Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   290
Bog'liq
falsafa

Shlik (1882-1936), R.Karnap (1891-1970), O.Neyrat (1882-1945), G.Reyxenbax (1891-1953), 
B.Rassel (1872-1970), A.Ayer (1910-1989) va boshqalar edilar. 
Yangi  pozitivizmga  muvofiq  ilmiy  bilimni  ikki  tabaqaga  bo‘lish  mumkin:  formal  imlar 
(matematika  va  mantiq)  va  faktual  ilmlar.  Birinchi  ilmlarda  bayon  qilingan  narsalar  tahliliy 
yoki  analitikdirlar,  ya'ni  tajribadan  mustaqil  bo‘lib,  dunyo  haqida  ma'lumotlarga  ega  emas. 
Ularning  haqiqiyligi  mantiqiy  jihatdan  ifodalanib,  faqat  ularni  tashkil  etgan  atamalarning 
ma'nosigagina  bog‘liqdir.  Faktual  ilmlar  sintetik  bayonotlar  bilan  ish  ko‘rganliklaridan 
mazmunga  egadirlar  va  voqyey  hodisalarga  asoslanadirlar.  Ular  tajribaviy  «kuzatish 
gaplariga» tengdirlar. 
Yangi  pozitivistlar  ilmiy  bilimning  tajribaviy  asosida  aniq  (protokol  uslubidagi)  gaplar 
yotadilar,  deb  hisoblaydilar.  Ilmlarning  barcha  gaplari    ularga  kelib  taqalishi  zarur  edi  yoki 
boshqacha  aytganda,  verifikatsiya  qilinishi  (tasdiqlanishi)  lozim  edi.  Verifikatsiya  qoidasi 
yangi pozitivizm gaplarni fikriy barqarorligini o‘rnatuvchi metologik talab sifatida markaziy 
o‘rinni  egallaydiki,  uning  mohiyatida  har  qanday  fikriy  ifodaning  to‘g‘riligini  tekshirish 
yotadi.  Bunday  tekshirishdan  o‘tmaydigan  barcha  narsa,  ilmlardan  bartaraf  etilishi  lozim 
bo‘ladi. 
Verifikatsiya  qoidasiga  muvofiq  ravishda  yangi  pozitivistilar  barcha  metafizikani 
(an'anaviy  falsafani)  bema'ni  deb  e'lon  qiladilar.  Yangi  pozitivistga  talqinda  falsafa  fan 
tilining  mantiqiy  tahliliga  aylanib  qoladi.  Uning  vazifasi  fan  tilini  be'mani,  «soxta  ilmiy» 
gaplardan  tozalashdir.  Yangi  pozitivizmning  fanlar  talqiniga  xos  xususiyati  deskriptivizm 
(fanlarni  vazifasini  tariflash),  uslubiy  empirizm  (nazariy  bilimlarni  baholashda  tajribaviy 
tekshirishlar  jarayonini  mutaronlashtirish),  o‘ta    induktivizm  (ilmiy  bilimning  mantiqiy-
uslubiy muammolarini hal etishda induktiv mantiqqa yagona vosita sifatida ishonish) va o‘ta 
so‘l sientizm (ilmiylikka tayanish) dir. 
XX asrning ikkinchi yarmida yangi pozitivizm o‘z ta'sirini yo‘qota boshlaydi. Shu narsa 
oshkor  bo‘lib  qoldiki,  yangi  pozitivizm  be'mani  narsa  sifatida  bartaraf  qilmoqchi  bo‘lgan 
(uloqtirmoqchi bo‘lgan) dunyoqarash, jamiyat rivojiga ham, shuningdek, fanning o‘ziga ham 
o‘lgan  ahamiyatlidir.  Shu  narsa  o‘z  isbotini  topdiki,  fundamental  fanlarning  eng  muhim 
nazariy  asoslari  verifikatsiya  qilib  bo‘lmaydi,  ilmiy  bilimning  esa,  o‘z  rivoji  va  oldiga 
qo‘yilgan  vazifasini  bajarishi  murakkab  omillar  tizimini,  jumladan,  uning  tarkibida  hissiy 
tajribaga tayanmaydigan va «metafizik» (falsafiy) xususiyatga ega bo‘lgan dunyoqarashga va 
uslubiy asoslarga (zamin) ega bo‘lganligidan kelib chiqadi. 
                                                 
198
 Ѝша жойда. 150-б. 


 Yangi 
pozitivistcha 
ta'limotning 
parchalanishi 
umumiy 
nomda 
birlashgan 
«postpozitivizm» deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib 
keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi «kritik ratsionalizm» ijodkori Karl Popper (1902-1988) edi. 
Postpositivizmga  I.Lakatos,  T.Kun,  S.Tulmin,  D.Agassi,  P.Feyerbend  kabi  yirik  g‘arb  fan 
faylasuflarining  qarashlari  taalluqlidir.  Bu  faylasuflarning  asosiy  vazifasi  fan  falsafasida 
pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi. 
30-nchi 
yillardayoq 
Popper 
yangi 
pozitivizmning 
iduktivizmi, 
ma'noning 
verifikatsiyachilik  nazariyasi,  fan  asosini  tajribaviy  tabiatni  hodisa  sifatida  talqin  qilishni 
qattiq  tanqid  ostiga  olgan  edi.  U  ilmiy  bilishda  metafizikaning  o‘rni  va  metafizik  (an'anaviy 
falsafiy)  muammoni  oqlash  masalasini  qo‘ygan  edi.  U  shuni  ko‘rsatadiki,  metafizikada 
aytilgan  hukmlarni  hissiy  ma'lumotlarga  tadbiq  qilib  bo‘lmasligi  asosida  uni  rad  etish, 
mantiqiy  jihatdan  fundamental  fanlarning  butun  nazariy  asoslarini  rad  etishga  olib  keladi. 
«O‘zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - pozitivistlar u 
bilan  birgalikda  tabiiy  fanlarni  ham  yakson  qiladilar,  negaki,  ilm-fan  qonunlari  aynan, 
metafizik hukmlarga o‘xshash bo‘lib, ularni hissiy tajriba haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli 
deb  bo‘lmaydi.  Ma'noni  tushunishda  agar  izchil  ravishda  Vitgenshteyncha  mezonlar 
qo‘llanilsa,  u  vaqtda  o‘sha  tabiat  qonunlarini  ahamiyatsiz  narsa  sifatida  uloqtirishga  to‘g‘ri 
keladiki, Eynshteyn ta'biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi» dir
199
.  
Ilmiy  va  g‘ayri  ilmiy  bilimlarni  ajratish  mezoni  sifatidagi  pozitivistcha  verifikatsiya 
qoidasini  tanqid  qilib,  Popper  haqli  ravishda  ko‘rsatib  o‘tadiki,  «nazariyani  hyech  qachon 
tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo‘lmaydi»
200
. Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida 
intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma'lumki, o‘z 
vaqtida D.Yum induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Shu 
munosabat  bilan  Popper  yozadi:  «Induksiya  qoidasini  oqlash  uchun,  biz  uchun  induktiv 
xulosalarni  qo‘llashga  tug‘ri  keladi,  ularni  oqlash  uchun  esa,  yuqoriroq  darajada  turgan 
induktiv  qoidani  kiritish  lozim,  va  hokazo  shu  ruhda  davom  etish  zarur.  Demak,  tajribadan 
kelib  chiqib,  induksiya  qoidasini  asoslashga  urinish,  zaruriy  ravishda  yemirilishga  duchor 
bo‘ladi, negaki, u muqarrar ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi»
201

Yangi pozitivistcha ta'limotga qarshi o‘laroq, Popper o‘zining verifikatsiyalar (tasdiqlash) 
nazariyalariga  emas,  balki  ularning  falsifikatsiya  qilish  (soxtalash)  jihatlariga  asoslangan 
ilmiy  bilim  uslubini  tavsiya  qiladi.  Ilmiy  usulning  mantiqiy  asosi  sifatida  Popper  induktiv 
emas,  balki  deduktiv  mantiqni  ko‘radi,  aniqroq  aytganda  esa,  uning  qoidasi  bo‘lgan  modus 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish