Xoja Ali Samarqandiyning geometriya, algebra va astronomiya bo‘yicha ma'ruzalarini
tinglaydi. Keyinchalik shoir shayx Sa'diddin Qoshg‘ariyga shogird tushib, Naqshbandiylik
tariqatini undan o‘rgana boshlaydi va Naqshbandiylik sulukining ko‘zga ko‘ringan
nazariyotchisiga aylanadi.
Jomiy qomusiy olim edi. U geometriya, astronomiya, kosmografiya, matematika fanlarini
puxta o‘zlashtirgan, arab tili, falsafa, ritorika, axloqshunoslik borasida yirik asralar yozgan
edi. Allomaning muhim asarlari sirasiga «Bahoriston», «Sharxi ruboiyot», «Haft avrang»,
«Lavoih», «Nafahot ul-uns» va boshqalar kiradi.
Jomiy borliqni vahdati vujud ta'limoti asosida talqin qiladi. Uning tushuntirishicha, Xudo
butun mavjudotlarning bosh sbaabchisi, ijodkoridir. U abadiy. Qolgan hamma narsa va
hodisalar o‘tkinchi va vaqtinchadir. Uning e'tiqodicha, Xudo yagona bo‘lmaganda edi,
dunyoda tartibsizlik hukm surar edi. Unda dunyo qonun asosida faoliyat ko‘rsatmagan,
tinchlik eshiklari ochilmagan bulur edi. Butun dunyo yo‘qlikka aylanib, balki bu yo‘qlikdan
chiqaolmagan bo‘lur edimi
123
.
Jomiy gumanistik ta'limotining markazida inson turadi. Shoir insonning bilish qobiliyati
cheksiz ekanligini ta'kidladi, asarlarida shaxs erkinligi, adolat, sahovat, mehnatsevarlik,
to‘g‘rilik, bilimdonlik haqida fikr yuritdi. Uning aytishicha, inson mehnat faoliyatida moddiy
dunyo hodisalarini idrok qiladi. «Imkoni boricha hamma narsa haqida haqiqatni bilishga
intiladigan va o‘zining bilib olgan narsalarini amalda qo‘llay oladigan kishi dono deb
aytiladi»
124
.
Jomiy o‘z asarlarida jabr-zulm qiluvchilar va zo‘ravonlarni qoraladi. Zeroki, ular shahar
va qishloqlarni harobaga aylantiradilar, dehqon va hunarmandlarni talaydilar. Jomiy mehnat
ahllarini davlatning tayanchi deb bildi. Shuning uchun u boy va amaldorlar, hukmdorlarni
dehqonlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni mehnatini qadrlashga da'vat etdi, davlatni asosi
adolat ekanligini alohida ta'kidladi.
Jomiy ilm-fan bilan shug‘ullanishni inson uchun qadrli va munosib ish deb bildi.
Jomiy kishilarni yoshlikdan tarbiya qilishga, ularga kasb-hunarni egallashga qiziqish
uyg‘otishga da'vat etdi. Olim johillik, nodonlik, mag‘rurlik, o‘z boyligi bilan maqtanishni
qattiq qoraladi.
Jomiy, xuddi Sharqning boshqa mutafakkirlari kabi, davlatni dono, ma'rifatli va adolatli
hukmdor boshqarishi lozim, deb o‘yladi. Hukmdorning donoligi adolat va qonunlarga amalga
qilishida namoyon bo‘ladi. Jomiy o‘zboshimchalik, qonunsizlik, jabr-zulm, zo‘ravonlikdan
holi bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. U «Iskandar xiradnomasi» asarida mukammal
shahar-davlatni tasvirlaydi. Iskandar uzoq yurishlardan so‘ng bir shaharga yetib keladi. U
podshohsiz boshqariladi. Bu shahar juda obod bo‘lib, unda hamma tinch, kambag‘al va boylar
yuq, hamma mehnat bilan mashg‘ul, odamlari halol va yuksak fazilat egalari
125
.
Ulug‘ o‘zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda
tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil
oladi. Shoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn
Boyqaro o‘tirgandan so‘ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib
tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg‘argan boyligini
ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-
ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o‘tkazadi.
123
Жомий. Ћафт авранг. –Т., 1914. 81-б.
124
А.Джами. Весенный сад. Душанбе, 1964, 56-б.
125
А.Жомий. «Искандар хираднома»си. Кѝрсатилган асар. 221-225-б.
She'riyat mulkining sultoni bo‘lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular
adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa,
nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag‘ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga
«Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid
Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn»,
«Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh
dostondan iborat: «Layli va Majnun», «Sab'ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va
Shirin» va «Saddi Iskandariy».
Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta'limotiga asoslangan. Mutafakkir
o‘zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e'tiqodiga
ko‘ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat
qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne'matlaridan
foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning
yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a'losi va gultojisi insondir.
Mutafakkir dunyoqarashida gnoseologik masalalar ham muhim o‘rinni egallaydi. U sezgi
va aql yordamida zohiriy narsalarni, murakkab jarayonlarni idrok qilish mumkinligini qayd
qildi. Uning aqidasiga ko‘ra, aql tufayli hissiyot bergan ma'lumotlar umumlashtiriladi,
hodisalardagi umumiy va muhim narsalar bilib olinadi. Aql uningcha, Alloh in'om etgan
bebaho gavhardir, u hamma boyliklardan afzaldir. Shuning uchun Navoiy bu gavharni
egallashga chaqiradi.
Ko‘nglungga xirad yo‘lin padidor ayla,
Bu naqdqa joningni xaridor ayla,
Har ishda xiradni o‘zungga yor ayla,
Jurmung tarkidin xirad izhor ayla
126
.
Navoiy kishilarni bu dunyo noz-ne'matlari, go‘zalliklaridan kishilarni bahramand
bo‘lishga, hayotni sevishga chaqirdi.
Navoiy buyuk insonparvar shoir edi. Ul zot asarlarining markazida inson va uning
fazilatlarini kuylash turar edi. Uning aytishicha, odam o‘zining aqli, qobiliyati, nutqi, xulq-
odobi, ongli xatti-harakati, shirinsuhanligi bilan boshka tirik mavjudotlardan ajralib turadi.
Navoiy o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmdorning faoliyatiga katta e'tibor berdi.
U mamlakatni odil va ma'rifatli shoh boshkarishi lozim, deb hisoblaydi. Bunday hukmdor o‘z
qul ostidagilarga odilona munosabatda bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi lozim.
Mutafakkirning gumanistik va umuminsoniy qarashlari tinchlik va urush masalasiga
munosabatida yorqin namoyon bo‘ladi. U butun umri davomida bosqinchilik urushlari va
zo‘ravonlikka qarshi kurashdi, xalqlarni tinch-totuv yashashga, do‘stlikka da'vat etdi:
Navoiy kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillikni kuyladi. Uning qahramonlari turli xalq va
elatlarga mansub edi. Iskandar – yunon, Majnun – arab, Shirin – arman, Shopur – eroniy,
Farhod – xitoy va hokazo. Navoiy tasvirlagan badiiy timsollar bilimdonligi, zukkoligi,
jasurligi, qahramonligi, mehr va muruvvatliligi, sahovatpeshaligi, odamiyligi bilan ajralib
turadi.
Navoiy islom qonun-qoidalari, Qur'on va shariatga qattiq rioya qildi. U tasavvufning
naqshbandiylik sulukiga rioya qilib, ko‘prok uning amaliy tomonlariga e'tibor qaratdi.
Alloma fikricha, solik Alloh vasliga yetishish uchun bu dunyoda poklanish, xayrli ishlar bilan
mashg‘ul bo‘lishi, tinmay mehnat qilishi, o‘zgalarga yordam berishi, salbiy illatlarga qarshi
kurash olib borishi lozim.
Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari insonparvarlik ruhi bilan
sug‘orilgan, uning adolat, ilm-fan, ma'rifat, kasb-hunarni egallash, ta'lim-tarbiya haqidagi
g‘oyalari hozirgi mustaqillik sharoitida ma'naviy-axloqiy yuksalishga xizmat qilmoqda.
126
А.Навоий. Назм ул-жавоҳир. 15-том. Т., 1968. 19-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |