Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290
Bog'liq
falsafa

Arai  Xakusyaki  (1657-1725)  bakufu  hukumatining  mafkurachisi  edi.  U  chjusianlik 
aqidasidan  bo‘lib,  tarixiy  hodisalarni  tadqiq  qilishda  o‘z  usulini  yaratdi.  U  tarixiy  davrlarni 
alohida ko‘rsatishga harakat qilib, voqyealarni axloqiy baholash bilangina chegaralanmadi. U 
tarix  voqyealarni  bayon  qilishda  hududiy-yodgorliklar  qoidasidan  ham  yuz  o‘girdi.  Uning 
uchun  tarix  siyosiy  tarix  bo‘lib,  uning  asosida  hokimiyat  uchun  kurash  yotadi.  Xakusyaki 
«Xudolar davri» ning aqliy talqinini boshlab berdi. Mumtoz yodgorliklarga tayangan holda u 
shuni aniqladiki, «xudolar davri» aslida Chjou (Er.ol. XI- 25 yy.) sulolasi hukmronlik qilgan 
davrga  to‘g‘ri  keladi.  Shu  bilan  birgalikda  u  xudolar  faoliyatini  insonlar  faoliyati  sifatida 
talqin  qilib,  shuni  ta'kidlaydiki,  xudo  barcha  kishilar  hurmat  qiladigan  insonning  metafizik 
siymosidir.  Xokusyaki  tabiatshunoslik  fanlarini  xristianlikdan  ajratgan  holda  G‘arbni 
o‘rganishni boshlab berdi. 
Vanyanminchilik.  Yaponiyada  chjusianchilikka  nisbatan  muxolifatda  bo‘lgan  markazga 
oyomeygakuxa  maktabi  bo‘lgan  Van  Yanmin  maktabi  gavdalandi.  Bu  maktabning  asoschisi 
Nakae  Todzyu  (1608-1648)  edi.  Uning  ta'limoti  bo‘lgan  «Yurak  haqidagi  ilm»  oddiy 
odamning donishmand tomon intilish yo‘li sifatida talqin qilinadi. Inson barcha ashyolarning 
me'yori,  uning  yuragi  esa  kichik  andozadagi  Koinot  kabi  ifodalanadi.  Har  bir  inson  tashqi 
omillar bilan emas, balki axloqiy his-tuyg‘u vositasida ish tutishi lozim. Axloqiy haqiqatlarni 
tushunish  intuitiv  ravishda  chuqur  tafakkurga  g‘arq  bo‘lish  va  tug‘ma  tabiiy  bilim  bo‘lgan 
ryoti orqali amalga oshadi. 
Kumadzava  Bandzan  (1616-1691)  vanyanminchilikning  eng  yirik  vakillaridan  biridir. 
Vanyanmin g‘oyalari bilan bir qatorda u Chju Sining g‘oyasi bo‘lgan inson illatlarini tuzatish 
uchun  ashyolarning  birinchi  tabiatini  tushunib  yetish  zarurligini  qabul  qildi.  «Ibtidodagi 
tabiat»  (Chju  Si)  va  «inson  qalbi»  (Van  Yanmin)  dunyoning  tuzilishini  manbai  sifatida 
Bandzan  ta'limoti  asosida  yotgan  bo‘lib,  «Buyuk  bo‘shliq»  bilan  ayniyatda  hisoblanadi. 
Insonda  «yurak»  qanday  joylashgan  bo‘lsa,  dunyoda  odam  ham  xuddi  shunday  joyni 
egallaydi. 
Bandzan  o‘z  diniy  ta'limotini  ishlab  chiqdi.  U  yanmincha  «qalb  nazariyasi»ni  qadimgi 
matnlar,  hamda  «Xudolarning  yo‘li»  haqidagi  sintoistik  ta'limot bilan bog‘ladi.  Uning diniy 
ta'limotining  maqsadi  «Yaponiya  suvlari  va  yerlariga»  qo‘llasa  bo‘ladigan  «Buyuk 
bo‘shliqning ilohiy yo‘li» haqidagi ta'limotni ishlab chiqish edi. 
Sato  Insay  (1772-1859)  XVIII  asr  oxiridagi  Van  Yanmin  maktabining  vakili  edi.  Uning 
ta'kidlashicha, inson axloqi qonunlari («Rin-Ri») va tabiat ashyolari qonunlari («Butsu-Ri») da 
ham  aynan  bir  ri  ning  o‘zi  mavjuddir.  Tabiat  ashyolarining  qonunlari  o‘z  mohiyatini  inson 
axloqi  qonunlari  haqidagi  fanda  ochib  beradi.  Insay  fikricha,  podsholarni  ham  qo‘shib 
hisoblaganda har bir tabaqaning qismatini Osmon belgilab bergan.  
So‘nggi  feodalizm  davridagi  falsafiy  yo‘nalishlar.  Chjusianlik  va  vanyanminchilik 
o‘rtasidagi  qarama-qarshilik  bevosita  qadimgi  matnlardan  kelib  chiqish  zaruriyatini 
tug‘diradi. Xitoydan kirib kelgan qadimgi  davrlarga sig‘inish Yaponiyada ikki yo‘nalishni  - 
Xitoy o‘tmishiga sig‘inish va qadimgi Yaponiya madaniyatiga sig‘inishni shart qilib qo‘ydi. 
«Qadimgi  fan  maktabi»  -  Kogakuxa.  Samuraychilikning  nazariyotchisi,  «Busido» 
(jangchilik  yo‘llari)  ta'limotining  asoschilaridan  biri  Yamagato  Soko  (1622-1685)  «qadimgi 
                                                 
168
 Ѝша ерда. 


fan»  nuqtai  nazariga  birinchi  bo‘lib  qadam  qo‘ydi.  U  chjusianlik  metafizikasi  bo‘lgan  ri  va 
«tug‘ma  bilimlar»  haqidagi  Van  Yanmin  ta'limotini  rad  etib,  konfutsiychilikning  mumtoz 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish