huquq va til fanlari bilan bog‘liq holda olib borildi. Natijada mantiq ilmiga islom aqidalariga
xos bo‘lgan «begona ta'limot» deb g‘araz
bilan qarash, asta-sekin barham topa boshladi.
Jurjoniy fikricha, nazariy bilimlar hayotiy tarjribada hosil qilingan boshlang‘ich bilimlar
va ular tug‘risida fikrlash yo‘li bilan shakllanadi. Bunday fikrlash jarayonini u
xulosa deb
ataydi. U xulosaning uch turini ko‘rsatib o‘tadi. Bular:
qiyos (sillogizm),
istiqro (induksiya-
bo‘lakdan butunga tomon hukm yuritish) va
hads (analogiya -o‘xshash). Bulardan qiyos
(sillogizm) xulosaning bosh turi hisoblanib, nazariy bilimlar hosil qilishning asosiy vositasi
bo‘lib, maydonga chiqadi.
Isteqro (induksiya) tushunchasi ostida Jurjoniy shunday xulosani nazarda tutadiki, unda
dastlabki xususiy shartlar asosida umumiy natija chiqariladi. U ikki xil isteqroni, ya'ni to‘la va
to‘la bo‘lmagan isteqroni ko‘rsatib o‘tadi.
To‘la isteqroda har bir bo‘lakdagi biror-bir sifat mavjudligiga asoslanib, anna shunday
sifati xususiyati umumiy butunlikda ham bor ekanligiga ishonch hosil qilinadi.
To‘la bo‘lmagan isteqro shunday xulosadirki, umumiy butun bo‘lgan narsaning ba'zi bir
qismlarida mavjud bo‘lgan biror-bir xususiyatidan kelib chiqib, shunday xususiyat butunda
ham mavjud ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Jurjoniy fikricha, to‘la bo‘lmagan induksiya
faqat taxminiy mulohazagagina olib keladi.
Jurjoniyning falsafiy asarlari, ayniqsa, uning mantiqqa oid risolalari Markaziy Osiyo va
Eronda mantiq ilmining rivojiga ko‘shilgan muhim hissa buldi. So‘nggi asrlarda uning
risolalari madrasalarda o‘rganildi va ularga sharhlar yozildi.
XV olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-
1449) edi. Movaraunnahr hukmdori bo‘lgan sulton Ulug‘bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga
kata e'tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix
va boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida
Aflotun, Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid
Sharif Jurjoniy va boshqa olimlarning asarlari katta o‘rin tutdi.
1428 yilda Ulug‘bek boshchiligida Samarqandda o‘sha zamondagi eng katta rasadxona
qurildi. U 1437 yilda o‘zining astronomiya sohasidagi asari bo‘lgan «Zije Ko‘ragoniy»
(«Ko‘ragoniyning yulduzlar jadvali») risolasini yozib tugatdi. Ushbu risolada yil hisobi,
sayyoralar
nazariyasi, astronomiya muammolari bayon etilgan bo‘lib, 1018
yulduzning jadvali
ham berilgan edi. Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» nomli asari ham borki, unda mo‘g‘ullar
imperiyasining tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek mantiq, fiqh, musiqa
nazariyasi va adabiy uslub nazariyasini yaxshi bilar edi.
Ulug‘bekning tadqiqotlari
astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U yer yuzining
har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va
oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish
qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar
harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida
sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida
quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya.
Ulug‘bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o‘sha zamon ilmiy qarashlari
shakllanishida katta o‘rin tutdi. Boshqa mamlakatlardan astronomiya bo‘yicha eng yaxshi
mutaxassislarni taklif qilgan Ulug‘bek, o‘z atrofiga iste'dodli olimlarni to‘pladi. Eronning
Koshon shahridan yirik riyozidon va astronom bo‘lgan G‘iyosuddin Jamshid al-Koshiy (vaf.
1430) taklif qilingan edi. O‘nli kasrni kashfiyoti al-Koshiyga mansubdir. Chunonchi, undan
keyingina, XVI asrdan boshlab, Ovrupo riyozidonlari asarlarida o‘nli kasr qo‘llanila boshladi.
Ulug‘bek o‘ldirilgandan keyin uning ishini shogirdlari davom ettirdilar.
Ulardan eng mashhuri
- mashhur riyozidon va astronom
Ali Qushchi (1403-1474) edi. Uning asosiy asari –
«Astronomiya haqida risola» edi. Ali Qushchi ob'ektiv
dunyoning mavjudligiga,
moddiy Ashe