Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290
Bog'liq
falsafa

Rene  Dekart  (1596-1650)  aksincha,  tajribaga  aql  bergan  ma'lumotlarning  oddiy  amaliy 
tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi
Yangi  zamon  ratsionalizmining  asoschisi  bo‘lgan  Dekart  barcha  fanlar  uchun  umumiy 
bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar natijasini belgilab 
beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar» yoki aksiomalar deb atalgan 
narsalarni  taqozo  etar  edi.  Tug‘ma  aksiomalar  qatoriga  u  matematika  va  mantiqning 
ko‘pchilik qoidalarini qo‘ydi, masalan, «to‘g‘ri to‘rt burchak to‘rtdan ko‘proq tomonlarga ega 
emas». Dekartning tabiatga qarashlari mexanistik xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud 
bo‘lishlik va taraqqiyotiga birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning 
mustaqil  ijodiy  energiyasi  orqali  rag‘batlantiriladi.  Dekart  evolyusiya  g‘oyasini  ishlab 
chiqqanlarning  birinchilaridan  biridir  (garchi  mexanistik  asosda  bo‘lsa  ham).  U  bu  g‘oyani 
tabiat  haqidagi  barcha  soha  ta'limotlariga  –  yulduzlar  va  sayyoralarning  tashkil  topishidan 
tortib  o‘simliklar,  hayvonlar  va  insonlarning  paydo  bo‘lishlarigacha  tatbiq  etdi.  Dekart 
fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil 
topadilar.  Dunyoviy  modda  cheksiz,  bir  xil  bo‘lib,  bo‘shliqqa  ega  emas  va  cheksiz  ravishda 
bo‘linishi mumkin. U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to‘xtovsiz ravishda miqdoriy 
va  sifatiy  jihatdan  o‘zgarib  turadigan  holatdadir.  Tirik  mavjudotlar  dunyosi  ham  ushbu 
qonunlarga bo‘ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir. Inson esa, hayvonlardan 
farqli o‘laroq, aqlga ega, shuning uchun u mexanika qonunlari doirasidan tashqariga chiqadi. 
Dekart  moddiy  javhar  bilan  bir  qatorda  (uning  tomonidan  uzunlik  sifatida  tushuniladigan) 
Xudoning  va  uning  tomonidan  yaratilgan  ruhiy,  fikrlovchi  javhar  jonning  mavjudiligini  tan 
olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi. 
Dekart  uchun  muhim  muammo  haqiqat  bilimlarni  hosil  qilish  va  usul  muammosi  ediki, 
uning  vositasida  ana  shunday  bilim  olish  imkoniyati  vujudga  kelsin.  Bilim  mohiyati  shunda 
ediki,  har  qanday  bilimga  yoyiladigan  keskin  shubhaning  taqozosi  haqiqiy  bilim  olish 
imkoniyatini  tasdiqlashga  olib  kelishi  mumkin.  Men  barcha  narsaga  shubha  qilishga 
boshlayman,  -  deb  mulohaza  yuritadi  Dekart,  negaki,  shuni  tushunamanki,  meni  yovuz  va 
xiylagar  shayton  yoki  qandaydir  boshqa  bir  aldamchi  aldayapti.  Ammo  shu  bilan  birga  men 
shunga  shubha  qilmaymanki,  mening  shubham  mavjuddir,  ya'ni  fikr  bordir.  Shu  yerdan 
Dekartning  mashhur  xulosasi  sarchashma  oladi:  «Men  fikrlayapman,  demak,  men 
mavjudman!».  Fikr  haqiqiyligi  va  fikrlovchi  mohiyati  borligidan,  u  ashyolar  borlig‘ining 
haqiqiyligiga yetib boradi. 
Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash mumkin. Aqliy (ratsionalizm) 
- aql yoki fikrni bilish manbai va uning haqiqiyligi me'yori deb tan oluvchi falsafiy qarashdir. 
Ratsionalizm  usuli  fikrning  aniqligi  va  uning  o‘zining  amallarining  bir-biriga  qarama-qarshi 
emasligini,  fikr  ob'ektini  oddiy  qismlarga  bo‘lib  va  ularning  har  birini  alohida  o‘rganishni, 


keyin esa fikr harakatini soddadan murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha, 
hyech qanday uzoq narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin. 
 Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi 
Niderland  faylasufi  Benedikt  Spinoza  (1632-1667)  edi.  Alohida  olingan  maxsus  javhar 
(substansiya)  sifatidagi  fikr  haqidagi  tasavvurni  rad  etib,  Spinoza  Xudoni  yagona  cheksiz 
javharga  qo‘shdi,  ya'ni  g‘oyaviylik  va  moddiylikni  birlashtirdi.  Ushbu  javhar  o‘z  o‘zining 
sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum 
bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat 
ikki  sifatga    -  uzunlik  (masofa)  va  ongga  ega.  Garchi  turli  darajada  bo‘lsa  ham,  fikrlash 
qoibiliyati  eng  oddiy  ashyolardan  tortib  inson  miyasigacha  tarqalgandinr.  Fikr  Spinoza 
tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib 
chiqadi:  g‘oyalarning  tartib  va  aloqasi,  ashyolarning  tartib  va  aloqasi  kabidir.  Fikrning 
yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori bilan ifodalanadi va aynan shunga 
o‘xshash  bilib  olingan  bilimlarning  shakllari  va  dunyoning  qonunlari  fikrning  haqiqiy 
qoidalaridir.  Narsani  bilish  uning  yakkaligi  vositasida  umumiylik  unsurini  ko‘ra  bilish, 
ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir. 
Spinozaning  diqqat  markazida  ozodlik  masalasi  turadi.  Uning  tushunishicha,  javharda 
zaruriyat va ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o‘zining 
zaruriyatidan  kelib  chiqadi.  Tabiatda,  unga  esa  Spinoza  insonni  ham  kiritadi,  sababiy 
bog‘langanlik  (determinizm),  ya'ni  zaruriyat  hukmronlik  qiladi.  Birok,  inson  alohida 
ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. 
Inson  ozodligi  aql  bilan  irodaning  birligidan  tashkil  topadi,  shuning  uchun  ozodlik  darajasi 
ham  aqliy  bilim  darajasi  orqali  ifodalanadi.  Ozodlik  va  zaruriyat  bir-birini  taqozo  etadi. 
Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir. 
Insonning  hatti  -  harakati  o‘zini  saqlash  (instinkt)  g‘arizasi  ta'siri  ostida  va  undan  kelib 
chiqadigan (affektlar) jazavalar  doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g‘am-alam va 
istakdir.  Hamonamki,  inson  ularga  bo‘ysunar  ekan,  u  ozod  emas.  Insonning  ozodlik 
muammosi  ular  ta'siridan  kutilishdan  iboratdir.  Bu  esa  ochiq  va  aniq  bilishni  mo‘ljallaydi. 
Shunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi. 
 Djon Lokk ingliz falsafasida hissiy bilish (empirizm) ning vakilidir.  U «tug‘ma g‘oyalar» 
mavjudligini  rad  etib,  bizning  barcha  bilimlarimizni  biz  tajriba  va  hissiy  bilishdan 
olishligimizni  ta'kidlaydi.  Inson  «sof  lavha»  sifatida  tug‘iladiki,  unga  hayot  o‘zining 
«yozuvlari»ni,  ya'ni  bilimlarni yozadi. Dekart ratsionalizmiga qarama-qarshi ravishda, Lokk 
bilishning  birdan  bir  manbai  hisdir  (sensualizm)  degan  ta'limotni  asosladiki,  u  bilimlarning 
barcha mazmunini his-tuyg‘u a'zolaridan keltirib chiqarib, uni hissiy bilishning unsurlarining 
jami  hisoblar edi. «Ilgari his-tuyg‘uda bo‘lmagan hyech narsa, aqlda ham bo‘lmaydi», -deb 
ta'kidlagan edi Lokk.  
Lokk  qarashlarining  muhim  jihati  uning  birlamchi  va  ikkilamchi  sifatlar  haqidagi 
nazariyasidir.  Birlamchilar  kabi,  ikkilamchi  sifatlar  ham  tashqi  tajriba  asosida  qo‘lga 
kiritilgan  g‘oyalarga  taalluqlidir.  Birlamchi  sifatlar  bu  makon,  miqdor  (massa),  harakat  va 
hokazolardir. Ularni u ob'ektiv ravishda mavjud deb hisoblaydi. Ikkilamchi sifatlarning kelib 
chiqishi  his-tuyg‘u  a'zolarining  xususiyati  bilan  bog‘liqdir.  Ularga  Lokk  is,  ta'm,  rang  va 
boshqalarni  taalluqli  deb  biladi.  Bu  xususiyatlar  faqat  sub'ektiv  ravishdagina  mavjuddirlar. 
O‘sha  zamondayoq  ma'lum  bo‘lgan  ediki,  tovushlar  havoning  tebranish  tufayli  kelib 
chiqadilar, nur tarqalishining to‘lqinli va korpuskulyar nazariyasi ishlab chiqilgan edi. Bundan 
Lokk  shunday  xulosaga  kelgan  ediki,  is,  ta'm  va  rang  faqat  insoniy  idrokkagina  xosdir. 
Oydinlik darajasi nuqtai nazaridan u bilimning uch turini ajratib ko‘rsatdi: hissiy, yoki yakka 
ashyolar  haqida  bilim  beruvchi  boshlang‘iya  bilim;  namoyishkorona  yoki  daliliy,  xulosa 
vositasida chiqariladigan bilim, masalan, solishtirish, taqqoslash va tushunchalar munosabati 
orqali aniqlanadigan bilim; ichki tuyg‘u (intuitiv) bilimi - uning oliy turi - aql orqali uning bir-


biriga  bevosita  muvofiqligi  yoki  muvofiq  kelmasligi  haqidagi  bilim.  Lokk  belgilarning 
umumiy nazariyasi sifatida semiotika tushunchasini ilmiy istilohga kiritdi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish