yo‘qolib qolar edi. Masalan,
dxarma prinsipi ayrim olingan shaxsning hatti-harakati
ma'nosida emas, balki barcha «hindlar» hayot faoliyati qonuni sifatida talqin qilinadi.
«Dxarma qonuni» ga muvofiq, hind millatiga yagona Hindiston uchun kurash olib borish
ta'kidlanadiki, bu mamlakat faqat hindlarga taalluqli bo‘lishi lozim. Hind xalqi boshiga
tushgan barcha bad-baxtliklarni shu narsa bilan izohlash mumkinki, mamlakat barcha hind
bo‘lmaganlarning dxarma dushmanlari saltanatiga aylangan. Ular bilan orani ochiq qilish yoki
ularni hinduviylik diniga kiritish zarur. Hinduviylik barcha insoniyatga «najot» olib kelishi
mumkin bo‘lgan Hindistonning «milliy dini» deb e'lon qilinadi.
Hind kommunalistlari o‘zlarini Hindistonning «ma'naviy qadriyatlari»ning merosxo‘rlari
sifatida tasvirlar edilar. Ularga tayanib, ular «hind millati» ta'limotiga nazariy asos
yaratmoqchi bo‘ldilar. Agar falsafa, deydi ular, borliqni «Xudoning namoyon bo‘lishi»
sifatida tushunsa, bu bilan ana shunday ko‘rinishdagi ilohiylik «hind millati»dir, Xudoga
xizmat qilishning barcha vositalaridan eng to‘g‘ri bo‘lgan faoliyat esa, shunday amaliyotdirki,
u kuchli va uyushgan hind millatini barpo qilishga yo‘naltirilgandir. Hind kommunalizmi
o‘zining vazifalaridan biri sifatida Hindistonning qadimgi o‘tmishini himoya qilishda
(«Vedalarga qaytish!») ko‘radi va shunday fikrda turadiki, hozirgi zamon fani va
texnikasining barcha kashfiyotlari «vedalar» davrida ma'lum edi. U an'anaviy turmush tarzini
saqlashni targ‘ib qilib, hozirgi zamonning fuqarolik huquqlariga qarshi chiqadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xitoy ijtimoiy-falsafiy va siyosiy tafakkuri. XIX
yuzyillik oxirida Xitoy umumiy tanazzulni boshidan kechirdi. Mamlakatda falsafiy va
ijtimoiy-siyosiy fikrning faol rivoji ko‘zga tashlanadiki, u asosan mavjud holatdan chiqish
uchun yo‘l qidirishga qaratilgan edi. Hozirgi zamon Xitoy tafakkuriga o‘z hissasini qo‘shgan
mutafakkir-olimlar va siyosiy arboblar orasida
Kann Yuvey,
Lyan Sichao,
Yan Fu,
Xu Shi,
Li
Dachjao,
Sun Yatsen va boshqalarni nomlarini zikr qilish mumkin.
Kann Yuvey (1858-1927) asosan Konfutsiy ta'limotidan kelib chiqib Xitoyni islox qilish
nazariyasini ishlab chiqdi – «
Datun» («Buyuk Birlashuv»). Kann Evey fikricha, xususiy
mulkchilik barcha balo va qazolarning sababidir. «Buyuk birlashuv» jamiyatining iqtisodiy
asosi ijtimoiy xo‘jalik bo‘lishi lozim. Buyuk davlatni qurish uchun faqat iqtisodiy
yutuqlargina muhim bo‘lmasdan, balki ma'naviyat va fuqarolarning ma'lumot darajasi ham
muhimdir. U davlat imtihonlari tizimini isloh qilish tarafdori bo‘lib, yangi turdagi zamonaviy
maktablar o‘rnatishga mo‘ljallangan o‘quv yurtlarini tashkil etish, gazeta va jurnallar nashrini
yo‘lga qo‘yishni targ‘ib qildi. Konfutsiychilikda Xitoy madaniyati asosini ko‘rgan mutafakkir
fikricha, konfutsiychilik falsafasini har qanday davrga va har qanday qo‘llasa bo‘ladi. U Xitoy
parlamenti Konfutsiyning surati oldida tiz cho‘kish va sajda qilib duo uqishni bekor
qilganligidan g‘azablandi. 1914 yilda u vaqtinchalik konstitutsiya loyihasini nashr ettirdiki,
unda quyidagicha modda bor edi: «Konfutsiy ta'limotiga muvofiq keladigan axloqiy kamolot
milliy maorifning asosini tashkil etadi»
235
.
Xitoyning zaifligi sababini Kann Evey shunda ko‘rdiki, mamlakat aholisi davlat va siyosiy
hayotda ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra, Kann Evey fuqarolik maqomini kiritib, unda
fuqarolarning huquq va burchlarini aniq ifodalanishni, viloyatlar, okruglar, hokimliklar,
tumanlar va qishloqlarda saylanadigan vakillik majlislarini ta'sis etishni tavsiya qildi. Xitoy
aholisining nihoyatda ko‘pligi, hududining esa kengligini hisobga olib, uni markazdan turib
boshqarish foyda bermasligini ta'kidladi. Shuning uchun ruslarning zemstvosi yoki
yaponlarning munsipalitetlariga o‘xshash mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishni joriy etish
zarurligini qayd etdi. Iqtisodiy tanazzul, davlat qarzlari va bosqinchilikning haddan
oshishidan kelib chiqib Kann Evey Xitoyda inqilob yuz berishini «o‘z-o‘zini o‘ldirish» deb
bildi. Eng muvofiq deb u Angliya va Yaponiyadagi kabi saltanatni hisobladiki, uni faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: