3. Korxonalarda boshqaruv tahlilini turlar kesimida tashkil etish.
Korxonalarda boshqaruv tahlilini bir nechta turlar kesimida ko`rish mumkin. Chunki boshqaruv tahlili har bir jarayon bo`yicha aniq raqamlarga asoslanib tahlil natijalarini o`rganishga yordam beradi. Buning uchun esa korxona faoliyatida bo`layotgan jarayonlarni bir necha turga bo`lib tashkil etish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Boshqaruv tahlilida qo`llaniladigan usullarni bir nechta turga bo`lishimiz mumkin ya`ni ular quyidagilar:
1.Taqqoslash usuli va uni qo`llashda amal qiladigan shartlar.
2.Guruhlashtirish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi.
3.Balansli bog`lanish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi.
4.Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli.
5.Zanjirli bog`lanish usuli va uning tahlilda qo`llanilishi.
Yana boshqaruv tahlilini korxona miqyosida oladigan bo`lsak barcha jarayonlar tahlili alohida alohida tahlil qilinadi ular ham bir necha turga bo`linadi:
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo`lgan talab va taklifning tahlili.
Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining tahlili.
Mahsulotlar sotish va ularning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarning tahlili.
Mehnat resurslar bilan ta`minlanganlik. Mehnat unumdorligi va ularni mahsulot hajmiga ta`sirining tahlili.
Korxonalarni moddiy resurslar bilan ta`minlanishi va ulardan samarali foydalanishning tahlili.
Sanoat mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tahlili.
Korxona moliyaviy holatining tahlili.
Korxona moliyaviy natijalarining tahlili.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar tahlili.
Asosiy vositalarning holati va ulardan foydalanishning tahlili.
Pul oqimlari tahlili.
Xususiy kapitlar tahlili.
Korxona investitsion faoliyati tahlili.
Korxona tashqi iqtisodiy faoliyatining tahlili.
Mustaqillik davrida oʼtayotgan har bir kun, jamiyatimizning mazmun jihatidan yangilanayotganligidan dalolat berib kelmokda. Iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida yangi iqgisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmokdaki, ularni idrok etish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish, metodologik muammolarini hal qilishga ulgurish qiyin boʼlmokda. Bunday yangi iqgisodiy tushunchalardan biri — korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir.
Bozor iktisodiyoti sharoitida Respublikamizda faoliyat koʼrsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni oʼrgangan holda «qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun ishlab chiqarish kerak va qancha mikdorda ishlab chiqarish zarur» tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishligi lozim. Buning uchun ular bozorni chuqur oʼrganishlari, marketing sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ega boʼlishlari talab qilinadi. Bozor toʼgʼrisida qanchalik koʼp maʼlumotga ega boʼlishlik, raqobatchilar, isteʼmolchilarning xarid qobiliyati, oʼxshash tovarlar hajmining oʼzgarib turishi hamda shu kabi boshqa muammolarni batafsil axborotlar toʼplash va ularni atroflicha tahlil etib turish muvaffaqqiyatlar garovi, foyda koʼrib ishlashning muhim shartlaridan sanaladi.
Korxona bozor mexanizmi va konyukturasini batafsil hamda tahlil qilgan holda oʼz imkoniyatlarini yoʼlga qoʼyishning iktisodiy, ijtimoiy, huquqiy shartlarini tuzib chiqadi. Bu esa yaqin va uzoq davriylikda faoliyat yuritishning yoʼnalishlarini belgilash hamda uning rejasini tuzib chiqishni xarakterlaydi. Rejali asosda ishlab chiqarishni boshqarish ham bevosita bozor regulyatori elementlari taʼsirida yoʼlga qoʼyiladi. Tahlilda asosiy eʼtibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Bozordagi ahvol va uning oʼzgaruvchanligi, talab va taklif darajalari, bozor sohiblari va ularning mavqei, faoliyatni yoʼlga qoʼyishning imkoniyatlari keng qamrovda oʼrganiladi.
Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar bilan toʼyinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oralikda oʼzgaruvchanlik ehtimollari, tovarlar narxining oʼzgaruvchanligi, eng yuqori foydaliligi, muvozanatlashgan koʼrsatkichlar va ularning oʼzgarishlariga baho beriladi.
Bozor sharoitida isteʼmol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash va uning pul-tovar muomalasi tufayli roʼyobga chiqadi. Buning uchun oldi- sotdi, xaridor-sotuvchi pogʼonalaridan oʼtib, bir qator shakllarni boshdan kechirmogʼi zarur, yaʼni, ehtiyoj-talab— isteʼmol. Demak, bozorni talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi.
Talab — bu eng avvalo biron-bir neʼmatlar yoki xizmatlarga bulgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bulishi va uni pul bilan taʼminlashidir.
Taklif — bu muayyan paytda bozorda bulgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bulgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
«Ekonomiks» mualliflari K.R.Makkonell va SL.Bryularning taʼkidlashicha, isteʼmol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Chunki isteʼmolchilar uz pul daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan tarzda sotib olishlari va shular bilan uz isteʼmollarini ixtiyoriy qondirish imkoniga ega boʼlishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish kerakligini isteʼmolchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal qiluvchi kuch beradi.
Talab, avvalo, resurslarga va isteʼmol tovarlari, tovarlashgan xizmatlarga bulgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab chiqarish isteʼmolini, ikkinchisi esa shaxsiy isteʼmolni, qondirishga qaratilgandir.
Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni oʼrgangan holda unga toʼgʼri baho berishlari kerak. Buning uchun bozorlarda tekshiruv ishlarini yoki ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa javoblarini tarqatish orqali isteʼmolchi talabini urganish lozimdir.
Bozorni oʼrganishda moliyaviy va boshtsaruv tahlili fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
• qanday mahsulot ishlab chiqarish lozimligini belgilaydi;
• qancha mikdorda ishlab chiqarish kerakligini kursatadi;
• korxonaning kelajakda yaratish kerak bulgan mahsuloti toʼgʼrisida maʼlumot beradi;
• foyda olish va uning hajmini oshirish imkoniyatlarini koʼrsatadi va hokazolar.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va amalda qoʼllanilayotgan qonunlar respublikada faoliyat koʼrsatayotgan turli mulk shaklidagi korxonalarning toʼliq, erkin holda ish yuritishini taʼminlamoqda. Bu esa ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish yoʼnalishlarini oʼzlari belgilab olishlariga imkoniyat yaratadi. Demak, erkin bozor iqgisodiyotida korxonalarning katta daromad olishlari oʼz harakatlariga bogʼliq boʼlib qolmokda. Аyniqsa, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, belgilangan muddatlarda sotib, pul tushumlari barcha xarajatlarni qoplab, moʼmaygina foyda koʼrish bosh maqsad boʼlib qolmogʼi lozim.
Ushbu ijobiy taraflarni eʼtiborga olib, korxonalarning bozordagi talab va taklifini oʼrganib ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish muhim ahamiyatga egadir.
Marketing kontseptsiyasiga koʼra har bir faoliyat yurituvchi korxona muvaffaqiyatga erishish uchun eng avvalo isteʼmolchilarning tilaklarini nazarda tutishi kerak. Bu esa ularga mos tushadigan tovarlar ishlab chiqarishni taqozo etib, quyidagi qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi:
1. Xaridorlarni tushunish va ularni qiziqtirgan doirani aniklash;
2. Tovar va xizmatlarning mulkchiligini taʼmynlash;
3. Tovarlar haqida kerakli maʼlumotlarni yetkazib berish.
Yuqorida keltirilgan qoidalar marketingning toʼrt aktsiomasiga asoslanadi:
• «Qiziqgirish muvaffaqiyat garovi»
• «Raqobat tanlash ni ragʼbatl antirad i»
• «Tanlov qiyinchilik tugʼdiradi»
• «Tanlovdagi raqobat tovarni takomillashtiradi»
Talabni urganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tavsiflariga koʼra turlarga ajratish usullarini ishlab chiqqan. Shu bilan birga ularning psixologik taraflarini eʼtiborga olib, tahlil qilish keng rivojlanmoqda.
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va moddiy qiymatliklarga bulgan ehtiyoji-talabi uzluksiz oʼzgarib, ortib boradi.
Talab uzgarishi (elastikligi) mavjud boʼlib, bu:
• baholar uzgarishi va holati;
• xaridorlar mikdori va ularning didi, istagi;
• isteʼmolchilarning pul daromadi;
• oʼrnini almashtirish mumkin bulgan yoki oʼrnini bosadigan tovarlar xajmi;
• inflyatsiya ehtimoli kabilarga bogʼlikdir.
Bozordagi taklif etilgan tovarlar mikdorining bir necha omillari mavjud boʼlib, ular quyidagilardan iborat:
1. Taklif etiladigan tovarlar bahosi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Tovar ishlab chiqaruvchilarning mikdori;
4. Ishlab chiqarish omillari bahosi;
5. Soliq va subsidiyalar;
6. Baholarning oshish ehtimoli va hokazolar
Taklif, bozor tovar bilan toʼla taʼminlangandan keyin oʼzgarmasdan bir meʼyorda bulishi ham mumkin, bunda baho oshib borishi bilan bozorga chiqariladigan tovar koʼpayishining zarurati boʼlmay qoladi. Shunda ishlab chiqarish hajmi ham oʼzgarmay, taklif ham bahoga bogʼliq boʼlmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Taklifning oʼzgaruvchanligi, umuman talab oʼzgaruvchanligiga oʼxshab, tovar bahosishshg oʼzgarish, taklifning oʼzgarish darajasini anikdash uchun taklif oʼzgaruvchanligi koʼrsatkichi (K) qoʼllaniladi. Unga koʼra
Аgarda, K>1 boʼlsa, taklif oʼzgaruvchan;
K=1 boʼlsa, nooʼzgaruvchan;
K<1 boʼlsa, mutloq nooʼzgaruvchan boʼladi.
Talab va taklifni ifodalashda asosiy koʼrsatkichlardan boʼlib, yana kuyidagilar hisoblanadi:
• Jami talab kursatkichi. Har bir isteʼmolchining oʼz, shaxsiy talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha isteʼmolchilar talabi yigʼindisidan kelib chiqadi. Shunday ekan, jami talab koʼrsatkichi narxlarning muayyan darajasida barcha isteʼmolchilar sotib oladigan tovarlar mikdorining ifodasi sifatida keladi.
• Jami taklif kursatkichi. Bu koʼrsatkichning shakllanishi ham xuddi talabniki singari, jami taklif yigʼindisidan kelib chiqadi. Bu esa jami sotilishi lozim bulgan tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.
Omillarning talab hajmi uzgarishiga taʼsirini kuyidagi bogʼlanishlarda talab funktsiyasida ifodalash va aniqlash mumkin, yaʼni:
Bu yerda:
R, RА, Rv - turdosh tovarlar bahosi;
I — aholining pul daromadlari;
T — aholining didi va nimani afzal koʼrishi;
S - mulkiy jamgʼarma.
Аgar tovarlar bahosidan boshqa jami omillar oʼzgarmas deb olinsa, talab funktsiyasi faqat baho funktsiyasiga teng boʼladi. Yaʼni,
ga teng boʼladi.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarilishidan oldin uning isteʼmol xususiyatlari tahlil qilinadi, hamda raqiblarning mahsulotlari nimaga sotilayotganligi sabablari oʼrganiladi.
Oʼrganish amaliyoti shu narsani koʼrsatdiki, isteʼmol xususiyati, yaʼni tovarning oʼz vazifasini bajarishi uning hayotdagi oʼrnini beqiyos qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga kura uch turga ajratiladi:
1. Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari;
2. Ularning maʼnaviy ehtiyojlarini qondira bilishligi;
3. Tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni tuldiruvchi erganomik xususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayan vazifani bajarib, uning modtsiy ehtiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va xidi kabi tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari oʼrganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda anitslanadi:
• oiladagi roli, majburiyat doirasiga koʼra;
• boshqa odamlar bilan munosabati ga qarab;
• guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
• katta jamoatchilikka qoʼshilishi bilan va hokazolar.
Hozirda talab va taklifni oʼrgangan holda mahsulot ishlab chiqarish korxonalarning gullab — yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mahsulot, ish va xizmatlarga boʼlgan bozor talabining maksimal darajada qondirilishi bozor mexanizmining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona faoliyati eng avvalo, bozor regulyatorlari asosida tartiblanadi. Bunda iqgisodiy manfaatlar mushtaragligi eʼtiborga olinadi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |