tuyg‘u va iroda mavjud bo‘lgan holatda qobiliyat tufayli mavjudlikni uning o‘zining tikuv-
bichuvida qanday bo‘lsa, shundayligicha bilib olishga mahkum etilganmiz»
215
.
Badaviy fikricha, insonparvarlik shunday ifodalanadiki, har qanday qadriyatning mezoni
sifatida insonni e'lon qiladi. Insonparvarlikning ikkinchi belgisi – aqlni bilimning bosh quroli
sifatida e'lon qilinishidir. Uchinchi belgi- o‘zining, ya'ni inson dunyosining bir qismi sifatida
tabiatga sig‘inishdir. To‘rtinchisi- insoniyat taraqqiyotiga ishonish. Beshinchisi – har qanday
go‘zallikka intilish.
Diniy ekzistensializm
Zakariyo Ibrohim asarlarida o‘z ifodasini topgan. Inson, deb
hisoblaydi u, unga qarshi dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan «boshqa» - ob'ektiv dunyoning
qarshisida turadi. Ammo bu insonning manfaatlariga mos tushadi, negaki, u o‘zini aynan uni
inkor etuvchi va unga qarama-qarshi turgan o‘sha «boshqa» orqali idrok etadi. Ular
o‘rtasidagi qarama-qarshilik shunda bartaraf etiladiki, alohida olingan har bir kishi (individ)
Xudoga o‘tishni amalga oshirib o‘z intihosini narigi dunyoga yo‘llaydiki, unda xoliq o‘zini
namoyon etadi. Shunday qilib, ayrim olingan har bir kishi o‘z tabiatiga ko‘ra diniy
mavjudotdir.
50-yillarda arab mamlakatlarida
pozitivizmga qiziqish oshib bordi. Uning tashviqotchisi
«Ilmiy falsafa haqida» (1958), «Falsafa va fan» (1963), «Mantiqiy pozitivizm» (1966) kabi
asarlarning muallifi Qohira universitetining professor
Zaki Naqib Mahmud edi. Zaki Mahmud
fikricha, yangi ta'limot ilmiy nazariyani qoidaviy jihatdan «formal-mantiqiy usuldagi
muhokamaning yetukligi» va «uning ichki tabiatidan kelib chiqadigan mulohazaning
aniqligi»ni barqaror qilish orqali chegaralashga qaratilgan edi. Uning aqidasicha, mantiqiy
pozitivizm boshqa falsafiy oqimlarga qaraganda ilm-fan va aqlga yaqindir. «Afsonalarni biz
ilm hisoblaymiz, ular ashyolarni narigi dunyo kuchlari orqali tushuntirib beradilar. Nimaniki,
kuzatib bo‘lmas ekan, uni hissiy tajriba orqali tekshirish mumkin bo‘lmas ekan, bunday
narsani ilm-fan sohasiga taalluqli joyi yo‘q»
216
. Mahmud taassublar, o‘garmas aqidalarga
asoslangan mulohazalar, noaniq fikriy ifodalardan qutilishga chaqirdi.
Zaki Mahmud o‘zini g‘arb ilm-fani va arab qadriyatlari merosini bir-biri bilan
hamkorlikda yashashini ta'minlashga qodir bo‘lgan madaniyatni shakllantirishga yo‘l
qidirayotgan kishilarga mansub deb hisobladiki, bu narsa, avvalo, bilim va dinni bir-biridan
foyda olib birga yashashini bildirar edi. Misrli pozitivist arablarning ma'naviy merosidan
namuna sifatida mutaziliylarning aqlga tayanuvchi uslubi bilan ashariylik oqimining
«metafizik» muammolarga nisbatan shubhalik fikrlarini oladi.
Boshqa falsafiy oqim bo‘lgan
personalimzning vakillari Marokashli faylasuf
Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: