Bo‘stoniy (1835-1907) va Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahim (1850-1930) kabi uning
yosh izdoshlari ham o‘zlarining «Tarixi salotini mang‘itiya dorussaltanati Buxoroi sharif» va
«Tarixi Salimiy» nomli asarlarida Rossiya tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib
olinishi, mamlakatning boshqarilishi, o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab shariat qonunlari va
*
1875-1881 йилларда ѐзилган ҳамда Бухоро ва Туркистоннинг илғор зиѐлилари орасида машқур бѝлган
бу асарнинг бир неча муаллиф нусхалари мавжуд. Тарихчи Б.В. Луниннинг ѐзишича; «асарнинг қѝлѐзма
нусхалари қѝлдан-қѝлга ѝтиб, ѝша давр ижтимоий ҳаѐтининг ѝқувчиларни тѝлқинлантирган кѝплаб
масалаларга жавоб берган ва уларнинг дунѐқарашини кенгайтирган» (Историография общественных
наук в Узбекистане. Био-библиографические очерки. Ташкент, 1974. С.104.)
137
ЍзР ФА Шарқшунослик институти қѝлѐзмалари фонди. Инв. № 1387.
138
Епифанова Л.М. Кѝрсатилган аср. 15-б.
islom falsafasi asoslarining qasddan buzilishi singari hodisa va dalillar tahlili asosida xalqning
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida to‘liq tasavvur beradilar.
Ahmad Donishdan keyin ular Sharq tarixnavisligida qaror topgan hodisalarga baho
berishda hukmron sulolalar va hukmdorlar bilan bog‘liq ravishda ko‘tarinki uslubda
yondashish an'analaridan voz kechish bilan tarixda ilmiy xolislik tamoyilini rivojlantirdilar.
Qozoq yozma adabiyoti va she'riyatining asoschisi, ma'rifatparvar va faylasuf Abay
(Ibrohim Qo‘nonboev) (1845-1904) Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Nodira kabi Sharq
mumtoz so‘z san'atkorlari she'rlari ruhida tarbiyalandi va ta'lim oldi. U Alisher Navoiyni
o‘zining ustozi hisoblar edi. 1886-1895 yillar uning ijodiy takomilida ayniqsa samarali
bo‘ldi
139
. U o‘z asarlarida Sharq falsafasining ma'naviy negizlarini, muhabbat, do‘stlik,
insonning insonga hurmatini targ‘ib etdi. «Mening elim - qozog‘im», «Adashganning oldi
yo‘q», «Ilm topmay maqtanma», «Yoshlikda ilm deb o‘yladim», «Boylar yurar molin
ardoqlab» va boshqa she'rlarida yosh avlodni ilm olish uchun barcha imkoniyatlarini ishga
solishga chaqirdi.
Abay 300 ga yaqin she'riy asarlar muallifi bo‘lib, ularning barchasida xalqni ilm-ma'rifat,
insoniylik, halollik, sevgi-sadoqatga da'vat etish g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi.
Rus adabiyoti va o‘sha davrda Semipalatinskka surgun qilingan I.I.Dolgopolov,
ye.P.Mixaelis va boshqa Rossiyaning demokratik kayfiyatdagi ilg‘or ziyolilari bilan tanishishi
Abayga katta ta'sir ko‘rsatdi. Abayning nafaqat adib, balki ijtimoiy shaxs sifatidagi siymosi
butun turkiy dunyo ilg‘or ziyolilari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki uning
hamjihatlik, do‘stlik va birodarlikka qilgan da'vatlari istiqlol va mustaqillik uchun siyosiy
harakatlar pishib yetilgan barcha joylarga borib yetdi.
Ma'rifatparvar va demokrat Cho‘qon Valixonov (1835-1865)ning asl ismi Muhammad
Hanaviya bo‘lib, serqirra tarixchi olim, etnograf, folklorshunos, geograf va, ayni paytda,
musavvir ham edi. Qozog‘istonning Kustonoy viloyatida tug‘ilgan, harbiy bo‘lish maqsadida
Omskdagi Kadet korpusini tugatgan bu inson Sankt-Peterburg universitetining tarix-filologiya
fakultetida ma'ruzalar tinglaydi va xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plab, butun Markaziy
Osiyoni o‘rganadi. U tarix, geografiya, etnografiya, siyosiy iqtisod, arxeologiya,
folklorshunoslik sohalarida ilmiy asarlar yaratadi. Uning «Jung‘ariya tarixi», «Qo‘lja safari
kundaligi», «Qashg‘ar safari kundaligidan», «Qirg‘izlar», «Xon Abiloy», «Xitoy
imperiyasining g‘arbiy o‘lkasi va G‘ulja shahri», «Ko‘kitoy xonning oshi», «Dala
musulmonligi», «Qozoqlar haqida yozmalar», «Sud reformasi haqida», «Qozoq shajarasi»
kabi asarlari Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, G‘arbiy Xitoy, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur kabi
xalqlarning etnografiyasi, turmushi, madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo xalqlar hayoti, turmushi bilan bevosita tanishish, shuningdek, yevropa va
butun dunyoda kechayotgan jarayonlar to‘g‘risida mulohaza yuritish uning demokratik
qarashlarining o‘sishiga yordam berdi. Ma'rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilar ekan, u
ko‘chmanchi xalqlarni o‘troq bo‘lib yashash, rus madaniyati va Rossiya fanining yutuqlari
bilan tanishishga da'vat etdi. Cho‘qon Valixonov D.I.Mendeleev, P.P.Semyonov-
Tyanshanskiy, G.N.Potanin kabi rus olimlari bilan shaxsan tanish edi. U siyosiy-falsafiy
tafakkurda realizm an'analarining tarafdori edi va bu boradagi qarashlari o‘z tadqiqotlari va
150 ga yaqin tasviriy san'atga oid asarlarida davom ettirdi.
O‘z ta'biricha, «taraqqiyotning qandaydir g‘ayritabiiy inqirozi»
140
namunasi bo‘lgan
Markaziy Osiyoning qayg‘uli ahvolini chuqur idrok etgan Cho‘qon Valixonov buning
sabablarini nafaqat qoloqlikda, ayni paytda, mahalliy xalqlarning siyosiy faolligi
kuchayishidan cho‘chib, ularni ma'rifatli qilishdan manfaatdor bo‘lmagan Rossiya
imperiyaparast ma'muriyatining o‘lkani mustamlaka sifatida boshqarishida ham ko‘radi.
139
Қаранг: Маънавият юлдузлари.-Тошкент, 2001. 347-349-бетлар.
140
Валихонов Ч. Избранные сочинения. Москва, 1982. С.83.
Sud jarayonlarini isloh qilishga tayyorgarlik ko‘rish davrida Cho‘qon Valixonov Rossiya
ma'muriyati oldiga Turkistonning mahalliy xalqlari manfaatlarini hisobga olgan holda, bir
qator o‘zgarishlarni amalga oshirish taklifini qo‘ydi. U yozadi: «Hozirgi davrda xalq uchun
eng muhim va yaqini bevosita xalqning zarur ehtiyojlariga taalluqli iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlarni o‘tkazish hisoblanadi... Shu nuqtai nazardan faqat kishilar turmushini
yaxshilashga yordam beradigan islohotlargina foydali bo‘lib, bu maqsadga erishishga biror
sabab bilan xalaqit beradiganlari zararlidir»
141
.
Cho‘qon Valixonov mavjud tuzumni tubdan o‘zgartirish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan
emas, uning fikricha, xalqning ahvoli uni kim boshqarishi, rahbarning qanchalik
ma'rifatliligiga bog‘liq. Lekin u hukmron tabaqalar siyosiy hokimiyatining cheklanishini
xalqning erkin rivojlanishining zarur sharti deb hisoblardi. Ma'rifat hamda yashash va mehnat
qilish uchun yaxshi sharoit va dono hukmdorlar - mana Valixonovning demokratik
intilishlarining asosi.
Ch.Valixonov tabiatni tadqiq etish usulini ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini o‘rganishga
joriy etishni taklif qildi. «Sibir boshqarmasi qirg‘izlari sud reformasi haqida yozmalar»ida u
turli islohotlarni hayotga joriy etish qishloq xo‘jaligida ekinlarni yetishtirishda qo‘llanadigan
usullarga asoslanishi, ya'ni, avvalo ekinning o‘zini o‘rganish, uning qanday tuproqda o‘sishi,
qancha yorug‘lik, issiqlik va boshqalarni talab qilishini bilish kerak, - deb yozadi. «Bu
nazariyaning mohiyati ekinga u muhtoj bo‘lgan narsani berish, uning o‘sishiga xalaqit
beradigan barcha narsalarni bartaraf etishga asoslanadi»
142
. Jamiyatga munosabatda ham
xuddi shunday yo‘l tutish, ya'ni ekinning hayoti kabi jamiyat hayotini ham fanniy bilimlar
yordamida boshqarish lozim. Ch.Valixonov tomonidan ilgari surilgan bu qoidalar ilg‘or
ijtimoiy fikrlar rivojiga nihoyatda qimmatli hissa bo‘lib qo‘shildi
143
.
Mashhur o‘zbek ma'rifatparvari, diniy arbob, sharqshunos Sattorxon Abdulg‘afforov
(Abdusattorxon Abdulg‘affor o‘g‘li) (1846-1901) o‘z dunyoqarashida islom, sharq va g‘arb
qadriyatlarini ajoyib bir tarzda uyg‘unlashtirgan nodir siymo sifatida namoyon bo‘ladi. U
hayoti davomida Chimkent va Qo‘qonda mufti va qozi, «Turkiston viloyatining gazeti»da
tarjimon, Toshkentdagi o‘qituvchilar seminariyasida sharq tillari muallimi kabi vazifalarda
xizmat qiladi. Uning, ayniqsa sharqshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy izlanishlari,
jumladan, Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha ocherki, islom fiqhshunosligiga oid «Al-hidoya»
nomli mashhur to‘plamning rus tiliga tarjima qilinishidagi ishtiroki olimlar tomonidan yuksak
baholangan.
Sovet tarixnavisligida Sattorxon Abdulg‘afforovning faoliyati uning rusparastligi sifatida
baholangan, Turkistonning Rossiyaga «qo‘shilishi»ning ijobiy tomonlari to‘g‘risidagi fikrlari
mafkuraviy qoliplarda talqin qilingan. Bunday nuqtai nazar moskvalik sharqshunoslar
o‘rtasida hozir ham mavjud
144
. Holbuki, bunday biryoqlama baho uning har jihatdan turli-
tuman bo‘lgan ikki qarama-qarshi tomonni kelishtirishga asoslangan falsafasining mohiyatini
tushunmaslik bilan izohlanadi. Sattarxon faqat Rus ma'muriyati tomonidan islom
imperiyadagi rasmiy dinlardan biri sifatida qabul qilingan sharoitdagina bunday kelishish
mumkin, deb hisoblaydi. 1883 yilning 27 dekabrida hukumat tomonidan turkistonliklarga,
xususan, ta'lim sohasi va diniy e'tiqod masalasida yon berishni so‘rab Turkiston o‘lkasi
bo‘yicha o‘quv ishlari bosh noziriga yo‘llagan, mazmunidan Turkiston general-gubernatori
M.G.Chernyaev ham xabardor bo‘lgan maktubida u «xalq maktablari» (ya'ni, rus - tuzem -
D.A.)da islom dinini o‘qitish (jumadan tashqari)ga ruxsat berishni so‘raydi. «Rus alifbosi
bilan birga, mahalliy alifbo ham o‘rgatilishi», ayni paytda, milliy kiyimlarni yevropacha
141
Қаранг: Бекмахонов Е. Очерки истории Казахстана XIX в Алма-Ата, 1966. С.141.
142
Валихонов Ч. Статьи. Переписка. Алма-Ата, 1947 С. 42.
143
Сегизбаев О. Мировоззрение Чокана Валихонова. Алма-Ата, 1959. С.46.
144
Қаранг: Арапов Д.Ю. Необходимо ... заняться образованием края (Саттархон Абдулгафаров о задачах
русской политики в Средней Азии // Вестник Евразии. Москва, 2004, №1, С.169-184.
liboslar bilan almashtirilishini talab qilmaslik kerak hamda Turkiston mahalliy xalqining
milliy an'analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart, deb yozadi u.
«Islom dinini o‘qitish sira ham asosiy ishimizga ziyon yetkazmaydi ... , - deb yozadi u, -
islom go‘yo musulmon tamadduniga to‘siq bo‘ladi degan qarashlarga javoban shuni
aytmoqchimanki, dindoshlarimiz bo‘lgan arablarda Muhammad payg‘ambar davridan boshlab
tamaddun gullab-yashnagan edi. Muhammaddan keyin ham uning xalifalari zamonida
taraqqiyot yo‘lida barcha imkoniyatlar ishga solindi. Agarda islom taraqqiyotga to‘siq bo‘lsa,
Muhammad hyech qachon olimlarga homiylik qilmas, xalifalar tamaddunni rivojlantirishga
intilmas, Qur'onning birgina so‘zi bilan unga qarshi chiqar edilar».
Aynan Qur'onni va din tarixini chuqur bilishi uning islom qonunchiligi me'yorlari bilan
hisoblashishni istamaydigan konservativ ulamolarning harakatlarini salbiy baholashiga imkon
berdi. Lekin dindorlar tomonidan vaqflar taqsimotida sodir bo‘layotgan adolatsizliklar va
vaqf mulklarining talon-toroj qilinishi haqida mulohaza yuritar ekan, Sattorxon faqat chor
amaldorlari tartib o‘rnatishi mumkin, buning uchun esa, qozilar, ellikboshilar va boshqa
amaldorlarning saylab qo‘yilishini bekor qilib, uning o‘rniga hukumat tomonidan ularni
tayinlash tizimini joriy etish kerak deb, metropoliyaning davlat tizimini ideallashtiradi.
Shunday qilib, Sattorxonning qarashlari romantik xususiyatga ega edi: tushunadigan, o‘zi
bosib olgan xalq haqida qayg‘uradigan muruvvatli mustamlaka hukumat, va o‘z navbatida,
tinchlikni hamda har jihatdan rivojlangan Rossiyaning yutuqlarini o‘zlashtirishning foydasini
anglaydigan xalq.
Bularning barchasiga qaramay, Sattorxon Abdulg‘afforov kabi ma'rifatli kishilarning
bunday qarashlari hukumat doiralarining turli qarorlar qabul qilishlarida real ta'sir ko‘rsatish
maqsadiga yo‘naltirilgan edi.
Ayni paytda, o‘ziga zamondosh bo‘lgan ko‘plab ma'rifatparvarlar kabi, u taqdirning
oldindan belgilab qo‘yilishi tarafdori bo‘lmay, yaratuvchi insonni birinchi navbatda bilim
orqali o‘zini-o‘zi kamolotga yetkazishi uchun katta imkoniyatlar bergan, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |