natijalari asosida ilgʼor tajribalarni keng yoyish va ommani ishlab chiqarishni boshqarishga yana ham keng jalb qilish;
• korxonalarni boshkarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli va uning tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining bir qator tamoyillari (printsiplari) mavjud boʼlib, bulardan eng asosiylari kuyidagilar xisoblanadi:
• mazmunning shakldan ustunligi tamoyili;
• ixtiyoriylik tamoyili;
• betaraflilik tamoyili;
• ishonchlilik tamoyili;
• davriylik tamoyili;
• tizilmaviylik (sistemalashganlik) tamoyili;
• taqqoslanuvchanlik tamoyili;
• aniq baholash tamoyili va hokazolar.
Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqgisodiy taraqqiyotini jadallashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yoʼnalishlarni tez bartaraf etishda iktisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Moliyaviy va boshqaruv tahlilini takomillashtirishning asosiy yunalishlari iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqgisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati - barcha darajalarda asosan maʼmuriy rahbarlik usullaridan iktisodiy usullarga, manfaatlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson omilini butun choralar bilan kuchayti- rishga oʼtishdir. Hozirgi bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iktisodiyoti afzalliklarini mumkin qadar toʼlaroq roʼyobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo qiladi.
Xujalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish koʼpgina taʼsir etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bogʼliq buladi. Yuqorida koʼrsatib oʼtilganidek, korxonalar faoliyatini boshkarishda, boshqaruv funktsiyasi asosiy mavqeni egallaydi, shu bilan birga tahlil ham. Ushbu funktsiyalarning toʼliq faoliyati va darajasi koʼp jihatdan ularning uslubiyatiga bogʼlikligi bilan, bundan tashqari boshqaruv obʼektida fanning predmetini oʼz vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib turadi.
Bizga maʼlumki, odatda har qanday fan oʼz predmeti orqali obʼektiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi. Аynan bitta obʼektni turli xil fanlar oʼzining ixtisoslik tomonlaridan yoki aloqalaridan kelib chiqib, turlicha kdrashi mumkin. Koʼrinib turganidek, xujalik faoliyati oʼzining mazmuni va strukturasi jihatidan murakkab obʼekt ekanligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli, korxonalarning xoʼjalik faoliyatini kupgina iqtisodiy hamda boshqa fanlar oʼrganishi mumkin.
Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida maʼlum bir bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki oʼrganishda tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlariga, tamoyillariga amal kiladi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili ham aniq fan sifatida kuyidagilar hekida maxsus bilim beradi:
• iktisodiy jarayon, hodisa va voqealarning rivojlanishini, uzgarishini obʼektiv (tashqi) va subʼektiv (ichki) taʼsir etuvchi omillar bilan umumiy bogʼliq /olda oʼrganish;
• oʼrganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini toʼlik va keng oʼrgangan holda anik va xolisona baho berish;
• ijobiy va salbiy taʼsir etgan omillarni aniklash, rakamlarda kursatish va hisoblash;
• bor bulgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishning yoʼlyoʼriqlarini koʼrsata olish;
• ilgʼor gʼoya va tajribalarni oʼrganilayotgan jarayonga qoʼllash yoʼnalishlarini belgilash.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida oʼrganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan yirikka, oddiydan murakkabga yoki aksincha oʼrganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bogʼlanishi eʼtiborga olinadi. Demak, xoʼjalik faoliyatining tahlili firmalarning iktisodiy faoliyatining obʼektiv va subʼektiv omillarni eʼtiborga olib oʼrganadi.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida moliyaviy va boshkaruv tahlili jarayonida oʼrganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkab ga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar oʼrganadi hamda umumiy birligi va bir-biri
bilan uzviy bogʼlanishi eʼtiborga olinadi. Demak, moliyaviy va boshqaruv tahlili fani firma va korxonalarning iqtisodiy — ijtimoiy faoliyatini obʼektiv va subʼektiv omillarni eʼtiborga olgan holda oʼrganadi.
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani oʼrgatadi degan savolga javob berish lozim boʼladi. Har qanday mustaqil fan oʼzining predmetiga ega. «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmetiga keng maʼnoda qaraydigan boʼlsak, u iqgisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obʼekt xoʼjalik faoliyatining barcha sohalarini oʼz ichiga oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan oʼziga xos xususiyatga, oʼzi oʼrganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos boʼlib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat koʼrsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmeti tom maʼnoda tahlil qilinayotgan obʼektning xoʼjalik faoliyatidir. Аmmo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Аudit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlarning ham predmeti keng maʼnoda xoʼjalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xoʼjalik faoliyatida sodir boʼlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini oʼrgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining oʼziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.
Tahlil fani xoʼjalik faoliyatida sodir boʼlayotgan barcha ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni oʼz ichiga oladi. Аmmo, bu jarayonlarning sodir boʼlish paytini emas, balki uning natijasini oʼrganadi, obʼektda sodir boʼladigan iqgisodiy jarayonlar uning biznes rejasida koʼzda tutilgan maʼlumotga asoslansa, jarayonning sodir boʼlishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shugʼullanadi. Shu jarayonlarning natijasi maʼlum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda oʼz aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning qarashlari
turlicha talqin etilgan. Masalan, iqgisodchi olim M.Q. Pardaev tahlilning predmetiga kuyidagicha taʼrif bergan: «Tahlil fanining predmeti, xujalik faoliyatida obʼektiv (tashqi) va subʼektiv (ichki) omillar taʼsirida sodir bulgan, boʼlayotgan va boʼladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni maʼlumotlar manbaida ifodalangan kursatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yoʼllarini ishlab chiqishni oʼrganishdan iboratdir».
Ushbu olimning fikrlariga koʼshilgan holda, biz hozirgi bozor iqgisodiyoti sharoitida «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmetiga kuyidagicha taʼrif berishni lozim deb topdik.
«Moliyaviy va boshtsaruv tahlili» fanining predmeti deb — turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashma va hokazolarning moliyaviy-xujalik jarayonlarining sodir bulishi, rivojlanishi va oʼzgarishining ijtimoiy-itstisodiy samaradorligi hamda moliyaviy bartsarorligi, tulov sobiliyati, ratsobatga chidamli bulib faoliyat kursatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan otsilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday oʼrganishda jamiyatda amal silayotgan obʼektiv va subʼektiv sonunlarga tayanadi hamda kupgina axborot manbalaridanfoydalanadi».
Fanning predmeti taʼrifidan shu narsa koʼriladiki, demak fan korxonalarning xujalik jarayonlarini oʼrganar ekan, hamda qanday iqtisodiy samaradorlikka erishganligini koʼrsatar ekan. Tahlilning predmetida obʼektiv (tashqi) va subʼektiv (ichki) omillar alohida oʼrin tutadi, chunki, iqgisodiy jarayonlar oʼz-oʼzidan sodir boʼlmaydi. Ular maʼlum ichki va gashqi omillar taʼsiri ostida roʼy beradi. Bu omillar taʼsirini faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili fanida oʼrganiladi va predmetining asosini tashkil etadi. Shuningdek, xujalik faoliyati natijasiga toʼgʼri baho bermasdan, unga taʼsir qilgan ijobiy va salbiy omillarni oʼrganmasdan turib, koʼzda tutilgan maqsadga erishib boʼlmaydi. Shu tufayli, tahlil fani predmetining markazida obʼektiv va subʼektiv omillarni urganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas.
Tahlilning predmetini oʼrganishda faqat sodir boʼlayotgan ijtimoiy-iktisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo yetarli boʼlmas edi. Tahlildan maqsad, mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan obʼektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir.
Korxonalar faoliyatiga baho berishda oʼrganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bogʼliq boʼlgan subʼektiv omillarni ham eʼtiborga olib tahlil qilinadi. Subʼektiv (ichki) omil deyilganda, korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, yaʼni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga koʼproq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham oʼrganadi.
Obʼektiv (tashqi) omillar deyilganda korxona faoliyatiga mutlako bogʼliq bulmagan omillar tushuniladi, yaʼni, davlat siyosatining oʼzgarib turishi, bozordagi talab va taklifning oʼzgarishi, baho, tabiiy omillar va hokazolar.
Iqgisodiy manbalardan foydalanib, oʼrganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob maʼlumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan oʼrganiladi va umumlashtiriladi. Chunki iqtisodiy manbalar korxonalarda sodir boʼlayotgan hodisa va jarayonlarni aniq oʼlchaydi, aks ettiradi va baho beradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Moliyaviy va boshkaruv tahlili»ning subʼektlari boʼlib, tahdil obʼektini kim tomonidan oʼrganilishiga qarab belgilanadi, yaʼni hozirgi vaqgda xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini juda koʼp mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subʼektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning barcha-buxgalterlari, iqgisodchilari, menejerlari, boshqaruv idorasi, statistika idoralari, auditorlar, moliya tashkilotlari, texnik xizmati, mexnat birjasi, atrofni muhofaza qilish tashkil oti, marketing xizmati, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi.
Bozor iqgisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining roli keskin oshmoqda, chunki boshqaruv tizimida oldingi maʼmuriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib yangi, erkin iqgisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Sobiq ittifoq davrida tahlil asosan reja koʼrsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini taʼminlashga qaratilgan edi. Endilikda esa har bir xujalik subʼekti, mulk shakl idan qatьiy nazar uz faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda oʼzining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa uz navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqgisodiy tahlil orqali har bir subʼektda mavjud boʼlgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqpanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart-sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qoʼyilgan vazifalarni toʼliq va keng hal etish uchun qator uslublarni qoʼllaydi.
Bozor itstisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari bulib quyidagilar hisoblanadi:
• oʼrganilayotgan obʼektga (hodisaga) toʼgʼri va xolisona baho berish;
• korxonaning biznes rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan taʼmynlash;
• tuzilgan biznes rejalarning toʼgʼri va ilmiy asoslanganligiga baho berish;
• har bir yoʼnalishga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, ularning taʼsirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish;
• biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini taʼminlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xoʼjalik subʼektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni oʼrganish;
• moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish;
• korxonaning itstisodiy va moliyaviy potentsialiga, uning toʼlovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora tadbirlarni qoʼllash yoʼllarini ishlab chiqish;
• xujalik hisobi tamoyillar iga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;
• korxonalarda mavjud bulgan samaradorlikni oshirish yoʼlida ularning imkoniyatlarini aniqlash;
• korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka koʼrsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;
• korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilgʼor gʼoya va tajribalarni oʼrganilayotgan hodisaga qoʼllash yoʼl-yoʼriqlarini kursatib berish, tegishli axborotlar manbaini yetkazib berish;
• eng toʼgʼri va oqilona, ish yuritish va korxonalarni boshqarish boʼyicha xulosalar berish;
• korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy kursatkichlar asosini aniqlash;
• rejaning bajarilishiga obʼektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bogʼliq boʼlgan va bogʼliq boʼlmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash;
• korxonalarning xoʼjalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin boʼlgan natijalarni oldindan aniqlash
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Moliyaviy va boshqaruv tahlili»ning vazifasi ushbu yuqorida taʼkidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini oʼrganish lozim boʼladi. Shu sababli ham, moliyaviy va boshqeruv tahlilining vazifasi ham koʼp qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab utdik xolos.Koʼrinib turibdiki, moliyaviy va boshqaruv tahlilining vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xujalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega boʼladi

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish