Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Uyg‘onish davri falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290
Bog'liq
falsafa

 2-§. Uyg‘onish davri falsafasi 
 
 Uyg‘onish  davri  ilk  burjuaziya  inqiloblarining  g‘oyaviy  va  madaniy  taraqqiyotining 
tarixiy  jarayoni  sifatida  ifodalanadi.  yevropa  mamlakatlarida  XII-XIII  asrlardayoq  sanoat, 
savdo-sotiq,  dengizda  yurish  rivoji  va  harbiy  ishning  o‘sishi  kuzatiladi.  O‘rta  asrlarning 
ilohiyotchiligi  bilan  kurashda  birinchi  o‘ringa  insonparvarlik  va  inson  maqomini  ulug‘lash 
(antropotsentrizm)  qo‘yildi.  yerdagi  dunyoviy  ishlarga  nafrat  bilan  qarash  o‘rniga  insonning 
ijodiy qobiliyati, aqli, baxt-saodatga intilishini tan olish qo‘yiladi. Insonparvarlik g‘oyalarini 
amalga oshirish o‘tmishdagi yutuqlarni o‘zlashtirishni taqozo etar edi, shuning uchun qadimgi 
davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi. Uyg‘onish bu eng avvalo qadimgi davrda 
yaratilgan  asarlarni  ozodona  anglash  bo‘lib,  tayyor  va  o‘zgarmaydigan  haqiqatlardan  yuz 
o‘girishdir. Qadimgi davr faylasuflari gap tekizib bo‘lmaydigan obrumand odamlardan ko‘ra, 
ko‘proq  ittifoqdosh  shaxslar  sifatida  qabul  qilina  boshladilar.  Olimlar  va  faylasuflar  endi 
yopiq  maktablarning  vakillari  sifatida  emas,  balki  alohida  olingan  tadqiqotchilar  sifatida 
namoyon  bo‘la  boshladilar.  Voqyeylik  ko‘proq  hisobga  olinadigan  bo‘lib,  diqqat-e'tibor 
amaliy  ahamiyat  va  foyda keltiradigan  masalalarga qaratiladigan bo‘ldi. Aqlni  sxolastikadan 
qutiltirish boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan ko‘ra dunyo va insonni tabiiy - ilmiy 
tushunishga o‘girilindi. 
Nikolay  Kuzanskiy  (1401-1464)  ta'limotida  inson  bilimining  kuch-qudrati  ta'kidlandi; 
insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga 
o‘xshash  ekanligiga  ishora  qilindi.  Kuzanskiyning  faoliyatida  dialektika  unsurlarini  ham 
topish mumkin. 
Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi Piko della Mirandola (1463-1494) ijodida asosiy 
o‘rin  tutadi.  Inson  tanlash  erkinligiga  ega  va  bu  uni  koinotga  bog‘lab  qo‘ymaydi  va  ijodiy 
qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta'kidlaydi. 
Nikolay  Kopernikning  (1473-1543)  «Samoviy  doiralarning  aylanishi  haqida»  asari 
astronomiyada  inqilob  yasadi,  negaki,  quyidagilarni  o‘z  ichiga  olgan  geliotsentrizm 
sistemasini ta'kidladi: 1. yer Koinot markazida harakatsiz ravishda mavjud bo‘lmasdan, balki 
o‘z  o‘qi  atrofida  aylanadi;  2.  yer  Quyosh  atrofida  aylanadi.  Kopernikning  geliotsentrik 
nazariyasi falsafa taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi, ammo adashishlardan ham holi emas 
edi:  birinchidan,  Kopernik  dunyoning  oxiri  bor  degan  hukmron  aqidaga  qo‘shilar  edi,  va, 
ikkinchidan, yerni Koinotning markazi bo‘lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni 
Quyoshga nisbatan saqladi. 


Mashhur  «Tajribalar»  asarining  muallifi  Mishel  Montenning  (1533-1592)  skeptitsizmi 
doimiy  ijodiy  izlanishlar  va  tinib  -  tinchmaslik  aqlning  ramzi  edi.  Uning  fikricha,  inson 
tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish asosida mukammallashib borishi 
lozim. 
Uyg‘onish  davri  panteizmining  eng  yirik  vakili  Djordano  Bruno  (1548-1600)  edi. 
Qarama-qarshiliklarning  bir-biriga  o‘xshashligi  haqidagi  dialektik  g‘oyani  ta'kidlagan  holda, 
Bruno  falsafiy  bilimlarning  maqsadi  Xudo  emas,  balki  tabiat  deb  hisoblab,  shu  bilan  birga 
koinotda  tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi. 
Mumtoz  mexanikaning  tamal  toshini  qo‘ygan,  tajribaviy-nazariy  tabiatshunoslikning 
asoschilaridan  biri  G.Galiley  (1564-1642)  edi.  Uning  fikricha,  bilish  sohasida  ikki  usuldan, 
ya'ni  tahlil  (analiz)  va  sintezdan  foydalanib,  tabiat  hodisalarini  hissiy  qabul  qilishdan  ularni 
nazariy  tushunishgacha  borib  yetmoq  lozim.  Shu  tarzda  haqiqiy  bilim  tahliliy  va  sintetik, 
hissiy va abstraktlik birligida yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim. 
Uyg‘onish  davrida  shakllangan  g‘oyalar  kishilarni  dunyo  va  undagi  inson  maqomiga 
bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yubordi va bu bilan keyingi fan va falsafa xususiyatida chuqur 
iz qoldirdi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish