Bu davrda budavviylikning turli oqimlari yana qaytadan paydo bo‘la boshladi. Ana
shunday oqimlardan biri
dzen-budavviylik edi. «Dzen» so‘zi sanskritcha so‘z «dxyana» -
karaxtlik holati (meditatsiya) dan olingan bo‘lib, xitoycha «chan» va yaponcha «dzen» ga
aylangan edi. Dzen – budavviylik Mohayananing katta mazhablaridan biri bo‘lib, unga binoan
budavviylik mohiyatini qalbni yoritishga olib keluvchi ichki tuyg‘u bilan anglash va idrok
qilish mumkin. Dzen-budavviylikning asoschisi (birinchi patriarxi) hind rohibi
Bodxikarma
edi. U yangi ta'limotga asos solgan bo‘lib, unga ko‘ra, ilohiyot va mavhum falsafaga nisbatan
afzallikni Budda ta'limotini shaxsan bevosita tushunishga beradi va qayd etadiki, diniy
sig‘inishdan ko‘ra, tafakkur va shaxsiy intizom muhimroqdir. Uning fikricha, dzen bu «an'ana
va muqaddas matnlarni oshib o‘tib, uyg‘ongan ongga bevosita o‘tishdir».
Dzen - budaaviylikning asosiy qoidalarini dzenning oltinchi patriarxi
Xuey Nen
(662-713) ishlab chiqdi. Mohayana ta'limotining hyech qanday narsa ayrim va mustaqil holda
abadiy yashamaydi, degan qoidasidan kelib chiqib, u voqyeylikni eskicha turdagi
qarashlardan qutiltirib, har qanday rasm-rusumlarni qalbni yorug‘lashtiruvchi vosita
ekanligini rad etdi. An'anaviy buddaviylik tomonidan tavsiya etilgan zo‘r berib urinish
o‘rniga, u istak qo‘zg‘atuvchi ichki sabab natijasida hosil qilinadigan dilni yoritmoqni
qarama-qarshi qo‘ydi. Yurak yorug‘lik va sevinchga voqyeylikni eskicha qabul qilish
usulidan qutilgan taqdirdagina erishadi.
Dzen shu narsadan kelib chiqadiki, har bir kishiga Buddaning ongi bo‘lgan tug‘ma ong
xosdir. Ibodatdagi birlashish Xudo bilan emas, balki Budda ongi bilan yuz beradiki, u
insonning tabiiy mohiyatining o‘zi bo‘lib odatda xudbinlik markazi bo‘lgan qoidaviy fikr
orqali bosib turiladi. Bu mohiyatni faqat birdaniga sodir bo‘ladigan ichki yorug‘lik satori
orqali anglash mumkin. Satorining holati doimiy bo‘lmasdan, yorishgan ongning uchquniga
o‘xshashdir. Dzen - buddaviylik boshqa ta'limotlardan shunisi bilan farq qiladiki, dil
yorishgan lahzada olinadigan bilimning qoidaviy shakllanish imkonini rad etadi. Azob-uqubat
bog‘langanlik natijasidir, xoh u moddiy narsalarga bo‘lsin yoki xoh g‘oyaviy narsalarga.
Bog‘langanlik voqyeylikni tizimli yoki qoidaviy asosda tushunishga urinish bo‘lib, uning
oqibatida buddaviylik usuliga xos bo‘lgan ichki tuyg‘uli qabul qilishni yo‘qotib qo‘yish
mumkin.
Voqyeylikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunishga qaratilgan va aqliy nazariy qoidalarga
tayanadigan talqinlarga yo‘l bermaydigan dzen ta'limoti, uning nazariy asosini eng kam
miqdorga
tushurib yuboradi
163
.
XI-XII asrlar davomida Hindiston Mahmud G‘aznaviy, so‘ngra Chingizxon tomonidan
hujumga uchradi. Bu Hindistonning madaniyati va mafkurasiga salbiy ta'sir etdi. Javohirlal
Neru bu haqda yozgan edi: «Hindistonning chet el bosqinchlari tomonidan bosib olinishi
natijasida, mamlakatning madaniy hayoti uzoq davom etgan inqirozni boshidan kechirdi»
164
.
Ammo shu bilan birgalikda G‘aznaviy mulozimlari orasida bizning buyuk vatandoshimiz Abu
Rayhon Beruniy ham bor ediki, u hindlarning madaniyati, ilm-fani va ma'naviyatini chuqur
o‘rganib, o‘z tadqiqotlarida bayon qildi. Bu tadqiqotlar orqali Hindiston haqida Markaziy
Osiyo xalqlari ko‘p narsani bildilar. Shu davrda Hindistonga tasavvuf g‘oyalari kirib kela
boshladi. Jumladan, sufiylar tariqatining Suxravardiya, Chishtiya va Naqshbandiya kabi
qoidalari keng yoyildi.
Hindistonda feodal tuzumning tanazzuli diniy bid'at va mazhablar harakati hamrohligida
yuz berdiki, u tarixga «
bxakti harakati» nomi bilan kirdi. Harakatning yirik ishtirokchilari
orasida
Kabir va
Tulsi Das nom qozondilar. Kabir hindlar bilan musulmonlarni
yaqinlashishga chaqirdi. Uning fikricha, har bir dinning ma'nosi rasm-rusumlarda emas, balki
axloqiy poklikka rioya etishdadir. Kabirning nuqtai nazaricha, Xudo tabiatning barcha
hodisalari ichiga kiradi va jonli mavjudotlarning nafasidir. Musulmonlar va hindlarning
163
Мэл Томпсон. Восточная философия. –М., 2000. 359-б.
164
Дж. Неру. Открытие индии. –М., 1955. 233-234-б.