Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290
Bog'liq
falsafa

Mohandas  Karamchand  (Maxatma)  Gandining  falsafiy-axloqiy  ta'limoti.  Gandi  (1869-
1948) dunyoqarashining asosida din yotadi. Unda u o‘z dasturini ifoda qilish shaklini topdiki, 
uning  tufayli  bu  dastur  xalq  ommasiga  yetib  bordi.  Dinning  amaliy  kuch  ekanligi  haqida 
gapiriib  Gandi  quyidagilarni  yozgan  edi:  «Amaliy  ishlarni  hisobga  olmaydigan  va  ular 
yechimiga yordam bermaydigan din, bu din emas»
222

Gandi  uchun  birlamchi  voqyeylik  –  shaxsga  ega  bo‘lmagan  barcha  narsalarning  sababi 
bo‘lgan  mutlaq  Xudodir.  Uni  tushunishda  Gandi  mantiqdan  emas,  balki  e'tiqoddan  kelib 
chiqadi:  «Men  Xudo  haqida  unga  e'tiqod  qo‘yganimdek  gapiraman…  Mening  mantiqim 
ko‘plab taxminlarni tug‘dirishi mumkin va ulardan yuz o‘girishi ham mumkin. Xudosiz kishi 
bahsda  meni  mot  qilishi  mumkin.  Ammo  mening  e'tiqodim  mening  ongimdan  shunchalik 
kuchliki,  men  butun  dunyoga  jar  solib,  ayta  olaman:  «Xudo  bo‘lgan,  bor  va  har  doim 
bo‘ladi»
223

Gandi  nazarida  haqiqat  ham  Xudo  bilan  bog‘langandir.  Gandi  ta'kidlagan  ediki,  men 
«Xudo haqiqatdir» degan qoidadan «haqiqat xudodir» degan xulosaga o‘tib «bir qadam olg‘a 
bosdim».  Gandi  «haqiqat»  tushunchasini  o‘ziga  qandaydir  bilim  elementini  qamrab  olgan 
diniy-axloqiy  kategoriya  sifatida  tushunar  va  uni  shu  ma'noda  qo‘llar  edi.  Ilohiy  mohiyatni 
bilib  olish  vositasi,  ya'ni  mutlaq  haqiqat  sifatida  Gandi    «ohista  ichki  ovoz»ni  hisoblaydi. 
Haqiqat insonga har kuni ochiladi va agar buni hamma ham idrok qilavermasa, buning sababi 
shundaki, «ichki ovoz» qarshisida «biz quloqlarimizni bekitib olamiz»
224
. Ammo agar «ichki 
ovoz»  orqali  Haqiqat  ochiladigan  bo‘lsa,  u  vaqtda  bu  «vositaga»  olib  boradigan  yo‘l-kuch 
ishlatmaslikdir.  Gandi  ta'kidlar  edi:  «Men  uchun  Haqiqat-bu  Xudodir,  va  Haqiqatni  axtarib 
topishda  kuch  ishlatmaslik  yo‘lidan  borishdan  boshqa  chora  yo‘qdir»
225
.  Gandining  axloqiy 
ta'limoti  asosida  jaynizmning  qoidasi  bo‘lgan  –  aximsa  (tirik  mavjudotlarga  ziyon 
yetkazishdan o‘zini tiyish) yotadi. Jaynizm e'tiqodidagilardan farqli o‘laroq, Gandi aximsaga 
nafaqat  jismoniy  balki  ruhiy  ziyon  yetkazmaslik  muammosini  olg‘a  suradi.  Aximsaning 
sifatlaridan biri-insoniy munosabatlar asosida yotishi lozim bo‘lgan muhabbatdir. Aximsaning 
ikkinchi  sifatiy belgisi  «azob  chekish qonuni»  dir. Agar inson dushmanga kuch bilan emas, 
balki  «muhabbat»  bilan  ta'sir  o‘tkazish  yo‘lini  tanlasa,    u  vaqtda  tayyor  bo‘lmog‘i  zarurki, 
toki u «muhabbat kuchi» ta'sirida mag‘lub bo‘lsin. 
Taraqqiyotning maksadi – ma'naviy barkamollikdir. Uning birinchi qoidasi sifatida Gandi 
braxmachariyni tushundiki, u jaynizmning qoidasida eslatilgan kishining o‘zining ojizliklariga 
erk berishdan tiyilish va o‘zining fikrlari, nutqi va amallariga nisbatan qat'iy nazoratni bildirar 
edi. Boshqa vosita jasoratdir. Ammo jasorat Gandi fikricha, kurashda emas, balki o‘z-o‘zini 
qurbon qilishda, o‘z ustiga azob-uqubatlarni olishga tayyor turishda ifodalanar edi.  Jasoratli 
kishining  jismoniy  kuchga  ehtiyoji  yo‘q:  u  o‘zini  «haqiqat  kuchi  bilan»  yoki  «qalb  kuchi 
bilan»  himoya  qilishi  mumkin.  Axloqiy  taraqqiyotda  muhim  o‘rinni  haqiqatgo‘ylik  va 
adolatlilik ishg‘ol qiladi. 
Gandi  shuni  tushunar  ediki,  axloqiy  qoidalarni  namoyon  bo‘lishi  va  aniqlashda  muhim 
sohalardan  biri  sifatida  kishilar  orasidagi  mulkiy  munosbaatlar  turar  edi.  Bu  masalani  u 
jaynizm qoidasidagi manfaatparastlikdan qutilish yordamida hal qiladi. Mutafakkirning qayd 
etishicha, millionlab kishilar o‘z mavjudliklari uchun tirikchilik vositalaridan mahrum bo‘lgan 
bir vaqtda, qandaydir kishining boyib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi; «hamma egalik qilishi 
mumkin bo‘lgan yagona narsa, - bu manfaatparastlikdan qutilishdir»
226
. Axloqiy yetuklikning 
qoidalari  o‘zining  majmua  sifatidagi  ifodasini  ro‘za  tutish  axlohida  topadi.  Ochlikni  Gandi 
                                                 
222
 Gandhi M. My Religion. Ahmedabad, 1955, p.4 
223
 Gandhi M.K. Truth is God.  Ahmedabad, 1957, p.11 
224
 Gandi M/K/ Messenger of God. Yong India 1919-1922. Madras, 1922, p. 1167 
225
 Tendulkar D.G. Mahatma, Sife of Mhandas Karamchand Gandhi. 9n 8 vols., 
226
 Puarelal. Mahatma Gandhi. The last phase, rol.I, Ahmedabad, 1956, p. 344 


muayyan vaziyatlarda faqatgina xatti-harakat me'yori sifatidagina emas, balki siyosiy kurash 
vositasi sifatida qarab chiqadi. 
Gandi ta'limotining eng yuqori nuqtaisi  – kuch ishlatmaslik qoidasidir. E'tiqod va zo‘rlik 
ishlatmaslik  Xudoga  ishonishga  tenglashtiriladi,  haqiqat  yo‘li  esa,  zo‘rlik  ishlatmaslik  yo‘li 
sifatida  talqin  qilinadi.  Kuch  ishlatmaslik  ayrim  olingan  shaxs  va  jamiyatning  hayotiy 
faoliyatining  umumiy  qoidasi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Bu  qoida  inson  tabiatining  ichki 
xususiyatlariga  xosdir:  zo‘rlik  qilmaslik  –  inson  zotining  qonuni  bulsa,  zo‘rlik  –  hayvonot 
olamining  qonunidir.  Keyinchalik,  fashizmning  qilmishlari  qarshisida  zo‘rlik  ishlatmaslik 
g‘oyasining  be'maniligiga  ishonch  hosil  qilib,  Gandi  qurolli  qarshilik  ko‘rsatish 
imkoniyatidan foydalnishga yo‘l ko‘yishga majbur bo‘ldi. 
Hindistonning  o‘z  istiqlolini  qo‘lga  kiritishi  hind  falsafasi  rivojida  yangi  bosqichni 
boshlab berdi. Bu narsa mafkuraviy bo‘shliqni qayd etish bilan boshlandi. Hind falsafasining 
holati  va  kelajagi  keskin  bahslar  ob'ektiga  aylandi.  Asosiy  jihatdan  hind  falsafasi  rivojidagi 
yangi  bosqich  uning  milliy  an'analari  ta'sirini  o‘zgartirmadi:  ilgaridek  vedantizmning  ta'siri 
saqlanib  qoldi.  Shu  bilan  bir  qatorda  ko‘pchilik  mutafakkirlar  shuni  yaxshi  biladilarki, 
qadimgi Hindiston falsafiy tizimlari tarixiy jihatdan o‘z sabablariga ega bo‘lib, ularni hozirgi 
zamonga mexanik tarzda tatbiq qilib bo‘lmaydi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish