Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290
Bog'liq
falsafa

Buddaviylik Yaponiyaga V asrda Quriya orqali kirib keldi. Yaponiyada u o‘ziga mahalliy 
e'tiqodlarni qo‘shib, mahalliy sharoitga moslashib oldi. XI asrda mahalliy asosda buddaviylik 
rivojlana  boshladi.  Buddaviylik  ijtimoiy  ongda  XIV  asrning  o‘rtalarigacha  hukmron  ta'sirga 
ega bo‘ldi. Yaponiyada  buddaviylik turli maktablar va mazhablar tarzida rivoj topdi. Tenday 
mazhabining  vakillari,  asoschisi  rohib  Seyko  (767-822)  shunday  e'tiqodda  edilarki,  unga 
binoan  «Uch  ming  dunyolar  bir  lahzada»,  ya'ni  Budda  «Nilufar  sutra»da  bayon  qilgan 
koinotga doir nazariya birdan bir haqiqat edi. Unda dunyolarning shunday manzarasi berilgan 
ediki, ular 10 yo‘nalishga yoyilgan bo‘lib, ular markazida Budda turar edi».  Gensin (Esina) 
(942-1017)  ushbu  maktabning  vakili  sifatida  nurlanish  vositasi  sifatida  meditatsiya,  trans  va 
samadjini  hisobladiki,  unga  ko‘ra,  alohida  ruhiy  holatga  erishish  Budda  nomini  zikr  qilish 
orqali muyassar bo‘ladi. 
XIII asrda asoschisi Xonen (1133-1212) bo‘lgan «sof yer» deb atalgan maktab rivoj topdi. 
Bu mazhabning vakillari «iflos yerdan» farqli o‘laroq, «sof yer» mavjudligini tashviq qildilar. 
Bashariyat  dunyosi  va  boshqa  barcha  dunyolar  «8  do‘zah»  dan  tortib  «ilohiy  doira»gacha 
o‘zlarida «iflos yer»ni mujassam etadilar. Ammo hukmdori Budda Amida bo‘lgan «sof yer» 
mavjudki, u insoniyatga najot berishga qasam ichgan. Dil nurlanishiga «Namu Amida butsu» 
-  «O,  Budda  Amida!»  alqovini  o‘qish  vositasida  erishish  mumkin.  «Sof  yer»  maktabining 
boshqa  bir  vakili  Sinran  (1173-1282)  ning  tan  olishicha,  bashariyat  dunyosi  va  kishilar 
o‘zlarining  tabiiy  ehtiroslariga  shunchalik  botib  qolganlarki,  mustaqil  ravishda  ulardan 
qutilishning hyech  qanday  iloji  yo‘q. Ruhiy amaliyot alqov asosiga qurilgan bo‘lib, axloqiy 
sifatlar Budda Amidaning qudratiga ishonch bildirish orqali amalga oshadi. 
Singon  mazhabiga    Kukay  (774-835)    tomonidan  asos  solingan.  Uning  ta'limotiga  ko‘ra, 
har  bir  inson  hayotlik  chog‘idayoq  Buddaga  aylanishi  mumkin.  Bunga  shunday  lahzada 
erishiladiki,  ushbu  maktab  muxlisi  ruhiy  taraqqiyot  jarayonida  Fazoga  tortilib,  Budda 
siymosini bilish orqali Koinot bilan qo‘shilib ketish darajasiga erishadi. 


Niteren  mazhabi  buddaviylikning  boshqa  maktablariga  nisbatan  murosasiz  ekanligi  bilan 
ajralib  turar  edi.  Uning  asoschisi  Niteren  (1222-1282)  o‘zini  Yaponiyaga  ichki  balo-
qazolardan  va  tashqi  tahdidlardan  qutilish  chorasini  ko‘rsata  oladigan  Botxisattva  timsolida 
gavdalangan shaxs deb e'lon qildi. 
Ushbu  maktabga xos xususiyat Ikinen qoidasi bo‘lib, unga binoan kishi tafakkuri har bir 
lahzada butun dunyoni aks ettiradi. Ya'ni kishi aqli bir zumda butun borliqni qamrab ola oladi. 
Shunday  ruhiy  amaliyot  tavsiya  etildiki,  unga  binoan  «Barkamol  haqiqat  bo‘lgan  Nilufarga 
shon-sharaflar»  alqovini  aytish  lozim  edi.    Bu  esa  go‘yo  duo  qilayotgan  shaxsni  dilini 
nurlantirib, uni butun tabiat bilan birlashib ketishiga olib kelishi mumkin edi. 
Dzen  buddaviylik.  Yaponiyaga  dzen  XI  asrda  kirib  kelib,  XII  asrda  gullab  yashnadi. 
Yaponiyaning  dzen  budavviyligi  doirasida  ikki  asosiy  yo‘nalish  shakllandi-  «rindzay-dzen» 
va «soto-dzen» (xitoycha maktablar bo‘lgan «min-szi» va «tyan-tun» nomlaridan olingan). 
Rindzay-dzen. Maktab asoschisi Ensay (1141-1215) edi. Bu yo‘nalish uzoq vaqt madaniy-
estetik an'anani aks ettirdi. Rindzay-dzenni falsafiy-diniy an'ana sifatida Xakuin (1685-1769) 
shakllantirdi. Uning asosiy qoidalari quyidagicha edi: voqyeylik o‘z butunligida bo‘linmasdir; 
pirovard  haqiqatni  biror  asosiy  (konseptual)  fikrga  muvofiq  bilib  bo‘lmaydi;  bir  narsani 
shaxsiy  va  tashqidagicha  bo‘lish  azob-uqubatga  olib  keladi;  inson  imkoniyatdagi  Budda 
bo‘lib, haqiqatni qabul qilishga qodir, buning vositasi esa meditatsiyadir. 
Xakuin  mavjud  kaonlarni  tizimga  solib,  o‘zinikini  ham  bunyod  etdi.  Bunga  misol 
tariqasida uning kaoni bo‘lgan – «bitta kaft qanday ovoz chiqaradi?» degan ifodani keltirish 
mumkin. Sog‘lom fikrga qarama - qarshi bo‘lgan bunday savol va unga formal mantiq nuqtai 
nazaridan  javob  berib  bo‘lmasligi  gangitib  qo‘yadigan  darajada  kuchli  taassurot  tug‘diradi. 
Bunday  holatdan  chiqib  ketishning  yo‘li  o‘z-o‘zini  tabiatini  ko‘rish  –  «Kansho»  vositasida, 
ya'ni yurakni birdan yorishib ketishi – satori orqali amalga oshadi.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish