3-jadval.
Raqobat — lotincha soʼzdan olingan boʼlib, maqsadga erishish uchun kurash, korxonalar oʼrtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning asosiy quroli boʼlib, talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirish hisoblanadi.
Raqobat turiga kura ikkiga bulinadi:
1. Sof raqobat.
2. Gʼirrom raqobat.
Sof raqobat bozor talablariga koʼra vijdonan kurashishni bersa, gʼirrom raqobat uning aksini taʼminlaydi.
Jahon bozori tajribasidan raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
• kuchlar teng va strategiyalar oʼxshash boʼlsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi;
• sizning raqibingiz hamma narsadan xabardor deb biling;
• raqibingizning gʼashini keltiruvchi harakat qilmang;
• sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni ishontiring.
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat kursatkichlari aniklanadi:
a) ilgʼor — 40 foiz;
b) ilgʼorga davogar — 30 foiz;
v) davomchilari — 20 foiz;
g) bozorda uncha omadi kelmagan — 110 foiz
Ushbu koʼrsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubning birinchi oʼringa qoʼyilishi xujalik hisobidagi korxona va sex, uchastkalarining asosiy printsipi bulib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir. Faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqgisodiy natijalari obʼektiv baholanib, korxonaning har bir bulimi, har bir ishchining umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xujalik mexanizmini toʼgʼrilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib boʼlmaydi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni ragʼbatlantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalaydi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish kursatkichlari tahlilining mazmuni.
Bozor iqgisodiyoti sharoitida korxona ishlab chiqarishi koʼzda tutgan mahsulotlar hajmi isteʼmolchilarning koʼlami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bogʼlikdir. Аyniqsa, maxsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bulgan boyliklarning chegaralanganligi moʼl-koʼl tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona uz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maxsulotlar ishlab chiqarish hajmini toʼgʼri belgilay olishi muhim axamiyatga egadir.
Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda moʼl-koʼlligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va isteʼmolchilarning ixtisoslik tovarlarga boʼlgan talablarining oʼzgarib turishi ishlab chiqarish qajmining toʼgʼri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bulgan tovarlar turi, mikdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar oʼrtasida kelishiladi. Demak, maxsulotlarning ishlab chiqarish hajmi isteʼmolchilarning talab va istaklariga bogʼliq buladi.
Ichki imkoniyatlarni eʼtiborga olgan holda, korxonadagi barcha mavjud boyliklardan toʼliq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli meʼyorda, yaʼni foyda olishning toʼliq kafolatlangan sharoitini taʼminlashni koʼzda tutib, ishlab chiqarishni tashkil etiladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish boʼyicha biznes rejada moʼljallangan hajmning bajarilishini taʼmynlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarning yaratilishi korxonaning bevosita muhim koʼrsatkichlari boʼlmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar xajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, toʼlov kobiliyati, sof pul mablagʼlarining hisobot davr oxiriga koʼpayishini taʼminlovchi omildir.
Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish koʼrsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona boʼyicha ishlab chiqarilgan mahsulot, koʼrsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim.
Korxonaning barcha erishgan natijaviy koʼrsatkichlari toʼgʼridan-toʼgʼri mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bevosita bogʼliqligini eʼtiborga olsak, bu boradagi moliyaviy va boshtsaruv tahlilining muhim vazifalari boʼlib quyidagilar xisoblanadi:
1. Mahsulotlar ishlab chiqarishning biznes rejada moʼljallangan hajmda bajarilganligiga baho berish.
2. Ishlab chiqarishning tarkibi, dinamikasi va oʼzgarish sabablarini omilli tahlil etish.
3. Mahsulotlarning sifati va standart talablariga javob berish darajasini urganish.
4. Mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmini kupaytirish imkoniyatlarini aniqpash.
5. Mahsulot nomenklaturasi va assortimentiga baho berish xamda oʼrtacha assortiment rejasining bajarilishini tahlil etish;
6. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi va unga taʼsir etuvchi omillarga baho berish.
7. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʼpaytirish boʼyicha mavjud imkoniyatlarni koʼrsatib berish.
8. Аniqlangan imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish borasida takliflar koʼrsatish va hokazo.
Mahsulotlar ishlab chitsarish tahlilining obʼektlari boʼlib esa quyidagilar hisoblanadi:
• mahsulotlar turlari va assortimenta boʼyicha ishlab chiqarish hajmi;
• mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi;
• ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tarkibi;
• ishlab chiqarishning maromiyligi va uzluksizligi.
Hozirgi bozor iqgisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarining ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi mikdoriy, shartli-mikdoriy, mehnat va qiymat oʼlchovlarida oʼrganilishi mumkin. Bu oʼlchovlar tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini oʼrganishda qiymatda hisoblangan koʼrsatkichlarni tahlil etish muhim oʼrin egallaydi. Yaʼni, korxona boʼyicha barcha turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi qiymat oʼlchovida umumlashadi. Boshtsaruv taxlili uchun sanoat korxonalari ishlab chitsargan mahsulot hajmini oʼrganishda quyidagi umumlashtiruvchi kursatkichlar oʼrganiladi:
• yalpi mahsulot;
• tovar mahsuloti;
• sotilgan mahsulot.
Yalpi maxsulot - bu korxonaning maʼlum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, koʼrsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda oʼlchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot,
bajarilgan ishlar, koʼrsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning oʼz kapital remonta uchun sarflangan yarim fabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar qiymati ham qoʼshilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini oʼrganishga hamda tahlil oʼtkazishga imkoniyat yaratadi.
Tovar maxsuloti - bu isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun muljallangan mahsulotlar boʼlib, ilii mahsulo!dan shu jihatlari bilan farq
qiladiki, uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona ichki isteʼmoli (oboroti) uchun foydalanilgan mahsulotlar hamda buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar kiritilmaydi.
Sotilgan maxsulot — isteʼmolchilarga joʼnatilgan, yoki xaridorlardan puli kelib tushgan mahsulotlar qiymatiga aytiladi. Sotilgan mahsulotlar hajmi solishtirma. biznes rejadagi va amaldagi baholarda hisoblanishi mumkin. Bu koʼrsatkichga qarab ishlab chikarish va isteʼmol urtasidagi bogʼlikdik, korxonaning mahsulotlarini sotish hajmini koʼpaytirish boʼyicha imkoniyatlari bor yoki yoʼqligini tahlil qilishga asos boʼladi.
Korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda muhim oʼrinni miqdoriy koʼrsatkichlarni oʼrganish egallaydi. Bunda mahsulot turlari boʼyicha dona, metr, tonna va hokazo birliklarda ishlab chiqarish surʼati, dinamikasi va uzgarish darajalarini aniqlash borasidagi tahlilning imkoniyatlari yaratiladi.
Boshqaruv tahlilida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oʼrganishda shartli-mikdoriy koʼrsatkichlardan ham foydalaniladi. Аyniqsa, tovarlar hajmini oʼrganishda, masalan, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda ming shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli - paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli - juft oyoq kiyimlari kabi koʼrsatkichlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, koʼp turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda sarflangan mehnat miqdoriga qarab ham maʼlumotlar oʼrganilaai, yaʼni hap bir ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun sarflangan kishi-soati yoki kishi-kuni, bir kishi kuni yoki soatida yaratilgan mahsulotlarning mikdori kabi shartli-mikdoriy maʼlumotlarni oʼrganib ham ishlab chiqarish faoliyatiga baho beriladi.
Sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini tahlil qilishda muhim oʼrinni biz yuqorida taʼkidlaganimizdek, qiymat oʼlchovida hisoblangan umumlashgan maʼlumotlarni urganish egallaydi. Yaʼni, ishlab chiqarilgan yalpi va tovar mahsuloti, sotilgan mahsulotlar qiymatini bir necha yillar maʼlumotlariga asoslanib tahlil utkazish lozim. Jadval maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan «АBS» aktsionerlik jamiyatida joriy davrda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʼtgan yilga nisbatan solishtirma baho buyicha 440537 ming soʼmga koʼpaygan boʼlsa, biznes rejaga nisbatan esa 355204 ming soʼmga koʼpaygan. Аmaldagi baholar buyicha yalpi mahsulot hajmi esa bundan koʼproqqa oshgan. Bu shundan dalolat beradi - ki, joriy yilda oʼtgan yillarga nisbatan mahsulotlar bahosining
oʼsishi ham kuzatilgan. Maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, aktsionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotlarning aksariyati sotishga moʼljallangan, yaʼni tovar sifatiga ega boʼlgan. Аmmo, aktsionerlik jamiyatida oʼtgan yili tovar mahsulotlarining
kattagina qismi sotilmay omborda qolib ketgan. Bu mikdor amaldagi baholar boʼyicha oʼtgan yili 450271 ming soʼmni tashkil etgan. Hisobot yili maʼlumotlariga eʼtibor qiladigan boʼlsak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga nisbatan sotilgan mahsulotlar hajmi
amaldagi baholar boʼyicha 318980 ming soʼmga koʼp boʼlgan. Bu shundan dalolat beradiki, aktsionerlik jamiyatida joriy yilda oʼtgan yildan qolgan mahsulotlar qoldigʼining kaggagina qismini sotishga muvaffaq boʼlingan. Bu esa korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari boʼyicha yaxshi natijalarga erishganligidan dalolatdir. Bundan tashqari korxonada joriy yilida oʼtgan yili va biznes rejaga nisbatan bir qadar koʼp mahsulot realizatsiya kilingan. Masalan, amaldagi baholar boʼyicha korxona joriy yilda oʼtgan yilga nisbatan 1587868 ming soʼmlik koʼp mahsulot sotilishiga erishilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim deb hisoblaymiz
Xulosa
Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlilikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik faoliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida faoliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
2017-yilning 5-oktabrida, “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.
Unga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ko'zda tutiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda.
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, respublikamiz ko’lamida olib borilayotgan ushbu islohotlar o’laroq, korxonalar faoliyatini xususiylashtirish va ularga keng imkoniyatlar ochib berish , o’z navbatida, ular faoliyatidagi yuqori natijaviylikni ko’rsatadi. Bunday sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada ekanligini bildiradi.
Xususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |