Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   290
Bog'liq
falsafa

Pak Chi Von ham chjusianlik sxolastikasini tanqid ostiga olib, uning qadimgi davrlardagi 
mavqyeini  bo‘rttirib  ko‘rsatishga  qarshi  chiqdi.  Qadimgi  dunyo  donishmandlari  tomonidan 
yozilgan matnlar o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan hayotning barcha masalalariga javob berishga 
qodir  emaslar.  Barcha  borliq  yagonalikda  bo‘lib,  kelib  chiqish  jihatdan  yagona  manbaga 
egadir.  Koinotning  barcha  jismlari  va  tabiiy  unsurlar  sholi  donasiga  o‘xshash  eng  kichik 
changlardan  tashkil  topgandirlar.  Dunyo  doimiy  ravishda  to‘xtovsiz  o‘zgarish  holatidadir. 
«Sirxak» maktabining boshqa vakillari singari Pak Chi Von ham g‘oyibiy narsalarga ishonish, 
fol ko‘rish, buddaviylik va katoliklik e'tiqodlarini tanqid ostiga oladi.  
yerga  mulkchilik  masalasida  Pak  Chi  Von  shunday  fikr  bildiradiki,  u  hamma  vaqt  ham 
aslzodalar ixtiyorida bo‘lmagan. Har bir kishi yerdan o‘z ulushini olishga haqli, ammo uning 
miqdori  chegaralangan  bo‘lishi  kerak.  Agar  shunday  qilsagina  birovlarning  yerini  bosib 
olishga  barham  beriladi,  negaki,  birorta  odam  qonunda  belgilangandan  ko‘ra  ko‘proq  yerga 
ega bo‘la olmaydi. Pak Chi Von tabaqalarga bo‘linganlik tizimini fosh qilib, bekorchilik bilan 
vaqt o‘tkazadigan aslzodalarni «chigirtkalar» deb ataydi.  
Chon Yak yen nuqtai nazaricha, bizni o‘rab turgan dunyo yagona voqyey dunyodir. Barcha 
koinotning  asosida  shaklsiz  moddiy  javhar  bo‘lgan  «Buyuk  Hudud»  yotadi.  Keyinchalik  bu 
birinchi ibtido bo‘lgan javhar bo‘laklarga bo‘linishga boshlaydi va shakllanadi. Buyuk Hudud 
(yakka) osmon va yerni barpo qiladi. Osmon va yer qarama-qarshi xususiyatlarga va makonga 
ega. Osmon bu - yengil va tiniq bo‘lib yuqorida joylashgandir; yer esa - og‘ir va loyqa bo‘lib 
quyida joylashgandir. Osmon va yer (ikki), bir-biridan ajrashib osmon, yer, suv va olov (to‘rt) 
ga  aylanadi.  To‘rtlik,  bir-biridan  ajrashib  sakkizlikka  aylanadi:  -  osmon,  yer,  suv,  olov, 
momaqaldiroq,  shamol,  tog‘lar  va  suv  havzalari.  Osmon  va  olovning  o‘zaro  ta'siri 
momaqaldiroq  va  shamolning  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi,  yer  bilan  suvning  esa  o‘zaro 
ta'siri  tog‘lar  va  suv  havzalarining  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.  Keyinchalik  samoviy 
jismlar, o‘simliklar va hayvonlar kelib chiqadiyu agarchi jonsiz tabiat, o‘simliklar, hayvonlar  
va  inson  turlicha  bo‘lsalar  ham,  ularning  barchasi  o‘zida  ki  ni  mujassamlashtiradi.  Li 
ashyolarning  o‘zida  mavjud  bo‘lib,  ulardan  boshqa  biror-bir  joyda  bo‘lmaydi.  Dunyoda 
o‘zgarmaydigan narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Barcha ashyolar o‘zgarish qonuniga bo‘ysunadilar.  
Chon  Yak  yen  inson  tabiatining  «tug‘ma»ligi  haqidagi  nazariyani  tanqid  ostiga  oladi. 
Insonning hatti - harakati bu kasb etilgan odatlanishdir. Agarchi bunday nuqtai nazar faylasuf 
tomonidan izchil ifodasini topmagan bo‘lsa ham, u kishilarni go‘yo tabiat tomonidan berilgan 
tabaqalarga  bo‘linishiga  qarshi  chiqadli.  Agarchi  u  kishilarni  «donolar»  va  «johillar»  ga 


bo‘lgan  bo‘lsa  ham,  bu  sifat  va  fazilatlarni  kasb  qilingan  hisoblar  edi.  «Johillar»  agar  sayi-
harakat qilsa, «donolar» safiga qo‘shilishi mumkin bo‘lar edi. 
O‘tmishda hukmdorlar mamlakatni umum qabul qilingan axloqiy me'yorlar asosida - ya'ni 
«odob»  va  «rasm-rusumlar»ga  binoan  boshqarganlar.  Keyin  axloq  o‘rniga  qonun  kelgan. 
Biroq  qonunga  qo‘rqitish,  kuch  ishlatish  va  majburlash  hamrohlik  qiladi.  Ular  asosida  esa 
«xayrli  boshqaruv»  ni  amalga  oshirish  mumkin  bo‘lmay  qoladi.  Bundan  shu  narsa  kelib 
chiqadiki, boshqatdan axloq asosida boshqarishga qaytish lozim bo‘ladi.  
 Feodalizm  davrida  Yaponiya  shunday  davlat  ediki,  unda  feodal  aslzodalar  va  harbiy 
tabaqa boshqa toifalar ustidan, ya'ni dehqonlar, shaharliklar, hunarmandlar va savdogarlardan 
yuqori turuvchi oliy toifa edi. Yaponiyada ilk feodalizm davri VI asrning o‘rtalaridan XII asr 
oxirlarigacha  davom  etdi.  Uning  boshlanishi  Tayka  to‘ntarishi  («Buyuk  o‘zgarishlar»)  deb 
atalgan  vaqtdan  hisoblanadi.  Markazlashtirish  natijasida  imperator  boshqaruvi  qaror  topdi. 
Joy  bilan  rus  hukmron  doiralari  bo‘lsa,  syoenlar  qo‘lida  aks  ettirar  hamda  IX-XI  asrlar 
davomida  dehqonlar  qo‘zg‘olonini  bostirish  maqsadida  harbiy  drujinalar  tuzila  boshladiki, 
ular asta-sekin harbiy kasbga ega bo‘lgan busisamuray tabaqasiga aylandi. Samuraylar yirik 
yer egalari qo‘lida hokimiyat uchun kurash olib boradigan dahshatli qurolga aylandilar.  
Rivojlangan  feodalizmning  boshlanishi  XII  asrga  taalluqli  bo‘lib,  bu  davrda  hokimiyat 
tepasiga  harbiy  tabaqa  keladi.  Alohida  unvon  bo‘lgan  syogun  (harbiy  boshliq)  va  harbiy-
ma'muriy tizim bo‘lgan Syogunat paydo bo‘ladi. XIX asrning o‘rtalarigacha 3 syogunat bir-
birlarini  almashtirdilar  –  1192-1335  yillar,  1335-1573  yillar,  1603-1867  yillarda. 
Yaponiyaning  feodalcha  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  u  yoki  bu  kuchlar  manfaatini 
ifodalovchi mafkura sifatida buddaviylikkonfutsianchilik yoki chatishma (sinkretik) ta'limot 
bo‘lgan buddaviy-konfutsianchilik, sinto-buddaviy-konfutsianchilik maktablari va mazhablari 
o‘zlarini namoyon qildilar. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish