Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha ijtimoiy-falsafiy fikr



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   290
Bog'liq
falsafa

4-§. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha ijtimoiy-falsafiy fikr 
 
 Mirzo  Abdulqodir  Bedil  (1644-1721)  Hindistonning  Azimobod  shahrida  tug‘ildi.  Uning 
hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug‘ri keldi. Bedil ko‘p asarlar yozib 
qoldirdi:  «Chor  unsur»  («To‘rt  unsur»),  «Nukot»  («Askiya»),  «Irfon»  («ma'rifat»), 
«Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar. 
Borliq  haqida  ta'limot.  Bedil  Sharq  mashoiyunlari  (Arastu  izidan  boruvchilar)  an'anasini 
davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. U 
panteistik aqidaga ega bo‘lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar 
edi.  Barcha  narsalar  zaruriyat  yuzasidan  vujudga  keladi:  -    «Barcha  ashyolarda  ularning 
bo‘lakchalari  o‘zgarganligi  sababli,  yangi  narsa  kelib  chiqadi:  -    bu  ajoyib  sirli  hodisa 
zaruriyat  yuzasidan  ro‘y  beradi,  bu  zaruriyat  ashyolarning  o‘zida  va  ular  orasidagi  o‘zaro 
munosabtalarda  mavjud  bo‘ladi.  Masalan,  yog‘,  pilik,  va  olovning  bir-biriga  qo‘shilishidan 
zaruriy  ravishda  yorug‘lik  kelib  chiqadi»
127
.  Dunyo  o‘zgarishda    va  doimiy  harakatdadir. 
Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni  oladi. 
Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: -  «Agar modda shaklsiz bo‘lsa, shakl 
qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo‘lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»
128

Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to‘xtaydi. Uning fikricha, inson o‘z hatti -
harakatlarida  erkindir.  Uning  o‘zi  qanday  ish  tutishligini  belgilashi  lozim.  Bedil  tabiiy 
zaruriyatni,  tabiat  qonunlarini  tan  oladi.  Ikkinchi  tomondan,  u  zaruriyatni  ilohiy  irodaning 
namoyon bo‘lishi, deb qaraydi. Bedil sufiylarning tarki dunyochilik g‘oyalarini, taqdiri azalga 
ishonish  nazariyasini  tanqid  qiladi.  U  Hindistonda  keng  tarqalgan  tanosux  -  ruhni  ko‘chib 
yurishi haqidagi aqidaga tanqidiy munosabat bildiradi, dinning ba'zi qoidalariga shubha bilan 
qaraydi. Bedil fikricha, dunyoning va insonning kelib chiqishi quyidagicha: -   
Xudo tuproq, suv va olovni birga qo‘shdi, 
Hazillashib tartibga soldi. 
Undan o‘simlik o‘sib chiqdi. 
Rivojlanishda davom etib hayvonga aylandi
Og‘izni nutq uchun ochib-inson bo‘lib qoldi. 
Bilish  nazariyasi.  Bilishning    birinchi  bosqichi  tashqi  his-tuyg‘u  yordamida  amalga 
oshadi.  Aql,  tafakkur  bilishning  mukammalroq  bosqichidir.  Faylasuf  hissiy  va  aqliy  bilishni 
yagonalikda va o‘zaro aloqadorlikda qaraydi. U aqlga katta ahamiyat beradi:  «Tafakkur sirli 
ma'noni tushundi, hukm ishning kelib chiqish va oqibatini idrok etdi. Agar aql uni ozmagan 
                                                 
127
 Материало истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекистане. Т., 1976. 509-б. 
128
 Ѝша жойда. 


bo‘lsa, hyech kim hyech narsani ko‘rmadi»
129
. Aql bilan bilib olingan barcha narsa, insonga 
berkdir». Dunyoni aqlan bilishda ilm-fan katta ahamiyatga ega:  
Ilm qalamini qo‘lingga olmaguningcha, 
Hyech qanday ashyoning tasvirini chiza olmaysan. 
Ilmdan boshqa nimaiki yozilgan bo‘lsa, 
Be'manilikdan boshqa hyech narsani anglatmaydi. 
Ilm hamma yerda –aqliy me'yorlarga kafillikdir, 
G‘alaba – faoliyat dalilidir
130

Borliqni tushunib yetishda, tabiat sirlarini bilishda falsafa muhim o‘rin tutadi. Falsafa –bu 
hikmat, u ilm-fan sirlarini ochadi, ruhning ashyolarga bo‘lgan munosbaatini o‘rganadi
Ijtimoiy-siyosiy  qarashlari.  Bedilning  dunyoqarashida  uning  ijtimoiy  va  insonparvarlik 
g‘oyalari  muhim  o‘rin  tutadi.  Bedil  mehnatkash  insonni  ko‘ylaydi.  Ayniqsa  u  barchani 
iste'mol  mahsulotlari  bilan  ta'minlovchi  dehqonlar  mehnatiga  yuqori  baho  beradi.  Uning 
fikricha, u baxt-saodatga erishishi mumkin. Hunari yo‘q odam, arzimas va ojizdir. 
Podsho  va  uning  atrofidagilar  to‘kin-sokinlikda  va  farog‘atda  yashaydilar,  dehqonlar  esa 
faqirona  hayot  kechiradilar,  ochlikdan  o‘ladilar,  zolimlardan  azob  chekadilar.  Shoir  o‘z 
zamonasi haqida alam bilan yozadi:  
Mamlakat hokimiyat ostida qoldi:   
Boyliklar ayrim shaxslar qo‘lida to‘plandi, 
Oliy tabaqalar yerini dehqonlar haydab boshladilar, 
Dehqonlarning ezilishi, chorasizligidan 
Podsholar paydo bo‘ldilar, takabbur davlatpanohlar. 
Fir'avnlar nafsi, Nasrudlar zo‘ravonligi 
Hayotning barcha tomonlariga yoyildi. 
Oltin va kumush o‘ljalar nimlaar qildi… 
Saroylar qurilishi, o‘zini xudo deb e'lon qilishlar rasm bo‘ldi
131

Ochko‘z va manfaatparast kishilar boylik uchun kurashib, qurollana boshladilar va qo‘shin 
yig‘dilar.  Natijada  o‘zaro  urushlar  boshlanib,  begonalar  yerini  zabt  qilish  odatga  kirdi. 
Shunday qilib, hokimiyat va davlat paydo bo‘ldi:   
Keskin kurash boshlandi, 
G‘oliblar va mag‘lublar paydo bo‘ldi, 
Hukmronlik qilish istagi mukammallashadi
Saltanat paydo bo‘ldi
132

Bedil, o‘tmishdagi ko‘plab mutaffakirlar kabi, mamlakatni ma'rifatli va adolatli hukmdor 
boshqarishini orzu qilar edi. 
 Boborahim Mashrab (1657-1711) yirik o‘zbek shoiri va mutafakkiri edi. U Namanganda 
tavallud  topdi.  U  Qashg‘ar,  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Qarshi  va  Markaziy  Osiyoning 
boshqa shaharlarida, Hindiston va Yaqin Sharqda bo‘ldi. 
Shoir  qaerda  bo‘lmasin,  dinning  va  tasavvufning  asosiy  qoidalariga  to‘g‘ri  kelmaydigan 
hatti  -  harakatlarini  keskin  tanqid  ostiga  olib,  o‘z  she'rlarida  ular  ustidan  kulganligi  uchun 
ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi. 
Mashrab  hayotining  so‘ngggi  yillarida  Balx  shahriga  (hozirgi  Afg‘onistonda)  keladi. 
O‘zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori 
Mahmudxon  farmoniga  binoan  qatl  etiladi.  Uning  qabri  Xonobod  shahrining  janubidagi 
Ishkoshim  qishlog‘idadir  (Afg‘oniston).  Boborahim  Mashrab  katta  ijodiy  meros  qoldirdi. 
                                                 
129
 Ѝша жойда. 510-б. 
130
 Ѝша жойда 512-б.  
131
 Ѝша жойда. 507-б. 
132
 Ѝша жойда. 514-б. 


Unga  taalluqli  «Mabdai  nur»  («Nur  asosi»)  dostoni,  «Devoni  Mashrab»  to‘plami,  ko‘plab 
ruboiylar, g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar xalq orasida keng tarqalgan. 
Boborahim  Mashrab  mumtoz  adabiyotimiz  buyuk  namoyandalarining  ilg‘or  an'anlarini 
o‘rganib yirik shoir bo‘lib shakllandi, kamolga yetdi. U qoldirgan merosda, birinchi navbatda, 
ishqiy  mavzudagi  g‘azal-muxammaslardan  ana  shu  an'analarning  barakali  ta'sirini  aniq 
kuzatish  mumkin.  Mashrabning  ijodiy  kamolotida,  ayniqsa,  Navoiy  merosining  ijobiy  ta'siri 
katta bo‘ldi.  
Bobrahim  Mashrab  qoldirgan  ijodiy  merosda  diniy  va  tasavvufiy  g‘oyalar  ham,  o‘sha 
zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o‘rin egallaydi. 
Mutafakkir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, 
islom  ta'limotining  bir  qator  zohiriy  belgilarini,  birlamchi  deb  hisoblagan  qonun-qoidalarini, 
shariatning  ayrim  ko‘rsatma-talablarini,  farz-sunnatlarini  tan  olmaslik  va  past  nazar  bilan 
qarash  ham  ko‘zga  tashlanadi,  ayrim  diniy  rukn-tushuncha  va  muqaddas  deb  bilingan 
marosim  va  odatlarga,  talqin  va  aqidalarga  shubha  bilan  qarash,  hatto,  ochiqdan-ochiq 
mensimaslik va masxaraomuz munosabat ancha-muncha uchraydi. 
Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag‘zi 
shoirning quyidagi qat'iy e'tirofida nihoyatda yaqqol va lo‘nda ifodalangan: 
-Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo, 
Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?! 
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini 
ifodalash,  xislat-fazilatlarini  ta'riflash,  orzu-umidlari,  shodlik-kuvonchlari  va  g‘am-
tashvishlarini  haqqoniy  tasvirlash  ishq-muxabbatni  ulug‘lash,  go‘zal  yorni-ma'shuqa  xusnu 
latofatini ta'riflash, oshiqning sevgi-sadoqatini ishonchli tasvirlash jarayonida tahlil etiladi. 
Maxtumquli (1733-1793) turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti va madaniyati 
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan talant sohibidir. O‘z ilmini oshirish maqsadida u Xiva, Buxoro 
va  Andijon  madrasalarida  tahsil  olib,  o‘zbek  adabiyotining  o‘tmish  namoyandalari  asarlari 
bilan  yaqindan  tanishadi.  U  Turkistondagi  shaharlardan  tashqari  Ozarbayjon,  Eron, 
Afg‘oniston, Hindistonga ham sayohat qilib, u yerdagi xalqlar turmushi bilan ham tanishadi. 
Markaziy  Osiyo,  Ozarbayjon,  Eron  folklori  va  adabiyotini  chuqur  o‘rganadi.  Nizomiy, 
Fuzuliy, Alisher Navoiy, Firdavsiy ijodidan bahramand bo‘ladi. Maxtumquli, ayniqsa, o‘zbek 
madaniyati tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liro - epik dostonlar, juda ko‘p g‘azallar 
yaratib, o‘z davri hayotini, o‘z xalqi urf-odatlari, o‘tmish tarixini kuylaydi. 
Maxtumquli asarlarining yetakchi g‘oyasi - bu turkman yerlari ustida yopirilib turadigan 
chet  el  bosqinchilariga  barham  berish,  tarqoq  yashayotgan,  o‘zaro  nifoq  va  ziddiyatlardan 
zada  bo‘lgan  qabila  hamda  urug‘larni  birlashtirish  bilan  osoyishtalik  va  ittifoqlikka 
asoslangan  qudratli  bir  davlatni  barpo  etishdek  milliy  vatanparvarlik  his-tuyg‘udan  iborat. 
Ana  shu  millat  manfaatlari  yo‘lida  qayg‘urish,  ma'rifatparvarlik  yo‘li  bilan  bu  g‘oyani 
samarali kuchga aylantirish shoir ijodining asosiga aylandi. 
Pand-nasihat  Maxtumquli  ijodining  muhim  bir  yo‘nalishi  bo‘lib,  uning  bizgacha  yetib 
kelgan poetik merosi o‘sha davr adabiy hayotining hamma mavzularini qamrab oladi. Zotan, 
Maxtumquli ijodining xalqchillik kasb etib, ravnaq topib borishida Sharq lirikasida an'analari 
bilan bir qatorda turkiy qo‘shiqlar, folklor murabbalari shaklidagi ijod namunalarining o‘rni 
katta bo‘ldi
133

Maxtumquli  ijodida  Ahmad  Yassaviy  pandomalari  uslubining  izlari  yaqqol  ko‘zga 
tashlanib  turadiki,  odamning  hayotda  o‘z  maqomini  idrok  qilishi,  ota-bobolarning  hamma 
yaxshi  xislatlarini  o‘zlashtira  borishi  va  aksincha  takabburlik,  manmanlik,  dilozorlik,  mol-
davlatga  hirs  qo‘yish,  nafs  kuyiga  kirib  ketish  kabi  illatlarni  yengish  g‘oyalari, 
pandnomalarning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
                                                 
133
 С.Эркинов. Маънавият юлдузлари. –Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти. 1999, 294-б. 


Maxtumquli  o‘z  davrining  jarohatlariga  aql  -  zakovatli,  imon  va  e'tiqodni,  ahillik  va 
hamjihatlikni, ajdodlar udumiga asoslangan hamdarlik va adolatli kurashni qarshi qo‘yadi va 
tuyg‘uni poetik so‘z qudrati bilan ma'naviy qurol darajasiga ko‘taradi. 
Cho‘qon  Valixonov  (1835-1865)  asl  ismi-Muhammad  Hanafiya  bo‘lib,  qozoq  xalqining 
buyuk  olimi,  demokrat  -  ma'rifatparvari,  tarixchisi,  etnografigi,  folklorshunos,  sayyoh  va 
jug‘rofidonidir. 
G‘arbiy  Sibir  genaral-gubernatorligida  xizmat  qilgan  Cho‘qon  Valixonov,  Xitoy  va 
Markaziy Osiyoga uyushtirilgan ilmiy-tekshirish ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1858-1859 
yillarda  Qoshg‘arga  sayohat  qiladi,  1855  yili  Omskidan  Semiipalatinskiyga,  shuningdek, 
Ayako‘z,  Qopal  orqali  Qirg‘iz  Olatog‘larigacha  bo‘lgan  yerlar  bilan  tanishadi.  Cho‘qon 
Valixonov  1860-1861  yillari  Sankt-Peterburgda  yashagan  paytlarida  rus  demokratlari, 
olimlari  bilan  yaqindan  aloqa  bog‘lab,  Fanlar  akademiyasi  va  Rus  jug‘rofiya  jamiyati 
ishlarida faol qatnashadi.  
Cho‘qon  xalq  og‘zaki  ijodini  chuqur  ilmiy  o‘rganib,  «Qozoqning  xalq  dostonlarining 
turlari  haqida»,  «O‘rta  yuz  qozoqlarining  afsona-ertaklari  to‘g‘risida»,  «XVIII  asr  botirlari 
haqida tarixiy afsonalar» kabi ilmiy tadqiqotlarini yaratdi. Qirg‘iz xalq dostoni «Manas»ning 
ko‘p  qismini  yozib  olgan,  rus  tiliga  o‘girgan  va  chuqur  o‘rgangan  edi.  Bu  asarni  «Iliada», 
«Odisseya»  asarlari  bilan  bir  qatorga  qo‘yib,  yuksak  baho  bergan  ham  Cho‘qon  Valixonov 
edi. 
Cho‘qon Valixonov podshoh Rossiyasi tuzumini, mustamlakachilik zulmini keskin tanqid 
qildi, rus madaniyatini targ‘ib qildi, qozoq xalqini ko‘chmanchilikdan o‘troq holatga o‘tishga 
da'vat  etdi,  ma'rifatli  bo‘lishga  chaqirdi.  D.I.mendeleev,  P.P.Semenov  –tyanshanskiy, 
G.N.Potanin  kabi  rus  olimlari  bilan  ijodiy  muloqotda  bo‘ldi.  V.G.Belinskiy, 
N.G.Chernishevskiy  ijodlari  ta'siri  ostida  qozoq  ijtimoiy-falsafiy  fikrida  birinchi  bo‘lib 
realistik an'analarni ilgari surdi
134

Cho‘qon  Valixonovning  falsafiy  dunyoqarashi  moddiyuncha  xususiyatga  ega.  Uning 
fikricha,  tabiat  abadiy  va  xilma-xil  bo‘lib,  u-birlamchidir,  ong  esa  ikkilamchi  bo‘lib,  uning 
hosilasidir.  Moddiylikga  ega  bo‘lgan  hodisalar  o‘z  qonunlariga  muvofiq  rivojlanadilar. 
Dunyodagi  hodisalar  o‘rtasida  sababiy  aloqa  mavjud.  Valixonovning  aqidasicha, 
mutaassiblikdan  holi  bo‘lgan,  o‘z  hatti-harakatida  diniy  aqidalarga  emas,  balki  voqyeylikni 
o‘zini  tadqiq  qilish  asosida  xulosa  chiqaradigan  uqimishli  kishi  uchun  tabiat  va  jamiyat 
qonunlarini  to‘laligicha  tushunib  yetish  mumkin.  Ijtimoiy  hayot  haqida  fikr  yuritib, 
mutafakkir qayd etadiki, insonning istak va manfaatlari juda ham bir-biriga qarama-qarshi va 
chigallashgandir. Ammo ularni yagona asosga, ya'ni inson ongi erisha oladigan «jismoniy va 
ijtimoiy sharoitlar» ta'siriga olib kelib bog‘lash mumkin. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish