vanyanminizm yo‘nalishlariga asos soldilar.
Chju Si (1130-1200) mumtoz konfutsiychilik matnlarining bilimdoni bo‘lib, ularni
sinchiklab tahlil qildi. U an'anaviy konfutsiychilik falsafasini nazariy jihatdan tizimga solib,
yagona bir shaklga keltirdi. Ilk konfutsiychilikka nisbatan solishtirganda uning ta'limoti aqlga
ko‘proq tayangan va metafizikona edi. Konfutsiychilikning asosiy tushunchalari unda
yangicha ruhda, konseptual ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Masalan, agar ilk konfutsiychilikda
«Li» tushunchasi tartib va hatti -harakat me'yorini anglatuvchi tushuncha bo‘lsa, Chju Sida u,
o‘z avvalgi ma'nosini saqlagan holda, axloqiy tushunchadan voqyeylikdan ustun turgan
«Taydzi», ya'ni azaliy, doimiy va umumiy qoida bo‘lgan «Buyuk hudud» ni anglatuvchi
mutlaq falsafiy tushunchalardan biriga aylanadi. Li ashyolarning haqiqiy tabiatini, ya'ni
ularning eng avvalgi mohiyatini gavdalantiriadi. Lining jismoniy va moddiy to‘ldirilishi Sidir.
Si - bu olamning son-sanoqsiz ashyolarining ko‘pligidir. Li va si nisbati Chju Si quyidagicha
hal qiladi: «avval Li, keyin Si».
Koinot haqidagi chjusianelik qarashlari ham shunga muvofiq quriladi. Unda birinchi sabab
Taydzi sini keltirib chiqaradi, buning uchun esa, u o‘zgarishlar jarayonini va uzluksiz
uyg‘unlikni qidirish boshlanganligini e'lon qiluvchi In - yan harakatiga tashabbus
bag‘ishlaydi. Bu o‘z navbatida 5 tabiat hodisaning – suv, olov, yog‘och, metall va tuproqni
barpo qiladiki, ular inson faoliyatida mujassamlashadi va insonni dunyo jarayoniga
qo‘shilganligini aks ettiradi. Axloq tabiiy kuchlarning bir-biriga nisbatini ifoda qiladi. Taydzi
tufayli tabiat hodisalarining qo‘shilmasi o‘z asosiga ko‘ra harakatsizlikka egadir. Bundan «5
doimiy tabiat hodisalari» haqidagi ta'limot, «ismlarni taqsimlash», «ismlarni tuzatish»
haqidagi qarashlar kelib chiqadiki, ular Osmonning irodasi sifatida talqin qilinadilar.
Konfutsiychilikning asosini tashkil qiluvchi o‘z-o‘zini yuksaltirish haqidagi masalada Chju Si
shunday fikrni yoqlaydiki, asosiy vosita mumtoz risolalarni o‘rganish yo‘li bilan
konfutsiychilikning asosiy nazariy bilimlarini egallash mumkin. Shunday qilib, Chju Si
konfutsiychilikda eng yaxshi nazariy ishlab chiqilgan tizimni vujudga keltirdi.
Van Yanmin (1472-1529) Chju Sining zamondoshi va raqibi edi. Chju Sidan farqli o‘laroq,
unda li bilan si o‘rtasida qirra uchiriladi. Li – dunyoning, koinotning mohiyati bo‘lib «bizning
yuragimizda» joylashgandir, yurak mohiyati esa – bu tug‘ma bilimlardir. Si - bu tug‘ma
bilimlarning yoyilishidir. Li - bu shunday narsaki, sini taqozo etadi. Narsalar mohiyatini bilish
bu tug‘ma bilimlarni aniqlashdir. Shunga muvofiq ravishda Van Yanmin o‘z-o‘zini bilish va
tajribaga katta diqqat - e'tibor beradi. Agar Chju Si fikricha, o‘z-o‘zini takomillashtirish,
illatlardan tuzalish vositasi sifatida lini tushunish bo‘lsa, Van Yanminda muhim narsa
o‘zining hatti-harakatlari va fikrlarini tahlil qilishdir, ya'ni tug‘ma bilimlarni tushunib olishni
o‘rganishdir. Agar Chju Sida bilim (lini bilish) faoliyatdan oldin kelsa, Van Yanminda bilim
va faoliyatning birligi qoidadadir. Bu yerda buddaviylikning, hammadan avval Chan
maktabining ta'siri seziladi.
Umuman konfutsiychilik daosizmning ko‘p g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Shu bilan birga
yangi konfutsiychilik mukammal qoidaviy asosga ega. Shu sababdan ham u sezilarli darajada
xitoy falsafasigagina emas, balki butun uzoq sharq falsafasiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
VII asrda Quriya Qirolligi Silla hukmronligi ostida birlashdi. Keyinchalik uning o‘rniga
Kore sulolasi (918-1392) hokimiyat tepasiga keldiki, bu sulola davrida buddaviylik o‘zining
eng gullab - yashnagan ravnaqiga erishdi. Ammo buddaviylik ibodatxonalari tomonidan
yerlarning o‘zlashtirilishiga qarshi norozilik, konfutsiychilik va daosizm tomonidan bo‘lgan
muxolifat, sulolaning almashishi, davlat mafkurasini ham almashishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |