Audit va iqtisodiy tahlil


Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo`lga qo`yishning muhim jihatlari



Download 1,44 Mb.
bet3/8
Sana20.11.2022
Hajmi1,44 Mb.
#869242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5362078957510335387

2. Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo`lga qo`yishning muhim jihatlari.
Xozirgi iqtisodiy rivojlanish sharoitida barcha korxonalar va ishlab chiqarish sub`ektlari uchun boshqaruv tahlilini yo`lga qo`yish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda boshqaruv tahlilini yo`lga qo`yish orqali korxonalar o`z ish faoliyatlarini to`g`ri aniq yo`lga qo`yish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Chunki boshqaruv tahlili korxonada bo`layotgan barcha jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi va barcha mayda detallarga ham e`tabor qaratadi, aniq raqamlarga asoslanadi.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib, qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi boshqariladigan obʼektning faoliyatini zaruriyatga qarab oʼzgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xujalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonaning kelajakda rivojlanishini taʼminlaydigan qarordir. Korxonalarning xujalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada koʼzda tutilmagan imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga koʼtaradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini taʼminlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil oʼrtasidagi bogʼliqlik aniq koʼrinib turadi. Biznes reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi. Biznes rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Moliyaviy boshqaruv tahlilining tamoyillari:

  • Tizimlilik

  • Ishonchlilik

  • Taqqoslanuvchanlik

  • Betaraflilik

  • Davriylik

  • Pulli baholash hisobga olish

  • Mazmunning shakldan ustunligi

  • Aniq baholash

  • Uzluksizlik .

Tabiat va jamiyatdagi voqelikni oʼrganuvchi va ularning tadqiq qilish obʼekti deb qarovchi alohida fanning oʼzi amal qiladigan tamoyillari mavjud buladi. Tamoyillar oʼrganiladigan obʼektning bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflaydi.
Shu jihatdan tahlilning ham iqgisodiy qodisa va jarayonlarni oʼrganishda oʼzi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fanining obʼektivligini, mantikdiligini, shakl-mazmunini, mikdor-sifatini va shu kabi jihatlarni tavsiflab, real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod, bozor mexanizmining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subʼektlari bulgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi subʼektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni toʼgʼri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa albatta sodir boʼlayotgan xujalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil oʼrganishni iktisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bulgan iktisodiy tahlil oʼta ahamiyatli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti davrida mulkchilik va xujalik yuritish shaklidan qatʼiy nazar, korxonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona uz oldidagi vazifalarni hal qiladi va qoʼyilgan maqsadga erisha boradi.
Korxonada boshqaruv tizilmasi uz obʼekt va subʼektidan iborat buladi.
Boshqaruv obʼekti — bu ishlab chiqarish, subʼekti esa boshqaruv tarkibidir.
Korxona faoliyatini yoki ishlab chiqarishni boshqarishda obʼekt va subʼekt boshqariladigan va boshqaruvchi kichik tizilmani tashkil etadi.
Ularni har biri oʼziga yuklatilgan funktsiyalarni bajaradi. Аmmo, mazkur kichik tizilmalar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada boʼlib, ayni holatda yagona tizilmani tashkil qiladi.
Boshqaruv subʼekti - boshqaruv obʼektining tasnifi va oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi.
Lekin, subʼekt har doim ishlab chiqarish va xujalik jarayonlarini uzgarishiga kura obʼekt shakli va unga taʼsir etuvchi usullarni belgilaydi hamda takomillashtirib boradi. Boshqaruvchi kichik tizilma boshqaruv obʼektni nazorat etadi, tartibga soladi, maqsad va dasturlarni boshqaruv funktsiyasiga kura ishlab chiqadi. Demak, boshqaruv subʼekti korxona tizilmasida faol rolь bajarar ekan.
U boshqaruvning yetakchi funktsiyalarini: marketing, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, tahlil, tartibga solish hamda nazorat va auditlarni amalga oshiradi.
Erkin bozor iqtisodiyotida korxona faoliyatini tashkil etish va yuritishning marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki, marketing ilmi asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chikiladi.
Boshqaruv tizilmasi sifatida marketing faoliyatining asosiy tamoyillari mazmuni quyidagi kurinishni oladi:
> ishlab chiqarishni bozordagi talabga mos tushishi;
> bozordagi holat va korxonani haqiqiy ishlab chiqarish imkoniyati;
> xaridor va buyurtmachilar talabini yanada toʼlaroq kondirish;
> aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlarni koʼzda tutilgan hajmda va belgilangan muddatda sotish;
> ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini uzoq muddatli rentabelli ishlashini taʼmynlash;
> tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qatьiy amal qilish (bozor holatini eʼtiborga olgan holda);
> doimo oʼzgarib turuvchi bozor holatiga va xaridor talabiga moslashish.
Mazkur sanab oʼtilgan tamoyillarga amal qilish va marketing dasturini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik hisob-kitoblar bilan chambarchas bogʼlangan. Bu jarayonlar asosida juda kuplab iqtisodiy taxlil ishlari bajariladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iboratdir:
> korxona iqgisodiga tashqi va ichki muhitning taʼsiri taxlili;
> bozor holati tahlili (keng koʼlamda, tovar guruxlari va aloxida tovarlar buyicha);
> isteʼmochilar va sotib oluvchilar taxlili;
> raqobat holati taxlili;
> bozordagi baxo xamda uz baxosini belgilash taktikasi taxlili;
> moliyaviy natijalar taxlili;
Oʼrganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat imkoniyatlaridan kelib chiqib, korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy biznes
rejasi tuziladi.
Biznes rejada har bir element puxta taxlil qilish asosida belgilanadi. Chunki, ular real istitsbolli hamda eng asosiysi samarali bulishi shart.
Korxonada biznes reja quyidagi boʼlimlardan iborat buladi:
1. Kirish — rezyum.
2. Ishlab chiqarish maqsadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar roʼyxati (ularning afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadi).
3. Maxsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy maʼlumotlar toʼplash va ularni taxlil qilish).
4. Аsosiy kursatkichlar boʼyicha raqobatbardoshlikni aniqlash (ishlab chiqarish hajmi, sotish xajmi, maxsulot sifati, baxo darajasi, oʼrtacha foyda).
5. Marketing strategiyasi.
6. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quvvati, xomashyo resurslari, mutaxassislar).
7. Tashkiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ularni muvofiqlashtirish, oʼzaro xarakati va bir-birini nazorat etish tartibi).
8. Tijorat tavakkali va chorasi.
9. Moliyaviy reja.
10. Moliyalashtirish strategiyasi.
11. Tovar-material taʼminoti va shu kabilar.
Аlbatta biznes rejaning har bir bulimi hisob-kitob qilinib, umumlashtirilganda, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydasi eng quyi koʼrinishda, tarmoqda erishilgan oʼrtacha foyda meʼyoridan past boʼlmasligi kerak.
Koʼrinib turibdiki, rejaning har bir bosqichi hamda uning elementlari tahlil asosida puxta qilib tuziladi.
Demak, ishlab chiqilgan reja vositasida qoʼyilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan obʼektning samarali funktsiyasi yoʼnalishi aniq belgilanadi.
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishning borishi toʼgʼrisida real ahvolni buxgalteriya hisobi yordamida oʼrganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan maʼlumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil maʼlumotlariga asoslanadi. Demak, iqgisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida obʼektdagi oʼzgarishni miqtsor va sifat jihatdan oʼrganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar topiladi va tu gatil ad i, obʼektni yanada rivojlantirish yoʼllari belgilanadi yoki samarali ishlashni taʼminlaydigan yoʼnalishga oʼtkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechogʼlik real qabul qilinishiga asos boʼladi. Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari ham iqgisodiy-tahlil vositasida qayta ishlanadi. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatining toʼgʼriligi va mohiyati yanada yaqqolroq koʼrinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funktsiyasi — boshqaruvchi subʼektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda oʼta muhim hisoblanadi. Bu bilan, oʼrganilayotgan obʼektga kompleks yondashilib, butun bir tizilmaning ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilanadi. Natijada, boshqaruv obʼekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi.
Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir obʼekt har tomonlama chuqur oʼrganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatning ishonchliligini taʼminlashda nazoratning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechogʼlik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonining sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat, barqarorlik; natijalari va shu kabilar oʼrganiladi.
Аytib oʼtilgan barcha boshqaruv funktsiyalari korxonaning iqgisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani fakatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondashishini keltirib chiqaradi. Chunki, uning oʼziga xos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud.
Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish, mazkur yoʼnalishdagi haqiqiy ahvol va uni takomillashtirish masalalarini oʼrganadi va ularga taʼsir etadi.
Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga koʼrsatgan taʼsiri bilan aniklanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki moliyaviy va boshqaruv tamili korxonani boshqarishning muhim funktsiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi taʼminlanadi;
b) mulk va mablagʼlardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan oʼzi uchun maqbul bulgan optimal variantlarni tanlaydi;
v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish