Aurobindo Gxoshning vedantacha-yogacha integralizmi Zamonaviy hind falsafasining
eng yirik vakillaridan biri Aurobind Gxosh (1872-1950) edi. Aurobindo falsafasining
markaziy g‘oyasi – «hamma narsa Braxmandir». Vedanta va upanishadlarda Braxman ikki
shaklda ifodalangan: namoyon bo‘lgan – Aparada, va namoyon bo‘lmagan, oliy – Parada.
Aurobindo ikkinchi shakldan foydalanadi: uning Para –Braxmani – bu shaklsiz, sifatsiz narsa
bo‘lib, borliqning o‘zgarmas ma'naviy birinchi asosidir. Para-Braxmanning mohiyati – uch
birinchi ibtido bo‘lgan borliq, bilish nazariyasi va axloqiy tartibning birligidirki ular: sat
(borliq), chit (bilim) va ananda (rohat-farog‘at) dirlar. Faylasuf aqlning faol ijodiy-
yaratuvchilik tabiatini tan oladi, ammo buning inson aqliga taalluqligi yo‘q. Aurobindo
fikricha, inson aqli faqat yaratuvchilikdagina emas, balki dunyoni bilishda ham ojizdir.
Aurobindo falsafasining xususiyatlaridan biri – uning involyusiya va evolyusiya haqidagi
qoidasidir. Mutafakkir shundan kelib chiqadiki, «g‘arbning» tadrijiy rivojlanish g‘oyasi fizik
va biologik tabiat tomonidan chegaralangan, «uning harakatida hyech qanday ruhiy uyg‘otish
manbasi yo‘q, balki faqat tolmas moddiy zaruriyat kuchi bor xolos»
218
. U o‘zining tadrijiy
rivojlanish haqidagi tushunchasini olg‘a surib, unga qo‘shimcha sifatida involyusiya
kategoriyasini kiritadi. Involyusiya evolyusiya (tadrijiy rivojlanish) dan oldin kelib, umumiy
aql dunyoning tabiatidan kelib chiqadi. Dunyoning demiurgi (yaratuvchisi) sifatida
taraqqiyotini boshlab beradi.
Evolyusion va involyusion jarayonlar majmuasida inson alohida o‘rin tutadi. Inson
Aurobindo ta'limotida – bu tarixdan tashqarida turuvchi, abstrakt – metafizik mohiyatdir.
Inson uchun uning taqdiri sifatida tayyorlangan narsa – «ilohiy hayot» dir: har bir kishi «oliy
ilohiy Voqyeylikka qadam qo‘yishi, u bilan o‘zini birikib ketgan his qilishi, unda yashashi,
uning o‘zining ijodkori bo‘lishi lozim; … uning fikr-zikrlari, his-tuyg‘ulari, hatti-
harakatlarining barchasi uning tomonidan chegaralangan va uning o‘ziga aylanib qolgan
bo‘lishi zarur…. Bularning barchasi faqatgina shundagina tugallanishi mumkinki, kishi
Bilmaslikdan Bilishllikka chiqib va Bilish orqali oliy ongga erishsa»
219
.
Robindranat Tagorning falsafiy qarashlari. Yozuvchi, ma'rifatparvar, shoir, adib va
kompozitor bo‘lgan R.Tagorning (1861-1941) qarashlarida izchil falsafiy ta'limotni ajratib
ko‘rsatish qiyin. U dunyoni falsafiy tadqiq qilishdan ko‘ra, uni hissiy-estetik jihatdan qabul
qilish afzalligini o‘rtaga tashlaydi.
Tagor dunyoni asosi sifatida voqyeylikning birlamchi ekanligi g‘oyasini rivojlantiradi. Bu
ma'no ostida u oliy ibtidoni tushunadiki, uni Xudo, Braxman, Oliy Shaxsiyat, dunyoviy Men
deb ataydi. Bu ilohiy mohiyat tabiat va insondan mutlaq chegaralar bilan ajratilmagan balki,
bilaks o‘zini barcha ashyolar, tabiat hodisalarida va inson hayotida namoyon etadi. U
bunyodkorlik ibtidosiga ega. Borliq nazariyasida mutafakkir shundan kelib chiqadiki, borliq
qandaydir qotib kolgan va o‘zgarmaydigan narsa emas. «Mening tomirlarimda kechasiyu
kunduzi yurib turgan o‘sha hayot oqimi koinotda ham javlon urib, o‘lchovli raqsga tushishda
davom etmoqda»
220
, - deb yozgan edi u. Bilish nazariyasida Tagor agnostitsizmga qarshi
chiqdi. «Ba'zi faylasuflarning hukumlariga qarshi o‘laroq – deb ta'kidlaydi u, - inson dunyoni
bilishdagi o‘z imkoniyatlarida qandaydir mutlaq chegarani tan olmaydi»
221
.
Mutafakkir hind falsafasi uchun an'anaviy bo‘lgan xayr (yaxshilik) va sharr (yomonlik)
o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammosiga ham murojaat etadi. Tagor bu tushunchalarni har
bir ayri olingan kishining sub'ektiv qarashlariga tadbiqan nisbiy ekanligini, insoniyatga
nisbatan tadbiq etganda esa umumiy tushunchalar sifatida namoyon bo‘lishligini qarab
chiqadi. Sharr (yomonlik) o‘tkinchi xususiyatga ega.
218
Aurobindo Sri. Birth Centenary Library, rol. 16, Pondicherry, 1972, p. 232
219
Aurobindo Sri. The Future Evolution of man, The Divine Sefe upron Earth. Madras – London, 1974, p.132
220
Р.Тагор. Гитанджали. Соч., т.7. М., 1957. 259-б.
221
Р.Тагор. Творчество жизни (Садхана). М., 1917. 178-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |