Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   290
Bog'liq
falsafa

Aziz Laxbabiy, livanlik Rene Xabashiy va boshqalar edilar. O‘zining «Borliqdan shaxsiyatga» 
(1954)  deb  atalgan  kitobida  Laxbabiy  yozadiki,  «realistik  personalizm»  E.Munening 
«personalistik realizm»dan shunda farq qiladiki, yerdagi jamiyat shaxslari tabaqasining gultoji 
bo‘lgan Xudo o‘rniga, inson qo‘yiladi. U jamiyatdan tashqarida bo‘lgan sub'ekt hayotini tan 
olmaydi:  jamiyat  shaxsiyatdan  oldin  keladi  va  uni  tug‘ilgan  vaqtidan  boshlab  shakllantirib 
boradi.  Ammo  Laxbabiy  shaxsni  bilish  imkoniyatini  ham  rad  etadi.  Shu  bilan  birgalikda 
jamiyatdagi  muhit  ham  uning  tomonidan  faqat  muayyan  ma'naviy  qadriyatlarga  e'tiqod 
qo‘yish  asosida  birlashgan  shaxslar  majmuasi  sifatida  tasvirlanadi.  Ekzistensializmning 
insonni  haqiqiy  borligini  uning  muayyan  tarixiy  mavjudligidan  tashqarida  topishga 
uringanliga  qarshi  turib  M.Laxbabiy  uning  qarshisiga  ichki  va  tashqi  faoliyatning  birligi
ayrim  olingan  shaxsning  ichki  ma'naviy  faoliyatini,  «o‘zining  o‘lchovlarida  o‘zini  idrok 
etadigan Menning ongli tajribasi» ni qo‘yadi. 
Jamiyatdagi  tanglik  vaziyatidan  chiqish  yechimini  u  butun  dunyo  miqyosida  axloqiy  va 
ijtimoiy  islohotlar  o‘tkazish,  sivilizatsiyaning  moddiy  va  ma'naviy  tomonlari  o‘rtasida 
                                                 
215
 Қаранг: А.В.Сагадеев. Абд ар-Рахмон Бадави и экзистенциализм в арабских странах//Философская 
мысль стран Востока. М., 1965.  89-б. 
216
 Махмуд Заки Нагиб. Логический позитивизм. Каир. 1966. 72-б. 


muvozanatni  barqaror  qiladigan  insoniyatning  personalizatsiya  qilinishi  «ayrim  shaxslarga 
aylanishi» va xalqlar tomonidan hozirgi zamonning axloqiy talablariga rioya etishni ko‘radi. 
Laxbabiy fikricha, islom va yahudiylik dini bir necha asrlardan buyon hayotning ma'naviy va 
moddiy tomonlari orasida to‘la muvozanatni barqaror etishga qaratilgan personalizm urug‘ini 
«sepib»  kelmoqdalar.  Livanlik  personalist  Rene  Xabatiy  J.P.Sartning  ateistik 
ekzistensializmini  tanqid  qilib,  diniy  axloq  yordamida  «boshqalardan»  begonalishish  kabi 
be'mani  his-tuyg‘udan  qutilish  choralarini  izlab, tarixiy  jarayonni  harakatga  keltiruvchi  bosh 
kuch sifatida hammani bir-biriga nisbatan rahm-shafqat qilishga chaqiradi. 
 Hindistonda  XX  asrdagi  falsafa  taraqqiyoti  ikki  bosqichga  bo‘linadi:  istiqlolgacha  va 
mustaqillik  qo‘lga  kiritilgandan  keyingi  davrdagi  rivojlanish  bosqichi.  Shunga  ko‘ra,  uning 
har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Hozirgi  zamon  hind  falsafasining  umumiy  belgilarini  tushunish  uchun  muhim  bo‘lgan 
narsa  Hindistondagi  falsafa  va  kundalik  ongning  o‘zaro  munosabatidir.  Hindlarning  diniy 
e'tiqodga berilganligi – ularning ijtimoiy psixologiyasining asliy elementidir. Bu narsa hayot 
tarzining  barcha  qirralari,  maishiy  va  axloqiy  me'yorlar,  ijtimoiy  muassasalar  tomonidan 
mustahkamlangan. Javohirlal Neruning ta'kidlashicha, Hindistonda falsafa faqat tor doiradagi 
faylasuflargagina  nasib  etgan  narsa  emas.  Falsafa  xalq  ommasi    ijtimoiy  psixologiyasining 
muhim  elementi  bo‘lib  maydonga  chiqqan.  Bunday  holat  hind  falsafasining  o‘ziga  xos 
xususiyatlaridan  biri  bo‘lgan  –mamlakatda  tarqalgan  dinlarning  asosiy  qoidalari  bilan 
chiggalashib ketgan idealizmning hukmronligidir.  
Hozirgi  zamon  hind  falsafasiga  milliy  ma'naviy  an'analar  sezilarli  darajada  ta'sir 
o‘tkazgan.  Mustamlakachilik  sharoitida  bu  an'analarga  berilganlik  G‘arbning  madaniy  va 
mafkuraviy ekspansiyasiga aksil amal sifatida kelib chiqqan edi. Hindistonda falsafa rivojiga 
ta'sir  etishda  davom  etayotgan  vedantizm  alohida  o‘rin  tutadi.  Vedanta,  uning  asosida 
hinduviylikni  ko‘rgan,  hind  liberalizmining  mafkurachilari  tomonidan  tanqid  ostiga  olindi. 
Unda  ular  xalq  ommasini  jaholatda  tutib  turgan  taassub  va  xurofotning  manbaini  ko‘rdilar. 
K.Djindall  yozgan  edi:  «Vedantaning  boshqa  tizimlardan  ko‘ra  afzalligi  juda  ham  sezilarli 
darajada voqyey bo‘lsa ham, bu shunday hodisa emaski, uning tufayli bizni tabriklashga loyiq 
deb topsalar. Negaki, umuman realizm ilm-fan ittifoqdoshidir»
217
.  
Zamonaviy  hind  falsafasi  rivojining  muhim  omili  G‘arb  falsafiy  tafakkurining  ta'siri 
bo‘ldi. Hind mutafakkirlari faqat o‘z e'tiqodlariga hamovoz bo‘ladigan va hind falsafiy ruhiga 
mos  keluvchi  G‘arbning  asosiy  qoidalarinigina  qabul  qildilar.  Ana  shu  narsa  tufayli  hind 
faylasuflari  G‘arbning  ob'ektiv-idealistik  tizimlariga  intilib,  sub'ektiv  idealizmni  esa  qabul 
qilmadilar.  Hind  faylasuflari  orasida  F.G.Bredli,  B.  Bozanket,  D.Maktaggartning  mutlaq 
idealizmi yoyilgan ediki, ularning mutlaqni bilish haqidagi qarashlari vedantaning prinsiplari 
bilan  o‘xshab  ketar  edi.  Milliy-ozodlik  harakatining  yakuniy  bosqichidagi  Hindiston 
faylasuflarining ko‘pchiligining umumiy yondashishi g‘arbdagi oqimlarning ijobiy tomonlari 
bilan milliy- ma'naviy merosning «sintezi»ga olib keldi. 
Hind  falsafasidagi  diniy  yo‘nalish  o‘z  ifodasini  diniy-ijtimoiy  tashkilotlarning 
ta'limotlarida,  eng  avvalo,  hinduviylikda  topdi.  Mustamlakachilik  sharoitida  diniy-falsafiy 
ta'limotlarni zamonaviylashtirish alohida xususiyat kasb etdi:  chet el hukmronligiga nisbatan 
bo‘lgan  xalq  ommasining  nafrati  diniy  arboblarni  an'anaviy  tasavvurlarni  vatanparvarlik  va 
mustamlakachilikka qarshi qaratilgan ohanglar bilan to‘ldirishga majbur etgan edi. Bu narsa 
milliy o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usini uyg‘otishda o‘z vazifasini o‘tadi. 
Vatanparvarlik  g‘oyalari  «hunari  ruhoniylik  bo‘lgan  aziz-avliyolar»  tomonidan 
ko‘tarilganligi  sababli,  ular  «muqaddas»  narsa  sifatida  qabul  qilinar  edi.  Ammo  «hind 
kommunalizmi» bayrog‘i ostida millatchilik ruhidagi tashkilotlar ham tuzildi. 
                                                 
217
 К.К.Mittal. Materialism in Indian Thought. New Delhi, 1974, p. 10 



Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish