Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   290
Bog'liq
falsafa

Mao  Dzedunning  falsafiy-siyosiy  qarashlari.  Mao  Szedun  (1893-1976)  boshchiligida  
1949  yilda  Xitoy  Xalq  Respublikasining  e'lon  qilinishi  xalqining  mustaqillik  uchun  olib 
borgan  ko‘p  yillik  kurashlarining  natijasi  edi.  U  Xitoy  jamiyatini  an'anaviy  mafkuraviy 
aqidalari bo‘lgan konfutsiychilikdan qaytishining belgisi bo‘ldi. Bundan oldin XIX-XX asrlar 
                                                 
245
 История китайской идеологии за последние пятбдесят.лет. Бейпин. 1935. 10-б. 
246
 Избранные произведения Сунь Ятсена. М., 1985. 110-б. 
247
 Сунь Ятсен. Три нородных принципа. Тайбэй. 226-б. 


xududida  Xitoy  mutafakkirlari  va  siyosiy  arboblarining  uzoq  davom  etgan  falsafiy  bahslari 
bo‘lib o‘tgan edi. 
Mao Szedun marksizm nazariyasini Xitoy sharoitiga moslashtirishga harakat qildi. Uning 
falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari quyidagi xususiyatlari bilan ifodalanadi:  
1.  Xitoy  falsafiy  merosini  qaytadan  talqin  qilib  chiqish,  xususan  qadimgi  ta'limotlar 
bo‘lgan konfutsiychilik va legistlarning qarashlari
2. Marksizmni xitoy sharoitiga moslashtirish. 
Bilish  nazariyasida  Mao  «borliq  ongni  belgilaydi»  degan  markscha  ta'kiddan  kelib 
chiqadi:  «O‘z  bilimlarini  qo‘lga  kiritishda  kishilar  asosan  moddiy  ishlab  chiqarishga 
tobedirlar,  uning  jarayonida  ular  asta-sekin  tabiat  hodisalarini,  tabiatning  xususiyatlarini, 
tabiatning  qonunmandligini  va  insonning  tabiatga  bo‘lgan  munosabatini  idrok  etadilar;  shu 
bilan  bir  qatorda  ular  ishlab  chiqarish  faoliyati  orqali  asta-sekin  turli  darajada  kishilar 
o‘rtasidagi muayyan munosabatlarni ham bilib boradilar»
248
. Shuningdek, kishilar o‘rtasidagi 
munosabatlar  siyosiy  va  madaniy  hayot  jarayonida  ham  idrok  etiladi.  Faqat  ijtimoiy 
amaliyotgina  tashqi  dunyo  to‘g‘risidagi  inson  bilimlarining  to‘g‘riligini  mezoni  bo‘lishi 
mumkin. Bunda g‘oyalar ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga muvofiq kelishi lozim. 
Mao  fikricha,  «bilimning  haqiqiy  vazifasi  shundaki,  his-tuyg‘u  tafakkur  darajasiga 
ko‘tarilishi,  ob'ektiv  ravishda  mavjud  bo‘lgan  ashyolarning  ichki  qarama-qarshiliklarini 
anglaydigan  darajada  asta-sekin  ko‘tarilishi,  hodisalarning  qonuniyligini  aniqlashi,  turli 
jarayonlar  o‘rtasidagi  ichki  aloqalarni  belgilashi,  ya'ni  mantiqiy  bilimga  erishishi  lozim.  … 
Mantiqiy  bilim  hissiy  bilishdan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  hissiy  bilim  ashyolar, 
hodisalarning ayrim tomonlarini, ularning tashqi tomonlarini, hodisalarning tashqi aloqalarini 
qamrab oladi, mantiqiy bilim esa, olg‘a tomon katta odim tashlab, hodisani to‘laligicha, uning 
mohiyati  va  ichki  aloqalarini  qamrab  olib,  atrof  dunyoni  ichki  qarama-qarshiliklarini 
ochishgacha  ko‘tariladi  va  bu  bilan  atrofdagi  duny  taraqqiyotining  barcha  but-butunligini, 
uning umumiy ichki aloqalari bilan birgalikda tushunishgacha yetib boradi»
249

Ikki bosqich haqidagi ta'limot Mao tomonidan Xitoydagi tarixiy voqyealarni uning boshqa 
mamlakatlar  bilan  bo‘lgan  o‘zaro  munosabatlari  bilan  bog‘liqlikda  qarab  chiqildi.  «Birinchi 
bosqich,  -  deb  yozadi  Mao  Szedun,  -  yuzaki  hissiy  bilim  bosqichi  edi,  u  umuman  taypin, 
«boksyorlik»  va  boshqa  harakatlar  davridagi  chet  ellariga  qarshi  qaratilgan  kurash  bosqichi 
edi. Faqat ikkinchi bosqich aqliy bilim bosqichi bo‘lib, unda Xitoy xalqi imperializmning turli 
ichki  va  tashqi  qarama-qarshiliklariga  razm  soldi»
250
.  Maoning  bilim  va  amaliyotga  doir 
fikrlarining  mantiqiy  davomi  sifatida  uning  qarama-qarshiliklar  haqidagi  ta'limoti 
shakllandiki, uni u izchil ravishda ijtimoiy asoslarga, keyinchalik esa, xalqaro munosabatlarga 
tayanib  vujudga  keltirdi.  Bu  ta'limot  ko‘p  jihatdan  qadimgi  xitoy  falsafasi  ta'sirida 
shakllandiki, unga avvaldanoq dualizm (in-yan) xos xususiyat edi. Mao Szedun yozgan ediki, 
«qarama-qarshiliklar  qonunini  muayyan  tushunish  barcha  ashyolarga  xosdir,  bizlar  uchun 
(xitoyliklar-muallif) esa juda ham muhimdir»
251

Maoning  qarama-qarshiliklarni  ob'ektiv  ravishda  mavjudligi  va  kurashning  zarurligi 
haqidagi qarashlari uning siyosiy faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Milliy-ozodlik urushlari 
davrida, Kompartiya bilan Gomindanning bir-biriga qarama-qarshi turgan yillarida, «madaniy 
inqilob  davrida  «so‘llar»  va  «revizionistlar»ning  bir  biriga  qarshi  kurashlarida  doimiy 
ravishda  «ikki  qarama-qarshilikini»  topishi  –  bunga  yorqin  misol  bo‘la  oladi.  Mao  Szedun 
g‘oyalarining boshqa muhim xususiyati, uning qadimgi xitoyning konfutsiychilik va legistlar 
ta'limotlariga  murojaat  qilganligidir.  «Ulug‘  dohiy»  ning  legizmga  intilishi  na  faqat  uning 
boshqaruv  usullari  va  shaxs  faoliyati  ustidan  nazorat  o‘rnatishiga  xayrixohlik 
                                                 
248
 Мао Цзэдун. Избранные произведения. Т.1. М., 1952. 505-б. 
249
 Ѝша жойда. 510-511-б. 
250
 Ѝша жойда. 515-б. 
251
 Ѝша китоб, 2 том. М., 1953. 416-б. 


ko‘rsatishidagina  namoyon  bo‘lmasdan,  balki  legistlarning  aqliy  tamoyilga  qarshiligini 
ma'qullashida  ham  ko‘rinadi.  Bu  haqda  60-70-yillardagi  «madaniy  inqilob»  davridagi 
voqyealar guvohlik beradiki, ular birinchi Sin imperiyasining tashkil bo‘lishigacha va undan 
keyingi  davrdagi  legizmning  «yuksalish»  davrlarini  yodga  soladi:  Xitoy  ziyolilariga  qarshi 
qaratilgan  qatag‘on,  «xunveybinlar»  harakati  vositasida  boshqacha  fikrlovchilarni  ta'qib 
qilish.  Legistlar  tomonidan  amaliyotda  qo‘llanilgan  mansabdor  shaxslarni  nazorat  qilish 
shakli  bo‘lgan  ayg‘oqchilik  va  tuhmatlar  butun  Xitoy  tarixi  davomida,  xuddi  «madaniy 
inqilob» davrida bo‘lganidek, keng qo‘llanildi. 
Mao Szedunning siyosiy qarashlari asosida legistlar ta'limotidan olingan bir-biriga bog‘liq 
bo‘lgan ikki qoida yotar edi: 
1) 
zo‘rlik hyech bir istesnosiz barcha ijtimoiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi 
bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning umumiy vositasidir
2) 
tarixiy jarayonda  sub'ektiv (shaxsiy) omil bosh rolni o‘ynaydi. 
Legistlarning  bu  ikki  asosiy  hukmi  Mao  Szedun  siyosatining    asosiga  qat'iy  ravishda 
kiritildi. Mao Szedun shunga ishonar ediki, har qanday ijtimoiy jarayon, tabaqalar, davlatlar, 
millatlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  ularning  vaziyatga  bog‘liq  xususiyatlaridan  qat'iy  nazar, 
oxir  oqibatda,  iqtisodiy  sabablar  bilan  belgilanadi.  Uning  talqinicha,  armiya  jamiyat 
hayotining  bosh  omili,  butun  ijtimoiy  munosabatlar  tizimining  boshqaruvchisidirki,  uning 
natijasida sotsialistik davlatchilik harbiy-byurokratik tizimiga o‘tadi. 
Shunday  qilib,  «siyosiy-ko‘mondonlik  kuchi»  shiorini  e'lon  qilgan  Mao  Szedun  o‘zini 
ob'ektiv iqtisodiy qonunlardan ozod bo‘lgan his qildi. Mao Szedun davlat haqidagi markscha 
nazariyani  mafkuraga  aylantirib,  uning  asosida  jamiyatda  partiyaviy-byurokratik  kuchning 
hukmron  bo‘lishligini  qonunlashtirdi.  U  Xitoyning  taraqqiyoti  uchun  kuchli 
markazlashtirilgan  davlat  zarurligiga  ishonar  edi.  Mao  Szedunning  ana  shunday  davlatni 
barpo qilishga bo‘lgan intilishi marksizm va legizm mafkuraviy tayanch sifatida foydalanishni 
keltirib chiqardi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish