1-chizma.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida bozordagi talab orqali xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda ishlab chiqarish hajmlariga taʼsir koʼrsatiladi. Bu esa maʼlum darajada iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif muvozanatlashuviga zamin yaratib berishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa koʼrinadiki, bozorbop mahsulot yetishtirish uchun urtacha 60 ga yaqin yangi gʼoyani oʼrganib chiqish lozim va u kuyidagi chizma koʼrinishida buladi(1-chizma).
Bozordagi yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita talabni hisobga olish lozim:
1. Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatiga qarab shakllantirish;
2. Gʼoyani koʼtarib chiqish va tovarlarning ilk nusxalarini sotish oʼrtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Bozordagi taklif darajasi esa tovarning «bozor testi» orqali har bir bozorda mahsulotni oz-ozdan sotib koʼrish orqali aniklanadi.
Tahlil ishlari albatta axborot manbaiga tayanishi lozim. Chunki ular korxonalarning bozorda:
• aniq ustivorlikka erishishga;
• moliyaviy xavfsizlikni taʼminlashga;
• tashqi muhitni nazorat qilishga;
• strategiyani boshqarishda;
• samaradorligini yaxshilashga va hokazolarni amalga oshirishga sabab boʼladi.
Har bir ishning amalga oshirilishi, uning maʼlum bir axborot manbaalariga tayanishini taqozo etadi. Xuddi shu fikrdan kelib chikdan qolda bu mavzuning tahlilida ham manbaalarga tayanamiz. Maʼlumotlar avvalo ikkilamchi yigʼish va baholashdan boshlanadi. Ular ichki va tashqi axborotlarga bulinadi.
Ichki maʼlumotlar quyidagi tarkibdan tashkil topadi:
1. Korxona rejalari va ularning bajarilishi;
2. Sotish toʼgʼrisida maʼlumotlar;
3. Foyda va zararlar;
4. Xaridorlar bilan hisob-kitoblar;
5. Tovar zaxiralari;
6. Isteʼmolchilarning arizasi;
7. Natijalarni solishtirish uchun meyorlar va boshqalar.
Tashqi maʼlumotlar esa,
• davlat va nodavlat tashkilotlarning axborotlari;
• statistik maʼlumotlar va boshqalarga asoslangan holda uzatiladi.
Hozirgi sharoitda bozordagi talab va taklifni oʼrganishda asosiy eʼtibor bozordagi mahsulotga bulgan talab hajmining va strukturasining uzgarishi hamda uning daromadlilik darajasini oʼrganishga qaratilmogʼi lozim. Kup yillik tahlil natijalari shuni koʼrsatadiki, tovarlarning toʼrt xil kategoriyasi mavjud bular ekan:
• «yulduz» kategoriyali tovarlar — korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy oʼsishga olib keladigan;
• «sogʼin sigirlar» kategoriyali tovarlar - ogʼir iqtisodiy davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj boʼlmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;
• «ogʼir bola» kategoriyali tovarlar - bu yangi turdagi tovarlar boʼlib, reklamaga muhtoj boʼlgan, bozorga olib chiqilishi kerak boʼlgan, hozircha foyda keltirmayotgan, ammo, kelajakda «yulduz» tovar boʼlishi mumkin boʼlgan;
• «ulik yuk» yoki 4somadsiz» kategoriyali tovarlar — bugungi kun talabiga javob bermaydigan, iqgisodiy oʼsishga imkoniyat bermaydigan, foyda keltirmaydigan.
Tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini oʼrganish ham muhim hisoblanadi.
Ichki maʼlumotlar asosida quyidagicha tahlil ishlarini amalga oshirishimiz mumkin (2-jadval). Bu jadval natura oʼlchov birligiga asoslangan boʼlib, uning tahlilini boshqa oʼlchov birliklarda yuritishimiz ham mumkin.