qandaydir ob'ektiv mavjud narsa bo‘lmasdan, balki aprior qonunlar, tushunchalar va tafakkur
shakllariga muvofiq bir qator omillarning tushunchaviy tahlili orqali aniqlanadigan narsadir.
Mavjud narsaning ibtidosi hissiy qabul qilinadigan narsa bo‘lmasdan, balki fikriy ekanligi
dalilini Kogen matematikadagi cheksiz kichik son tushunchasida ko‘radi. Mavjud narsaning
asliy asoslarini (atomlar, molekulalar, efir, elektr energiyasi, magnetizm va hokazo) hissiy
qabul qilinmaydigan narsalar tashkil etadi va fizika ularni
cheksiz kichik sonlar vositasida
tushuntiradi. Cheksiz kichik son orqali ashyo o‘ziga voqyeylikni kasb etadi. Kogenning
cheksiz
kichik son haqidagi ta'limoti o‘zining qayta tirilishini pifagorchilikda topdi.
Matematika va matematik tabiatshunoslikka qaratilgan
sof bilim mantig‘i bilan bir qatorda
Kogen huquq va davlat haqidagi ta'limotga qaratilgan
sof iroda axloqiga katta ahamiyat
beradi. O‘zining bilish
nazariyasiga muvofiq Kogen axloqiy sotsializm konsepsiyasini yaratdi.
Sotsializm tushuncha bo‘lib, u hyech qachon «ashyo» bo‘la olmaydi. Xuddi shunday bilish
ashyosining fikriy tarkibiy qurilish jarayoni ham cheksiz bo‘lib, hyech qachon tugallanishi
mumkin emas, sotsializm tomon bo‘ladigan harakat ham orzu sifatida «abadiy»dir.
Margburg maktabining boshqa bir vakili
Paul Natorp falsafaning uslubiy vazifasinigina
tan oldi. Tasodifiy emaski, u o‘z falsafasini
«panmetodizm» deb atadi. Kogenga ergashib
Natorp ham fikr uchun hyech qanday borliq yo‘qki, uni o‘zini «fikrga qo‘yish» mumkin
bo‘lmasin, deb hisobladi. Birinchi ibtido mantiqiy bo‘lib, «ifoda borlig‘i» dir. Fikrlash
sezgida berilgan xilma-xil ma'lumotlarni yagonalik tartibiga keltiruvchi ikkilamchi bilim
omilidir. Marburg maktabi asoschisi kabi Natorp ham mantiqiy-gnoseologik idealizmni
asoslash uchun matematika va cheksiz kichik son tushunchasini jalb etadi. Keyinchalik
Natorpda Kant ta'limotidan uzoqlashish va Xegel g‘oyalarini o‘zlashtirish tamoyili ko‘rinadi.
Masalan, Natorp «muvofiq kelish qonuni» ni ifodalab unda mantiqiy rivojlanishni Xegelning
inkorni inkor qoidasi orqali: fikr-borliq-bilim vositasida tushuntirib beradi.
Margburg maktabiga mansub o‘tmishdoshlari kabi
E.Kassirer bilim mavzusi sub'ektga
berilgan emas, balki tafakkur orqali qurilgan deb hisoblaydi. Matematika va tabiatshunoslik
tushunchalarining tarixiga murojaat qilib, u shuni isbotlashga urinadiki, mantiqiy narsa hissiy
va tajribaviy narsadan oldin keladi. Fan tushunchasi bu voqyeylikning in'ikosi bo‘lmay, balki
«usuli» dirki, uning yordamida «berilgan narsa» aprior ravishda tuzilgan munosbaatlar va
vazifalar «qatori»ga borib taqaladi. Keyinchalik Kassirer til, afsona, san'at, fan va din
shakllariga «oxirgi, birlamchi voqyeylik qatlami»ga kelib uriluvchi «ramziy shakllar» sifatida
murojaat qilib yangi kantchilikning an'ana muammosidan uzoqlashadi.
Baden maktabining asoschisi
Vilgelm Vindelband (1848-1915) edi. Bu yo‘nalishning
ko‘zga ko‘ringan boshqa bir vakili
Genrix Rikkert (1863-1936) edi. Vindelband falsafani
umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar» haqidagi ta'limot sifatida ifodalaydi. Aynan
qadriyatlar inson faoliyatini tabiiy jarayonlardan farqlaydi. Qadriyatlar tarixiy jarayonda
madaniy hodisalar sifatida mujassamlanadilar va idrok qilinadilar. Shuning uchun falsafada
uchun tarix fanlarining uslubiy asoslarini aniqlash muhimdir. Vindelband ilmiy bilimlarni
ularning mavzusiga ko‘ra, tabiat haqidagi va «ruh» haqidagi fanlarga bo‘lishdan voz kechdi.
Fanlar o‘rtasidagi asosiy farq mavzu sohasida emas, balki ularning uslublarida yashiringandir.
Baden maktabining ushbu asosiy qoidasini Vindelband o‘zining «Tarix va tabiatshunoslik»
deb nomlangan dasturiy nutqida quyidagicha ifodaladi: «Tajribaga asoslangan fanlar voqyey
dunyoni bilishni goh tabiat qonuni shaklida keluvchi umumiydan, yoki tarixiy sharoit bilan
cheklangan «birlikdan» qidiradilar. Ularning ba'zilari - qonunlar haqidagi fanlar mohiyati
bo‘lsa, boshqalari - voqyealar haqidagi fanlardir, ularning birinchilari hamma vaqt bo‘ladigan
narsalardan ta'lim bersa, oxirgilari - bir marta ro‘y bergan voqyeadan hikoya qiladi. Birinchi
holatda ilmiy tafakkur nomotetik fikr bo‘lsa, ikkinchisi –
ideografik fikrdir»
193
. Nomotetik
fanlar qonunni taqozo qilinadiganlar sifatida kelib chiqsa, ideografik – alohida olingan
193
В.Виндельбанд. Прелюдин. Сп(б), 1904, -Б.320
xususiy holatni tasvirlovchi sifatida kelib chiqadi: birinchilari xususiydan umumiyga o‘tishga
intilsa, ikkinchilari – xususiyda to‘xtab qoladi. Vindelband fikricha, ideografik usul qadimgi
davrlardan boshlab hozirgi kungacha nazar-pisand qilinmay kelindi, xolbuki, alohida olingan
shaxsning ham, jamiyatning ham hayotiy voqyealari faqat ularning yagonaligi va bir martaligi
bilangina ahamiyatga va qadriyatga egadir.
Vindelbandning usuliy qoidasini rivojlantirib tabiatshunoslik ususlini
G.Rikkert
«umumlashtiruvchi», tarixiy bilish usulini esa «yagonalashtiruvchi», deb atadi. Ushbu farq
voqyeylik elementlarining (umumiy va xususiy) bu fanlar orqali o‘rganilishi uchun tanlab
olingan qoidalaridan va turli vazifalardan kelib chiqadi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki,
farq bu fanlarning ob'ektiv mazmuni taqozosidan emas, balki «istakdagi tabiatshunoslik» va
«xohlovchi tarix» irodasidan kelib chiqqan. Baden maktabining asoschisi kabi Rikkert
umumiyning ob'ektiv mavjudligini inkor qilib, nominalizm nuqtai nazarida turadi. Umumiy
faqat tushunchalar mohiyatidir. Natijada Rikkert shunday xulosaga keladiki, tabiatshunoslik
fan sifatida tushunchalar bilan ish ko‘rsa, tarix esa voqyeylik bilin ish ko‘radi.
Tarixchi voqyeylikni tahqiq qilib, «ikkinchi darajali narsa»dan «ahamiyatli» yoki
«mohiyatiy» jihatini alohida ajratib ko‘rsatadi. «Mohiyatiy» yoki «ahamiyatga ega» bo‘lgan
narsa qadriyatli demakdir. Qadriyatlar borliq bilan bir qatorda mavjuddirlar. Dunyo, deydi
Rikkert, «voqyeylik va qadriyatlardan tarkib topgandir»
194
. Qadriyatlarni sub'ektga bog‘liq
bo‘lgan baholash bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Qadriyatlar munosabatlar bilan bog‘liq
bo‘lmasdan «sub'ekdan yuqori turuvchi» va «borliqdan yuqori» («transsendent») bo‘lgan
xususiyatga ega; bu «sub'ekt va ob'ektning orqa tomonida joylashgan butunlay mustaqil
saltanatdir». Rikkert ma'naviy hayotning olti doirasi bo‘lgan mantiq, estetika, mistika, axloq,
erotika va dinga muvofiq keluvchi qadriyatlarning olti xilini (haqiqat, go‘zallik, shaxsiyatdan
yuqori turuvchi muqaddaslik, axloqiylik, baxt-saodat va shaxsiy muqaddaslik) ajratib
ko‘rsatadi.
«Hayot falsafasi» XIX asrning 60-70-yillarida mexanistik tabiatshunoslik va mumtoz
ratsionalizmning tanazzuli, pozitivizm, empiriokrititsizm, yangi kantchilikda ifodalangan
spentizm, metodologizm va gnoseologizm zo‘ravonligiga qarshi aksil amal sifatida paydo
bo‘ldiyu hayot falsafasining o‘ziga xos belgilari volyuntarizm, irratsionalizm va intuitivizm
edi. U eng katta ta'sirga XX asrning birinchi choragida erishdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga
ko‘ringan vakillari falsafada
Fridrix Nitsshe (1844-1900),
Vilgelm Diltey (1833-1911),
Georg
Do'stlaringiz bilan baham: